2. O ’quvchilar davomadini aniqlash.
3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Amaliy ishini bayoni:
1. Ammoniy xlorid kristallari bilan so‘ndirilmagan ohak kukuni aralashmasini tayyorlang. Probirkaning 1/3 qismiga qadar aralashmadan soling va ohista qizdiring. Qanday modda hosil bo‘ladi? Olingan gazni ammiak ekanligini isbotlang.
2. Quyidagi moddalardan mis (II) nitrat tuzini hosil qiling:
CuO, Cu(OH)2, (CuOH)2CO3 va HNO3.
3. Ammoniyli o‘g‘itlarni ohakli (ishqoriy) tuproqqa solish mumkin emas. Buni tajriba qilib ko‘rish yo‘li bilan isbotlang. Sodir bo‘lgan reaksiyalarning tenglamalarini yozing.
4. Raqamlangan uchta probirkaning birida Na2SO4, ikkinchisida NH4NO3, uchinchisida NaCl tuzlari berilgan. Qaysi probirkada qanday tuz borligini tajriba yo‘li bilan isbotlang.
5. Probirkalarning birida ortofosfat, ikkinchisida sulfat, uchinchisida xlorid kislota bor. Qaysi probirkada qanday kislota borligini tajriba yo‘li bilan isbotlang.
Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish.
Uyga vazifa berish : O’tgan mavzularni takrorlash.
Sana:________________________________________________________
Sinf: 8-
Fan : Kimyo.
Mavzu : 50-§ MINERAL O‘G‘ITLAR
Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mineral o’g’itlarlarning ahamiyatu, makroelementar, mikroelementlar haqida tushuncha berish, mineral o’g’itlar namunalari bilan tanishtirish.
2.Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kegaytirish, ularga axloqiy, iqtisodiy va estetik tarbiya berish.
3.Rivojlantiruvchi maqsad:o’quvchilarning mustaqil ishlash, o’zaro muloqot, nutq madaniyatini shakllantirish.
Modda, kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish:
kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi xlor, ftor, brom, iod, oltingugurt, azot elementlari va ular birikmalarining xalq xo‘jaligi, qishloq jo‘jaligi, tibbiyotda va uy sharoitida qo‘llanilishi, ularning biologik ahamiyati, ishlatilish sohalari, moddalardan kimyoviy tajribalarda me’yorida foydalanish qoidalari, birinchi yordam ko‘rsatish usullarini kundalik kuzatuvlar asosida misollar orqali tushuntira oladi.
|