|
Mavzu: dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar darsning maqsadi: ta’limiy maqsad
|
bet | 98/107 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #263146 |
Bog'liq 2 5433733911249158641Mashg’ulot bosqichlari:
№
|
Bosqichlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni bayoni
|
12 daqiqa
|
4
|
Mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
5
|
Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish
|
3 daqiqa
|
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi :
Tashkiliy qism: 1.Salomlashish.
2. Davomat.
3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni:
Fosforning yonishida kislorod yetarli ishtirok etganda P4O10 tarkibli fosfor (V) oksidi hosil bo‘ladi. Fosfor (V)-oksidini soddaroq qilib P2O5 ko‘rinishida yozamiz: 4P + 5O2 = 2P2O5
Fosfor (V)-oksidi oq rangli, gigroskopik (suvni shimib oluvchi) modda bo‘lib, suvda yaxshi eriydi.
P2O5 ning suvda erishidan oddiy sharoitda P2O5 + H2O = 2HPO3 metafosfat kislota hosil bo‘ladi.
Reaksiya harorat ta’sirida olib borilsa, ortofosfat kislota olish mumkin: P2O5 + 3H2O = 2H3PO4
Fosfat kislotasining xosil bo‘lishi. Yoki birinchi reaksiyada hosil bo‘lgan metafosfat kislota harorat ta’sirida suv bilan reaksiyaga kirishib ortofosfat kislotani hosil qiladi:
HPO3 + H2O = H3PO4
Ortofosfat kislota ohista qizdirilsa, pirofosfat kislota hosil bo‘ladi:
2H3PO4 →H4P2O7+H2O
HPO3, H2PO4, H4P2O7 lar ichida ortofosfat kislota katta amaliy ahamiyatga ega. Ortofosfat (fosfat) kislota laboratoriyada kalsiy ortofosfatga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirib qizdirish yo‘li bilan olinadi:
Ca3(PO4)2 + 3H2SO4 →3CaSO4 + 2H3PO4
Fosforni yetarli miqdordagi kislorodda yondirib, hosil bo‘lgan P2O5 ga qizdirib turib suv ta’sir ettirish yo‘li bilan ham ortofosfat kislota olish mumkin:
P →P2O5 → H3PO4
Ortofosfat kislota — H3PO4. Ortofosfat kislota rangsiz kristall modda bo‘lib, suvda juda yaxshi eriydi. 42,3°C da suyuqlanadi. Fosfat kislota uch negizli kislota bo‘lganligi sababli uch bosqichda dissotsiatsiyalanadi Fosfat kislota dissotsiatsiyalanganda uch xil ion hosil qilganligi uchun uch qator tuzlarni hosil bo‘ladi:
Digidrofosfatlar: NaH2PO4, Ca(H2PO4)2.
Gidrofosfatlar: Na2HPO4, CaHPO4. Fosfatlar: Na3PO4, Ca3(PO4)2.
Ortofosfat kislota, kislotalar uchun xos bo‘lgan barcha umumiy reaksiyalarni beradi.
6Na + 2H3PO4 = 2Na3PO4 + 3H2 3CaO + 2H3PO4 = Ca3(PO4)2 + 3H2O
3NaOH + H3PO4 = Na3PO4 + 3H2O 3NH3 + H3PO4 = (NH4)3PO4
3Na2CO3 + 2H3PO4 = 2Na3PO4 + 3CO2 + 3H2O Kumush nitrat bilan reaksiyaga kirishib o‘ziga xos sariq cho‘kma hosil qiladi:
3AgNO3 + H3PO4 = Ag3PO4 + 3HNO3
Ag3PO4 — sariq rangli cho‘kma. Bu reaksiya fosfat ioni uchun reaktiv hisoblanadi.
ORTOFOSFAT KISLOTA TUZLARI
Siz oldingi mavzuda ortofosfat kislotani uch bosqichda dissotsiatsiyalanib, uch xil ionni va shunga mos holda uch qator tuzlarni hosil qilishini bilib olgansiz. Metallni M bilan belgilab ortofosfat kislota tuzlarini quyidagicha yozishimiz mumkin Metall o‘rnida ammoniy ioni ham bo‘lishi mumkin: (NH4)3PO4 - ammoniy ortofosfat, (NH4)2HPO4 - ammoniy gidrofosfat, NH4HPO4 - ammoniy digidrofosfat. Digidrofosfatlar suvda eriydi, qolgan fosfatlar esa suvda erimaydi. Ishqoriy metallarning fosfatlari bilan ammoniy fosfitlar suvda eriydi. Kalsiy fosfat suvda erimaydi, ammo kuchli kislotalarda eriydi. Ca3(PO4)2 + 4HNO3 = Ca(H2PO4)2 + 2Ca(NO3)2 Fosfor va fosfor birikmalarining biologik ahamiyati. Fosforni akademik A.Yu.Fersman "Hayot va tafakkur elementi" deb atagan.
|
| |