|
Mavzu: dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar darsning maqsadi: ta’limiy maqsad
|
bet | 94/107 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #263146 |
Bog'liq 2 5433733911249158641Amaliy ishini bayoni:
1. 28 - rasmdagidek asbob tayyorlang.
2. Ammiak hosil qilish. Buning uchun teng hajmda ammoniy xlorid (NH4Cl) kristalli va so‘ndirilgan ohak kukunidan olib, chinni hovonchada yaxshilab aralashtiring . Hosil bo‘lgan aralashmadan probirkaning 1/3 qismigacha soling va ohistalik bilan qizdiring (28 - rasm).
3. Ammiakni yig‘ish. Ajralib chiqayotgan gaz (ammiak) ni 28 - rasmdagidek gaz o‘tkazgich nay orqali og‘zi pastga qarab o‘rnatilgan probirkaga yig‘ib oling.
4. Probirkada ammiak gazi to‘lganligiga ishonch hosil qilgach, (buning uchun ohista hidlab ko‘rish kerak — ammiak o‘tkir hidli gaz), probirkaning og‘zini tiqin bilan berkitib suvli idishga tushiring va tiqinni oling. Probirkaga suv to‘ladi. Chunki ammiak suvda juda yaxshi eriydi. Suv bilan to‘lgan probirkani suvli idishdan oling.
Probirkadagi ammiakning suvli eritmasi ekanligini tajriba yo‘li bilan isbotlang.
a) Ammiakning suvli eritmasidan ikkinchi probirkaga ozgina quying va unga qizil lakmus qog‘oz tushiring.
b) Boshqa bir probirkadagi ammiakning suvdagi eritmasiga bir necha tomchi fenolftalien tomizing.
Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish.
Uyga vazifa berish : O’tgan mavzularni takrorlash.
Sana: ______________________________________________________________
Sinf: 8-
Fan : Kimyo.
Mavzu : 48-§ FOSFOR Yog’in va portlashlar
Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga fosforning xossalarini tushuntirish.
2.Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kegaytirish, ularga axloqiy, iqtisodiy va estetik tarbiya berish.
3.Rivojlantiruvchi maqsad:o’quvchilarning mustaqil ishlash, o’zaro muloqot, nutq madaniyatini shakllantirish.
Modda, kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish:
kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi xlor, ftor, brom, iod, oltingugurt, azot elementlari va ular birikmalarining xalq xo‘jaligi, qishloq jo‘jaligi, tibbiyotda va uy sharoitida qo‘llanilishi, ularning biologik ahamiyati, ishlatilish sohalari, moddalardan kimyoviy tajribalarda me’yorida foydalanish qoidalari, birinchi yordam ko‘rsatish usullarini kundalik kuzatuvlar asosida misollar orqali tushuntira oladi.
|
| |