• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Yangi mavzuni bayoni
  • Mavzu: dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar darsning maqsadi: ta’limiy maqsad




    Download 1,21 Mb.
    bet92/107
    Sana13.06.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #263146
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   107
    Bog'liq
    2 5433733911249158641

    Bosqichlar

    Vaqti

    1

    Tashkiliy qism

    3 daqiqa

    2

    O’tilgan mavzuni takrorlash

    12 daqiqa

    3

    Yangi mavzuni bayoni

    12 daqiqa

    4

    Mustahkamlash

    15 daqiqa

    5

    Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish

    3 daqiqa

    Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
    Darsning borishi :
    Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
    . 2. Davomat.
    3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
    Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
    Yangi mavzuni bayoni:
    Molekular formulasi — HNO3. Azot atomining ikkinchi energetik qavatida (tashqi energetik qavati) d-energetik qavatcha yo‘q. 2s2 energetik qavatchadagi juft elektron qo‘zg‘ala olmaydi. Azot beshinchi guruhda joylashgan element bo‘lsa-da V valentli bo‘la olmaydi. Azotning yuqori valentligi IV. Shuning uchun nitrat kislotaning tuzilish va elektron formulasini quyidagicha yozish mumkin: Demak, nitrat kislotada azot IV valentli, oksidlanish darajasi esa +5. Olinishi. XX asr boshlariga qadar nitrat kislota konsentrlangan sulfat kislotani chili selitrasiga (NaNO3) ta’sir ettirib olingan. Hozirda bu usuldan laboratoriyada nitrat kislota olish uchun foydalaniladi:
    NaNO3 + H2SO4 = NaHSO4 + HNO3 Sanoatda nitrat kislota olish uchun ammiakdan foydalaniladi
    1. Ammiakni katalizator (Cr2O3 yoki MnO2) ishtirokida oksidlash.
    4NH3 + 5O2 = 4NO + 6H2O

    1. Azot (II)-oksidni oksidlab azot (IV)-oksid olish.

    2. 2NO + O2 = 2NO2 3. Azot (IV)-oksidni kislorod ishtirokida suvga yuttirish.

    4NO2 + 2H2O + O2 = 4HNO3 Fizik xossalari. Toza nitrat kislota rangsiz, o‘tkir hidli suyuqlik, zichligi 1,5 g/sm3. —41°C da kristallanadi. Suvda yaxshi eriydi. Kimyoviy xossalari. Nitrat kislota bir negizli kuchli kislotadir. Suyultirilgan eritmalarda to‘liq dissotsiatsiyalangan bo‘ladi: Nitrat kislota beqaror. Yorug‘lik va issiqlik ta’sirida parchalanib turadi.
    4HNO3 = 4NO2 + O2 + 2H2O
    Nitrat kislota ham boshqa kislotalar kabi kislotalarga xos umumiy reaksiyalarni beradi:
    CuO + 2HNO3 = Cu(NO3)2 + H2O Fe(OH)3 + 3HNO3 = Fe(NO3)3 + 3H2O
    Na2CO3 + 2HNO3 = 2NaNO3 + H2O + CO2
    Nitrat kislotaning metallarga ta’siri boshqa kislotalardan farq qiladi. Kislotaning konsentratsiyasi va metalning faolligiga qarab nitrat kislota quyidagicha qaytariladi: Nitrat kislotaning metallar bilan o‘zaro ta’siri 1. Passiv metallar, masalan, konsentrlangan nitrat kislota Cu va Pb bilan reaksiyaga kirishib (a va b) NO2 gazini hosil qiladi, suyultirilgan nitrat kislota esa (d) NO ni hosil qiladi. 2. Aktiv metallar, masalan, Mg, Zn va Fe bilan kislotani konsentratsiyasi va haroratga ko‘ra turlicha reaksiyaga kirishadi:
    a) Cu + 4HNO3(kons.) = Cu(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O
    b) Pb + 4HNO3(kons.) = Pb(NO3)2 + 3NO2 + 2H2O
    d) 3Cu + 8HNO3(suyul.) = 3Cu(NO3)2 + 2NO + 4H2O
    e) 4Fe + 10HNO3(juda suyul.) = 4Fe(NO3)2 + NH4NO3 + 3H2O
    1 mol nitrat kislota bilan 3 mol xlorid kislota aralashmasi "zar suvi" deyiladi. Zar suvi juda kuchli oksidlovchi, u hatto juda passiv metallar — oltin va platinani ham erita oladi:
    Au + HNO3 + 3HCl = AuCI3 + NO + 2H2O
    3Pt + 4HNO3 + 12HCl = 3PtCl4 + 4NO + 8H2O
    Yog‘och qipig‘i, skipidar (organik modda) lar nitrat kislotada alangalanib yonib ketadi Konsentrlangan nitrat kislota bilan ishlashda nihoyatda ehtiyot bo‘lish kerak!
    NITRAT KISLOTA TUZLARI
    Nitrat kislota tuzlari nitratlar deb ataladi. Nitratlar asosan metallarga, metallarning oksidlariga, ishqoriy metallarning va ishqoriy-yer metallarning karbonatli tuzlariga nitrat kislota ta’sir ettirib olinadi. Ammoniy nitrat esa ammiakga nitrat kislota ta’sir ettirib olinadi:
    NH3 + HNO3 = NH4NO3 Ishlatilishi:
    Barcha nitratlar suvda yaxshi eriydi. Nitratlar qizdirilganda parchalanadi.

    Download 1,21 Mb.
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   107




    Download 1,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar darsning maqsadi: ta’limiy maqsad

    Download 1,21 Mb.