• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Mavzu: dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar darsning maqsadi: ta’limiy maqsad




    Download 1,21 Mb.
    bet90/107
    Sana13.06.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #263146
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   107
    Bog'liq
    2 5433733911249158641

    Vaqti

    1

    Tashkiliy qism

    3 daqiqa

    2

    O’tilgan mavzuni takrorlash

    12 daqiqa

    3

    Yangi mavzuni bayoni

    12 daqiqa

    4

    Mustahkamlash

    15 daqiqa

    5

    Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish

    3 daqiqa

    Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
    Darsning borishi :
    Tashkiliy qism: 1.Salomlashish.
    2. Davomat.
    3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
    Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash
    Yangi mavzuni bayoni:
    Nima uchun azot (ll)-oksidi befarq, azot (IV)-oksidi kislotali oksid hisoblanadi?
    Azot odatdagi sharoitda kislorod bilan reaksiyaga kirishmaydi, uning bilvosita yo‘llar bilan olingan bir necha oksidlari mavjud.
    Azot (I)-oksid - N2O Azot (IV)-oksid - NO2
    Azot (II)-oksid - NO Azot qo‘sh oksid - N2O4
    Azot (III)-oksid - N2O3 Azot (V)-oksid - N2O5
    Azot (II)-oksidi - NO. Azot (II)-oksid rangsiz, hidsiz gaz bo‘lib, suvda juda oz eriydi. 1 hajm suvda 0°C da 0,7 hajm NO eriydi. Suyuqlanish harorati -163,6°C, qaynash harorati - 154,8°C.
    Azot (II)-oskidi elektr razryadlari va chaqmoq bo‘lgan vaqtlarda hosil bo‘ladi. Shuning uchun bahor oylarida yog‘adigan yomg‘ir suvi tarkibida azot birikmalari oz bo‘lsa-da uchraydi.
    Azot (II)-oksidi befarq oksid, u tuz hosil qilmaydi. Sanoatda NO ni olish uchun ammiak katalitik oksidlanadi. Laboratoriyada NO ni olish uchun esa misga suyultirilgan nitrat kislota ta’sir ettiriladi:
    3Cu + 8HNO3 = 3Cu(NO3)2 + 2NO + 4H2O
    Azot (II)-oksidi havo tarkibidagi kislorod bilan odatdagi sharoitda reaksiyaga kirishib NO2 ni hosil qiladi.
    2NO + O2 2NO2
    Azot (IV)-oksidi - NO2. Azot (IV)-oksid qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangli, o‘tkir hidli zaharli, bo‘g‘uvchi gaz. U suvda yaxshi eriydi. 21,3°C da qaynaydi, — 9,3°C da rangsiz kristall holatda qotadi. NO2 laboratoriyada misga konsentrlangan nit­rat kislota ta’sir ettirib olinadi:
    Cu + 4HNO3 = Cu(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O
    Sanoatda azot (II)-oksidni oksidlab olinadi. Azot (IV)-oksid kislotali oksid. U suvda erib nitrat va nitrit kislotalarini hosil qiladi:
    2NO2 + H2O = HNO3 + HNO2
    BKM elementlari. Azot oksidlari, azot (II)-oksid, azot (IV)-oksid, tuz hosil qilmaydigan birikmalar.



    Download 1,21 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   107




    Download 1,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar darsning maqsadi: ta’limiy maqsad

    Download 1,21 Mb.