Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash




Download 1,21 Mb.
bet102/107
Sana13.06.2024
Hajmi1,21 Mb.
#263146
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107
Bog'liq
2 5433733911249158641

Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni:
MINERAL O‘G‘ITLARNING QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI
Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olishda mineral o‘g‘itlarning ahamiyati juda katta. O‘simliklarning normal hayot kechirishi uchun uglerod, vodorod, kislorod, azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, temir kabi elementlar zarar. Ayniqsa, ushbu elementlardan azot, fosfor va kaliyning ahamiyati juda muhimdir. O‘simliklarning kimyoviy tarkibi tahlil qilinganda ularda kimyoviy elementlar davriy jadvalida 70 ga yaqin element mavjud ekanligi aniqlangan. Ularning ayrimlari o‘simliklar uchun ko‘proq, ayrimlari esa ozroq miqdorda kerak. O‘simliklar uchun ko‘proq miqdorda zarur bo‘ladigan elementlar makroelementlar, ozroq miqdorda kerak bo‘ladigan elementlar esa mikroelementlar deb ataladi:
Makroelementlar - C, O, H, N, P, S, Mg, K, Ca;
Mikroelementlar - Fe, Mn, B, Cu, Zn, Mo, Co;
Azot, fosfor va kaliy elementlari o‘simliklar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ko‘p miqdorda kerak bo‘ladi. Shuning uchun bu elementlarni o‘simliklar o‘zlashtira oladigan moddalar ko‘rinishda ko‘proq ishlab chiqarish zarur. O‘simliklarda azot yetishmaganda uning o‘sishi kechikadi. Barglari och yashil bo‘lib qoladi, hatto sarg‘ayib ketadi. Fotosintez jarayoni buziladi. Bu o‘simliklarning hosildorligini keskin kamaytirib yuboradi. Fosfor o‘simliklar hayotida zarur bo‘lgan oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etuvchi moddalar tarkibiga kirib, o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega.
N emis olimi Yu. Libix (1803 - 1873) Agrokimyo faniga asos solgan,o‘simliklarning mineral oziqlanish nazariyasini taklif etgan, tuproqqa mi­neral o‘g‘itlar solish yo‘li bilan madaniy o‘simliklar hosildorligini oshirishga doir tavsiyanomalar bergan. Kaliy o‘simliklarda sodir bo‘ladigan fotosintez jarayonini tezlashtiradi. Uglevodlarning to‘planishini jadallashtiradi. Masalan, qand lavlagida shakarni, kartoshkada kraxmalni, g‘o‘zada paxta tolasi—sellyulozani va hokazo. O‘simlik poyasini mustahkamlaydi.
Temir o‘simlikda azot, fosfor va kaliyning o‘zlashtirilishini tezlashtiradi. Mis, rux va marganeslar o‘simlikda sodir bo‘ladigan oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini tezlashtiradi. O‘simliklar makro va mikroelementlarni ionlar tarzida o‘zlashtiradi. Mineral o‘g‘itni o‘simlikka qachon, qanday, qancha miqdorda berish kerakligini albatta bilish zarur. Agar o‘simlikka keragidan ortiqcha o‘g‘it berilsa, uning ortiqcha miqdori o‘simlik organizmida to‘planib qoladi.
M . N. Nabiyev. Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati. (1915-1995)O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda o‘g‘itlar kimyosi va texnologiyasi ustida juda katta ilmiy ishlar qilgan. Fosforitlarni nitrat kislota bilan ishlab, yangi kompleks o‘g‘itlar olishga muvaffaq bo‘lgan. O‘zbekistonda fosforli, kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun xomashyo man balarini o‘rgangan.

Download 1,21 Mb.
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107




Download 1,21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash

Download 1,21 Mb.