• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Yangi mavzuni mustahkamlash
  • Mavzu: dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar darsning maqsadi: ta’limiy maqsad




    Download 1,21 Mb.
    bet104/107
    Sana13.06.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #263146
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107
    Bog'liq
    2 5433733911249158641

    Bosqichlar

    Vaqti

    1

    Tashkiliy qism

    3 daqiqa

    2

    O’tilgan mavzuni takrorlash

    12 daqiqa

    3

    Yangi mavzuni bayoni

    12 daqiqa

    4

    Mustahkamlash

    15 daqiqa

    5

    Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish

    3 daqiqa

    Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
    Darsning borishi :
    Tashkiliy qism: 1.Salomlashish.
    2. Davomat.
    . 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
    Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
    Yangi mavzuni bayoni:
    Qo‘sh superfosfat nima uchun konsentrlangan fosforli mineral o‘g‘it hisoblanadi?
    Azotli mineral o‘g‘itlar. O‘simliklar azotni bog‘langan holda o‘zlashtiradi. Organik qoldiqlarning tuproqda chirishidan hosil bo‘lgan azotli birikmalar, havo azotining bakteriyalar tomonidan o‘zlashtirilib olinishidan, momoqaldiroq paytida havo azotining oksidlanishi tuproqdagi azot zahirasini to‘ldirib turadi. Lekin qishloq xo‘jalik ekinlari yig‘ishtirilganda ko‘p miqdorda tuproqdan azot "chiqib" ketadi. Azot yetishmovchiligi o‘simlikning rivojlanishi va hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun tuproqqa azot tutuvchi bir qator o‘g‘itlar solib turiladi.
    NaNO3 - natriyli selitra
    , KNO3 - kaliyli selitra,
    Ca(NO3)2 - kalsiyli selitra,
    NH4NO3 - ammoniyli selitra

    (NH4)2SO4, NH4Cl, CO(NH2)2 – mochevina


    , suyuq ammiak va ammiakli suv shunday foydali o‘g‘itlardir Fosforning tabiiy birikmasi fosforitning boyitilgan kukunidir. Fosforit talqoni suvda juda oz eriydi. Shuning uchun kislotali muhitdagi tuproqlarga solinadi. Bu o‘g‘it eng arzon fosforli mineral o‘g‘it bo‘lganligi uchungina bo‘z va torfli tuproqlarda o‘sadigan o‘simlikga solish uchun ishlatiladi.

    1. Oddiy superfosfat Ca(H2PO4)2• CaSO4 •4H2O.

    Apatit yoki fosforitga sulfat kislota ta’sir ettirish yo‘li bilan olinadi:
    Ca3(PO4)2 + 2H2SO4 = Ca(H2PO4)2 + 2CaSO4
    Bu mineral o‘g‘it suvda eriydi, shuning uchun ham har qanday muhitdagi tuproqlarda o‘sadigan o‘simliklar uchun qo‘llash mumkin. Oddiy superfosfatni o‘zingiz ham tayyorlab ko‘rishingiz mumkin. Mikroelementlarning yetishmasligi tirik organizmlarda qanday kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin?
    Yer po‘stlog‘ining 98% i, asosan 8 ta element:
    O, Si, Al, Fe, Ca, Na, K, Mn hisobiga tashkil topgan.
    Evolyutsiya jarayonida ularning barchasi tirik materiya tarkibiga kirgan bo‘lsa-da, uglerod asosiy hayot elementi bo‘lib qolgan.
    O‘simliklarning 99,1 % to‘qimalarini O, C, H, Na, K, Ca, Si elementlari tashkil etgan
    . Inson tanasining 99,4% ini H, O, C, N, Ca tashkil etadi. Ularning barchasi makrobiogen elementlar deb ataladi.
    Tirik organizmda 0,01% dan kam miqdorda uchraydigan 10 ta element
    : Fe, Mn, Co, Cu, Mo, Zn, F, Br, J, B mikrobiogen elementlar deb ataladi.
    Ular hayot uchun o‘ta zarur hisoblanadi. Mikrobiogen elementlar mikroelementlar deb ham atalib, ular qand moddalari, kraxmal, oqsillar, turli nuklein kislotalar, vitaminlar, fermentlarning hosil bo‘lishiga yordam qiladi. Marganes, mis, molibden va bor fotosintez jarayonining borishiga, o‘simliklarning o‘sishi va urug‘larining yetilishida muhim ahamiyatga ega. Kalsiy odam organizmida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan biogen element bo‘lib, organizmdagi barcha kalsiyning 99% i suyakda, taxminan 1% i esa qon va limfada uchraydi. Kalsiy yetishmasligi bir qator kasalliklarni keltirib chiqaradi. Tabobatda kalsiy xlorid, kalsiy glyukonat asosida tayyorlangan dorivor moddalar keng qo‘llaniladi. "Askalsiy" oziq-ovqat qo‘shilmasidan suyak, qon, o‘sma va boshqa xastaliklar bilan og‘rigan bemorlar organizmining himoya quvvatini oshirishda samarali foydalanilmoqda.
    Mis — quritilgan botqoq yerlar, qumloq va misga kambag‘al yerlarda don hosildorligini ko‘paytirishda,
    Mo — dukkaklilar va yem-hashak ekinlari samaradorligini oshirish,
    Mn — qand lavlagi, bug‘doy yetishtirishda,
    Zn — makkajo‘xoridan yuqori hosil olishni ta’minlashda katta samara beradi.
    Co va J — hayvonlardan yuqori va sifatli mahsulot olishda amaliy muhim omil hisoblanadi
    Marganes — tirik organizmlarda siydik hosil bo‘lishida asosiy elementdir.
    U shuningdek, C — vitaminining hosil bo‘lishida ham ahamiyatga ega. Marganes rezavor mevalar va g‘alladoshlar hosildorligini oshiradi.
    . Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish.

    Download 1,21 Mb.
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107




    Download 1,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar darsning maqsadi: ta’limiy maqsad

    Download 1,21 Mb.