• Byudjet munosabatlari, ularning ko’pqirraliligi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish
  • Mavzu: Davlat byudjeti daromadlari tarkibi va uning tahlili. Reja: Kirish




    Download 1.05 Mb.
    bet1/8
    Sana16.04.2024
    Hajmi1.05 Mb.
    #197194
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Davlat byudjeti daromadlarining tahlili (Xushvaqtov M) kurs ishi
    Kamtarlik haqida, Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari, TARBIYAVIY ISH MARUZA 4, 1 kompyuter savodxonligi, Mt bo’limlari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotiga rahbarli, BIM технологиялари, Nazariy savollar, javoblar texnalogiya, abbos chiziqli algebra, o\'zb javoblari, 1 matem, 1-mustaqil ish, 2-mustaqil ish, 1772-Текст статьи-5565-1-10-20221202, 1-amaliy

    Mavzu: Davlat byudjeti daromadlari tarkibi va uning tahlili.
    REJA:
    Kirish

    1. Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.

    2. Davlat byudjetining funksiyalari.

    3. Davlat byudjetining mamlakat moliya tizimining boshqa bo’g’inlari bilan o’zaro munosabatlari.

    4. Byudjet munosabatlari, ularning ko’pqirraliligi.

    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

    Kirish
    Mamlakatimizda barcha sohadagi islohotlar qatori iqtisodiy islohotlar ham bugungi kunga kelib keng ko’lamda o’z samarasini ko‟rsatayotganiga barchamiz guvoh bo‟lmoqdamiz. Misol tariqasida aytish mumkinki, bugungi kunda davlat moliyasi, jumladan davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar ochiqligi hamda shaffofliginini ta‟minlash, xalq byudjetini shakllantirish borasida qator amaliy ishlar amalga oshirildi.
    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yil uchun davlat budjetining asosiy yo‘nalishlari hamda tarmoq va hududlarda amalga oshiriladigan vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
    Davlat budjeti daromadlarini ko‘paytirish, xarajatlarini optimallashtirish bo‘yicha har bir soha, tarmoq va hududlar kesimida mavjud zaxira va imkoniyatlar atroflicha tahlil qilindi.
    Avvalo, yirik sanoat tarmoqlarida xarajatni qisqartirish orqali tannarxni kamaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Masalan, joriy yilning birgina to‘rtinchi choragida 349 ta yirik sanoat korxonasida 2,1 trillion so‘m xarajatlarni kamaytirish mumkinligi hisob-kitob qilingan. Bu ishlarni tizimli davom ettirish uchun hukumatga kelgusi yilda yirik tarmoqlarda tannarxni 15-20 foiz kamaytirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.
    Hududlarning daromad bazasini kengaytirish masalasiga to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, past quvvatda ishlayotgan korxonalarga ko‘mak berib, ularni to‘liq quvvatga chiqarish choralari belgilandi. Tadbirkorlikni rivojlantirib, soliq bazasini kengaytirish, afzalliklar berish orqali “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish muhimligi aytildi.
    Qishloq xo‘jaligida “katta sakrash”ga faqat ilm orqali erishish mumkinligi ta’kidlandi. Bu borada yer sifati, nav va agrotexnologiyaga zamonaviy ilmiy yutuqlarni keng tatbiq etish orqali bir gektarda paxta hosildorligini 50 sentnerga, g‘allada 100 sentnerga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Mintaqamizda suv muammosi kun sayin dolzarb bo‘lib bormoqda. So‘nggi ikki yilda suv xo‘jaligiga budjetdan 22 trillion so‘m, jumladan, suv tejovchi texnologiyalarga qariyb 1 trillion so‘m subsidiya ajratilgan.
    Shu bois kelgusi yillarda sug‘orish kanallarini betonlash, suv tejovchi texnologiyalar o‘rnatish ishlariga ajratiladigan mablag‘ ko‘paytirib boriladi. Jumladan, kelgusi yilda markazlashgan investitsiya hisobidan 1,7 trillion so‘mlik va xalqaro moliya tashkilotlaridan 300 million dollarlik suv infratuzilmasi loyihalari amalga oshiriladi. Davlatimiz rahbari bu masalaga kengroq to‘xtalib, sug‘orish kanallarini betonlash bo‘yicha uch yillik dastur qabul qilinishini ta’kidladi.
    Yaqinda qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ijtimoiy sohalarni rivojlantirish ustuvor vazifa etib belgilangan. Shu bois 2024 yil uchun davlat budjeti loyihasida bu sohalarga katta e’tibor qaratilgan. Davlat byudjetiga mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirish, uzoq muddatli strategik maqsadlarni amalga oshirishda O’zbekistonning jahon bozoridagi raqobatdoshligini oshirish va mavqeini mustahkamlashga yo‟naltirilgan tarkibiy o’zgarishlar, zamonaviy yuksak texnologiyalarga asoslangan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ta‟minlaydigan, ishlab chiqarishlarni jadal rivojlantirishning asosiy moliyaviy manbalardan biri sifatida alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu yo‟nalishdagi islohotlarni davom ettirilgan holda, istiqbolda davlat byudjetini o’rta muddatli muddatga rejalashtirish, byudjetdan mablag‟larni ajratishda natijaga e’tibor qaratish, Harakatlar strategiyasida mahalliy byudjetlar daromadlar qismini mustahkamlash, davlat byudjeti xarajatlarining ijtimoiy yo’naltirilganligini saqlab qolgan holda turli darajadagi byudjetlar mutanosibligini ta’minlash kabi vazifalar nazarda tutilgan1.
    Madomiki, respublikamizda davlat bosh islohatchiligi hamda aholini kuchli ijtimoiy himoyalash eng asosiy vazifalardan deb belgilangan ekan, o’z navbatida iqtisodiyotni boshqarishning ta‟sirchan dastagi hisoblangan davlat byudjeti mablag‟lari doimo aniq bir maqsadga yo’naltirilgan bo‟lishi kerak. Bunda, albatta, byudjet-soliq siyosatni ishlab chiqish va to’g’ri yuritish, byudjet mablag’laridan samarali va oqilona foydalanish talab etiladi. Chunki, byudjet ko’zda tutilgantadbirlar va dasturlarni aniq va o’z vaqtida moliyalashtirilishi ayni paytda davlat dasturlarining ham pirovard natijada to’liq bajarilishini ta’minlaydi.
    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Shu bilan birga, hududiy boshqaruv organlarining byudjet mablag’larini shakllantirish, qo’shimcha zaxiralarni yaratish bo’yicha soliq, moliya va iqtisodiyot sohalari organlarining mas‟uliyatini oshirish yuzasidan qaror qabul qilindi. Biz mamlakatimiz byudjet tizimini qayta ko’rib chiqishimiz, byudjet daromadlari va xarajatlari xalqimiz uchun ochiq va oshkora bo’lishini ta’minlashimiz zarur”.
    Kurs ishining obyekti va predmeti. Kurs ishining obyekti bo’lib O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti hisoblanadi. Mazkur kurs ishi predmeti esa O’zbekiston Respublikasida davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va punksiyalariaytishimiz mumkin.
    Kurs ishining maqsadi - davlat byudjeti ijtimoiy-iqtisodiy holatini tahlil va tadqiq etish asosida uni yanada takomillashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalarni o’ylab chiqishdan iborat bo’ladi.




    1. Download 1.05 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1.05 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Davlat byudjeti daromadlari tarkibi va uning tahlili. Reja: Kirish

    Download 1.05 Mb.