|
Topografik kartalarning nomenklaturasi
|
bet | 8/9 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 32,32 Kb. | | #141983 |
Topografik kartalarning nomenklaturasi.
Topografik kartalarni varaqlarga bo‘lish, hamda bu varaqlarni belgilash, ya’ni ularga nom berish sistemasi nomenklatura deyiladi. Topografik kartalarining nomenklaturasi 1:1000000 masshtabli karta nomenklaturasiga asoslangan. 1:1000000 masshtabli karta varag‘ining o‘lchami meridian bo‘yicha 4° va parallel bo‘yicha 6° ga teng. Kartaning varaqlariga nom berish uchun ekvatordan qutblarga tomon 4° dan parallel o‘tkazilib – qator, 180° li meridiandan boshlab 6° dan meridianlar o‘tkazilib – kolonnalar hosil qilinadi.
Qatorlar ekvatordan qutblarga tomon lotin alvafitining bosh xarflari (A dan Z gacha), kolonnalar esa 180° li meridiandan boshlab 1 dan 60 gacha arab raqamlari bilan belgilanadi. SHunda 1:1000000 masshtabli karta har bir varag‘ining nomenklaturasi qatorni belgilovchi harf va kolonna nomerini ko‘rsatuvchi raqamdan iborat bo‘ladi. Masalan, Toshkent shaxri joylashgan varaq (trapetsiya) ning nomenklaturasi K-42 bo‘ladi ( 4.3.1. – shakl).
1:500000 masshtabi karta varag‘ining nomenklaturasini keltirib chiqarish uchun 1:1000000 masshtabli karta varag‘ini 4 teng bo‘lakka bo‘lamiz.
1:200000 masshtabli karta nomenklaturasini keltirib chiqarish uchun 36 teng bo‘lakka bo‘lib I – XXXVI gacha belgilab olamiz.
1:300000 masshtabli karta varag‘ining nomenklaturasini keltirib chiqarish uchun 1:1000000 masshtabli karta varag‘ini 9 ta teng bo‘lakka bo‘lamiz I – IX gacha belgilab olamiz.
1:100000 masshtabli karta varag‘ini nomenklaturasini keltirib chiqarish uchun, 1:1000000 masshtabli karta varag‘ini 144 teng bo‘lakka bo‘lamiz va 1-144 belgilab olamiz. 1:100000 masshtabli topografik kartaning nomenklaturasi barcha yirik mashtabli topografik kartalar va planlarningnomenklaturasi uchun asos qilib olingan.
1:50000 masshtabli karta varag‘ini nomenklaturasini keltirib chiqarish uchun 1:100000 masshtabli karta varag‘ini 4 ta teng bo‘lakka bo‘lamiz; (A, B, V, G) – K-42-102-B.
1:25000 masshtabli karta varag‘ini nomenklaturasini keltirib chiqarish uchun 1:50000 masshtabli karta varag‘ini 4 ta teng bo‘lakka bo‘lamiz;(a,b,v,g)-K-42-102-B-b.
1:10000 masshtabli karta varag‘ini nomenklaturasini keltirib chiqarish uchun 1:25000 masshtabli karta varag‘ini 4 ta teng bo‘lakka bo‘lamiz (1, 2, 3, 4) – K-42-102-B-b-3 (4.3.2. – shakl). 1:5000 va 1:2000 nomenklaturasi 1:100000 – 256 ta teng bo‘lakka bo‘lsak – 1:5000 kelib chiqadi.
1:2000 ni keltirish uchun 1:5000 ni 9 ta teng bo‘lakka bo‘lamiz ( a, b, v, g, d, e, j, z, i) K-42-102 (132-d) Karta masshtabi ,karta kengligi, karta uzunligi va nomenklaturasi quyidagi jadvalda keltirilgan. Masshtabl
Mavzu:Zinapoya (reja-bolim-korinishi)
Zina, zinapoya — 1) bino va inshootlarning yuqoriga chiqib, pastga tushiladigan pogʻonali qismi. Vazifasiga qarab 3 xili boʻladi: asosiy zina — qavatlarga chiqib tushiladi; yordamchi zina — yongʻin, suv toshqini, taʼmirlash ishlari vaqtida kerak boʻladi; qoʻshimcha zina — yertoʻlaga tushiladi, chordoqqa chiqiladi. Zinalar bino va inshootlarni bezaydigan meʼmorlik elementi ham hisoblanadi. U istirohat bogʻlari, ochiq maydonlarga ham koʻrk berib turadi. Yodgorliklar poyiga ham zina qilinadi. Zinalar gʻishtdan, temirbetondan, taxtadan, metalldan qilinishi mumkin. Gʻishtin va temirbeton zinalar sirti koshinlar va marmar bilan qoplanadi. Eskalator zinalari dvigatel yordamida harakatlanib turadi. Turar joy binolarida zinalarning qiyaligi muhim ahamiyatga ega: Zina qancha yotiqroq boʻlsa, shuncha yaxshi, lekin uning qiyaligi 45° dan oshmasligi lozim. Agar zina bilan chiqiladigan joy ancha baland boʻlsa zina bir necha marshga (boʻlakka) boʻlib quriladi. Har bir marshda kamida 3 ta, ko'pi bilan 10 ta zinapoya boʻlishi kerak. Zinapoya marshining eni 90 sm dan tor boʻlmasligi lozim. Oddiy zina qurishning iloji boʻlmagan joylarda (masalan, joy yetarli boʻlmaganda) vintsimon zinalar quriladi. Koʻpincha, bunday zinalar metalldan yasaladi. Vintsimon zinaning diametri kamida 2 m boʻlishi kerak. Zina bandi (qoʻl ushlab chiqiladigan toʻsiq) ning balandligi 1 m atrofida qilinadi.[1]
Beton zinapoya №1. Beton zinapoyalar har qanday binoning qurilish bosqichida yotqizilgan monolitik inshootdir. Zaminlarni ulash, chodirga yoki podvalga kirishni ta'minlash, shuningdek binoga kirishni jihozlash uchun mo'ljallangan. Beton zinapoyalar ayniqsa mashhur bo'lib, uning ko'p qirraliligi, og'ir yuklarga bardosh berish qobiliyati va ishonchliligi tufayli keng talab qilinadi. U korroziyaga, namlik va harorat darajasiga chidamli, olovga chidamli, bardoshli va har qanday qurilish uslubiga mukammal mos keladi. Beton - bu har qanday shakl va o'lchamdagi zinapoyalarni tayyorlashga imkon beradigan etarlicha plastik materialdir. Bizning kompaniyamiz turli xil konfiguratsiyalardagi beton narvonlarini ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi. Biz yuqori sifatli va ishonchli tuzilmani olishimizga imkon beradigan zamonaviy texnologiyalar va materiallardan foydalanamiz. Bizning professional mutaxassislarimiz sizga beton zinapoya uchun to'g'ri variantni tanlashda va sizning g'oyalaringizni o'zida mujassam etishdan mamnun bo'lishadi.
|
| |