|
Mavzu:Obyektiv proyeksiyalar aksanometriya
|
bet | 9/9 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 32,32 Kb. | | #141983 |
Mavzu:Obyektiv proyeksiyalar aksanometriya
Aksonometriya (yun. axon — oʻq va metriya — oʻlchash) — predmetlarni chizmada parallel proyeksiyalar yordamida tasvirlash usuli. Fazoviy shakllarning aksonometrik proyeksiyalarini qurish uchun uchta oʻzaro perpendikulyar oʻqlar Ox, Oy, Oz va shu oʻqlardagi masshtab uzunliklar tanlanadi. Soʻngra ushbu shakl va bu oʻqlar masshtab bilan birga proyeksiyalar tekisligiga proyeksiyalanadi. Proyeksiyalash yoʻnalishi bilan aksonometrik pro-yeksiyalash tekisligi orasidagi burchakka qarab toʻgʻri burchakli va qiyshiq burchak-li A. xillarga boʻlinadi. Uch koordinata kesmalari bir xil oʻzgaradigan (izometriya) va faqat ikki koordinata kesmalari bir xil oʻzgaradigan (dimetriya) A.lar koʻproq uchraydi. A. yaqqol boʻlishi bilan birga, unda tasvirlangan narsaning oʻlchamlarini topishga, predmetning askonometrik tasviri uning koordinatalar sistemasiga nisbatan toʻla shaklini va joylashishini tiklashga imkon beradi. Qiyshiq burchakli frontal dimetriya. Kubning bir tomonini frontal proyeksiyalar tekisligi V ga parallel joylashtirib, aksonometrik proyeksiya tekisligi P ga proyeksiyalanadi. Bu yerda, proyeksiyalash nurlarini Oy o'q uchun P tekisligiga perpendikular olinsa, Oy o'q P ga nuqta ko'rinishida proyeksiyalanadi. Shunga ko'ra, proyeksiyalash nurlarini Oy uchun P ga ikki marta qisqarib proyeksiyalanadigan 45° burchak ostida qiyshiq olinadi. Shuning uchun ham bu proyeksiya qiyshiq burchakli frontal dimetrik proyeksiya deyiladi. Bu proyeksiyani qiyshiq burchakli dimetriya yoki frontal dimetriya deyish ham mumkin.
Jism bir tomoni bilan V ga parallel joylashgani uchun ham frontal dimetriya deyiladi.
Frontal dimetriyada kubning bir tomoni aksonometriya tekisligi P ga parallel joylashtirilganda, kubning F tekisligiga parallel yog'i o'zining haqiqiy kattaligida tasvirlanadi. Bu yerda kubning yon tomon qirralari Ox va Oz larga haqiqiy o'lchamida qo'yiladi. Oy o'qqa esa uning teng yarmisi o'lchab qo'yiladi. Shunda kub ikki yog'i bilan kvadrat, boshqa yoqlari parallelogramm shaklida tasvirlanadi.
Frontal dimetriyada o'qlarning joylashishi. Bunda x va z o'qlar o'zaro 90° burchakda, y o'q esa u burchakni teng ikkiga bo'lib o'tadi (27.2-chizma, a). Bu o'qlarni 27.2-chizma, b dagidek x ning davomiga 45° burchakda yoki uchburchakliklar yordamida 27.2-chizma, d dagidek chizish mumkin. x va z o'qlar to'g'ri burchakni tashkil qilmaganligi uchun Hva Wga jismning parallel tomonlari ikki marta qisqartirib tasvirlanadi. Demak, xva z o'qlarga jism olchami 100 foiz o'lchab qo'yilsa, y o'qqa uning 50 foizi o'lchab qo'yilar ekan. Izometriya - yunoncha so ‘z bo‘lib, “isos” - bir xil (teng) degan ma'noni anglatadi.
Kubni aksonometrik proyeksiyalar tekisligini Pga nisbatan bir xil qiyalikda joylashtirib,unga kub uchlari orqali proyeksiyalash nurlarini perpendikular qilib o‘tkazilsa, kubning to‘g'ri burchakli izometrik proyeksiyasi hosil bo‘ladi.
Izometriyada Ox, Oy, Oz o'qlar orasidagi burchaklar o'zaro teng bo'lib, ular 120° ni tashkil qiladi (27.3-chizma, b). Chunki ular P tekisligiga nisbatan bir xil qiyalikda proyeksiyalanadi.
|
| |