• Кompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari
  • Кompyuter grafikasi turlari




    Download 32,32 Kb.
    bet4/9
    Sana20.01.2024
    Hajmi32,32 Kb.
    #141983
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Кompyuter grafikasi turlari
    Tuzilishiga ko‘ra tasvirlar rastrli yoki vektorli bo‘lishi mumkin. Masalan tasvir xosil qilishda skaner uni ko‘pgina mayda elementlar (piksellar)ga bo‘lib chiqadi va ulardan rastrli surat xosil qiladi.
    Piksel – bu rastrli tasvirning eng kichik elementi bo‘lib, uning rangi kompyuter xotirasiga bitlarning ma’lum bir miqdori vositasida kiritiladi. Masalan 800x600 suratda bu sonlar gorizontal bo‘yicha (800) va vertikal bo‘yicha (600) piksellar sonini belgilaydi. Piksellar soni qanchalik ko‘p bo’lsa tasvirning ekrandagi va qog‘ozda chop etilgandagi sifati (resolution) yuqori bo‘ladi.
    Vektorli grafikada tasvirlar matematik egri chiziqlarni rangi va bo‘yalish rangini ko‘rsatish orqali xosil qilinadi. Masalan oq fondagi qizil ellips bor yo‘g‘i ikki formula – to‘g‘ri to‘rtburchak va ellipsning ranglari, o‘lchamlari va joylashuvini aniqlovchi formulalari orqali tasvirlanadi. Demak, bunday tasvirlash kompyuter xotirasida rastrli rasmdan ko‘ra kamroq joy egallaydi.
    Vektorli tasvirlarning yana bir afzalligi – ularning sifatini yo‘qotmagan xolda kattalashtirish yoki kichiklashtirish imkoniyatidir. Ob’ektlarni masshtablash matematik formulalardagi mos koeffisientlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish orqali amalga oshiriladi.
    Shunday qilib rastrli yoki vektorli formatni tanlash tasvir bilan ishlash maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi. Rangni o‘zgartishning fotografik aniqligi talab etilganida rastrli formatdan foydalanish lozim. Logotip, sxemalar va chizmalarni tasvirlashda vektorli formatdan foydalanish maqsadga muvofiq. Shuni ta’kidlash lozimki, rastrli va vektorli tasvirlashda (matn ham) grafika ekranga yoki chop etish qurilmasiga nuqtalar jamlanmasi sifatida uzatiladi.

    Кompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari
    Xozirgi kunga kelib kompyuter grafikasi va animatsiyasi vositalari kirib bormagan soxani topish qiyin.
    Кompyuter grafikasi va animatsiyasi vositalarini qo‘llanish soxasiga ko‘ra quyidagi guruxlarga ajratish mumkin:
    — poligrafiya ishlari uchun mo‘ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari;
    — ikki o‘lchamli rang tasvir kompyuter grafikasi;
    — taqdimot ishlari uchun mo‘ljallangan dasturlar;
    — ikki o‘lchamli animatsiya dasturlari;
    — uch o‘lchamli animatsiya dasturlari;
    — ikki o‘lchamli animatsiya dasturlari;
    — ikki o‘lchamli va uch o‘lchamli animatsiya dasturlari;
    — videotasvirlarni qayta ishlovchi komplekslar;
    — ilmiy vizuallashtirish ishlarini bajaruvchi dasturlar.

    Кompyuter grafikasi va animasiyasi dasturlari rassom va dizaynerlar, poligrafchi va kinematografchilar, kompyuter o‘yinlari va o‘qitish dasturlari yaratuvchilari, klipmeyker va olimlar, shuningdek o‘z faoliyatida turli formatdagi tasvirlardan foydalanuvchi barcha mutaxassislarda ham katta qiziqish uyg‘otadi.


    Poligrafiya ishlari va rasm chizish uchun mo‘ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari matnni turli ko‘rinishdagi illyustrasiyalar bilan to‘ldirish, saxifalar dizaynini yaratish, hamda yuqori sifatli poligrafiya maxsulotlarini chop ettirish imkoniga egadirlar. Bunday dasturlarga misol qilib, tasvirlarni qayta ishlash imkonini beruvchi Adobe Photoshop rastrli paketini keltirish mumkin. Bu va shunga o‘xshash paketlar rastrli tasvirlarni taxrirlash va montaj qilish uchun zarur bo‘lgan vositalardan: skanerlangan tasvirlar rangini korrektsiyalash, fotosuratlarni "tekislash", maxsus effektlar va maskalardan foydalanish imkonini beradi. Paketning so‘nggi versiyalari tasvirlarning ko‘p qatlamli tuzilmasini qo‘llash vektorli konturlarni yaratish va taxrirlash imkoniyatlariga ham ega. Paket tarkibiga turli maskalar, ko‘p sonli filtrlardan tashqri rang bilan ishlash va maxsus effektlarni yaratishga mo‘ljallangan vositalar majmui kiritilgan.
    Rastrli paketlardan tashqri poligrafiya ishlari uchun mo‘ljallangan vektorli kompyuter grafikasi dasturlari ham mavjud. Bulardan Windows tizimi uchun mo‘ljallangan Adobe Illustrator va Corel Draw dasturlari haqida aytib o‘tish lozim. Illustrator illyustrasiyalar yaratish, sahifalarning umumiy dizaynini ishlab chiqish hamda tayyor tasvirni yuqori sifatda chop etishga mo‘ljallangan. Paket ihtiyoriy shakldagi simvollar va figuralarni yaratib, so‘ng ularni masshtablash, aylantirish(o‘z o‘qi atrofida) va deformatsiyalash imkoniyatlaridan tashqari matn va ko‘p varoqli xujjatlarni qayta ishlash vositalariga ega.
    Corel Draw vektorli paketi rasm chizishdan tashqari turli grafiklarni tayyorlash va rastrli tasvirlarni taxrirlash ishlarini bajara oladi. Bu dastur fayllarni boshqarish, kompyuter displeyida slayd-filmlar namoyish etish, "qo‘lda" chizish va tasvir qatlamlari bilan ishlash, uch o‘lchamli maxsus effektlarni qo‘llash, matnni qayta ishlash vositalari bilan ta’minlangan. Bulardan tashqari Windows muxitida ishlovchi Adobe PhotoStyler, SGI va Macintosh kompyuterlari uchun mo‘ljallangan Barco Creator, Live Picture, Scitex Blaze, Linotype Da Vinci, Eclipse, Pixelfx dasturlari ham keng tarqalgan. Barco Creator dasturi o‘zining ishlash tezligi, hamda keng funksional imkoniyatlari bilan ajralib turadi.


    Download 32,32 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 32,32 Kb.