|
Mavzu: Ekonometrikaning tabiati va iqtisodiy ma'lumotlar Reja
|
bet | 6/6 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 40,38 Kb. | | #257876 |
Bog'liq Ekonometrikaning tabiati va iqtisodiy ma\'lumotlarUchinchi bosqich –verifikatsiya qilish. Tuzilgan modelni ahamiyati to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha tekshiriladi:
- modelning sifati ko‘plikdagi korrelyasiya koeffitsienti va determinatsiya koeffitsienti yordamida baholanadi;
- modelning ahamiyati approksimatsiya xatoligi va Fisher mezoni yordamida baholanadi;
- modelning parametrlarini ishonchliligi Styudent mezoni bo‘yicha baholanadi;
- Darbin-Uotson mezoni yordamida «Eng kichik kvadratlar usulining» bajarilish shartlari tekshiriladi.
To‘rtinchi bosqich – tuzilgan va baholangan ekonometrik model yordamida asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar prognoz davriga hisoblanadi.
YUqorida sanab o‘tilgan bosqichlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq va biri ikkinchisini to‘ldirib, yagona maqsadni amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
SHuni eslatib o‘tish kerakki, masalani kompyuterda echish uchun standart dastur bo‘lishi kerak, agar unday dastur bo‘lmasa, uni ma’lum algoritmlar asosida tuzish zarur.
Xulosa
«Ekonometrika» fanning asosiy maqsadi milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlari kabi murakkab iqtisodiy tizimlarning modellashtirish asoslarini, aniq iqtisodiy ob’ektlar misolida modellashning qo‘yilishi, ularning iqtisodiy mazmuni, masalalarni kompyuter dasturlarida yechish va olingan natijalarni iqtisodiy talqin qilish kabi bosqichlarni o‘rgatishdan iboratdir. Ekonometrik usullar oddiy an’anaviy usullarni inkor etmasdan, balki ularni yanada rivojlantirishga va ob’ektiv o‘zgaruvchan natija ko‘rsatkichlarini boshqa ko‘rsatkichlar orqali muayyan tahlil qilishga yordam beradi.
Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi ob’ektlarni matematik modellar yordamida kuzatish mumkin. Bu tushuncha modellashtirish deyiladi. Ekonometrik modellarni tuzish bir qancha bosqichlardan tashkil topadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Xodiev B.Yu., Shodiev T.Sh., Berkinov B.B.Ekonometrika: o’quv qo’llanma. –T.:IQTISODIYOT, 2018. -178 b.
2. Habibullaev I., Utanov B. Ekonometrika asoslari: o’quv qo’llanma. –T.: IQTISODMOLIYA. 2018. -192 b.
3.Christopher Dougherty. Introduction to Econometrics. Oxford University Pres, 2011. – 573 p.
4.Gujarati D.N. Basic Econometrics. McGraw-Hill, 5 th edition, 2009. –922 p.
5. Abdullaev O.M., Xodiev B.YU., Ishnazarov A.I. Ekonometrika. Uchebnik. –T.: Fan va texnologiya. 2007. – 612 s.
6. SHodiev T.SH. va boshqalar. Ekonometrika. –T.: TDIU, 2007. – 270 b.
7. Abdullaev O.M., Jamalov M.S. Ekonometricheskoe modelirovanie. Uchebnik. –T.: Fan va texnologiya. 2010. – 612 s.
|
| |