|
Mavzu: Elementar zarralar fizikasining rivojlanish tarixi va elementar zarra tushunchasi. Elementar zarralar haqida ma’lumotlar
|
bet | 4/6 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #142289 |
Bog'liq 3-MavzuMa'lumki, elementar zarralar turlari son jihatdan ko'p bo 'lib, ular to'rt xil o'zaro ta'sir ostida turli-tuman jarayonlarda ishtirok qilishadi. Klassik fizikada bo'lgani kabi zarralar olamidagi jarayonlar ham simmetriyalarga asoslangan saqlanish qonunlari bilan boshqarilishini yuqoridagi mavzularda tavsifladik. Klassik fizikadagi saqlanish qonunlari geometrik fazo va vaqtning "simmetrik xususiyatlari" asosida kelib chiqishi va ular absolyut xarakterga ega bo'lishi, ya'ni, har qanday o'zaro ta'sirda ham saqlanishi ma'lum. Bundan farqli o'laroq, zarralar olamidagi saqlanish qonunlari absolyut xarakterdan tashqari taxminiy xarakterga ham ega bo'ladi, ya'ni, ayrim o'zaro ta'sirlarda saqlanib, boshqalarida saqlanmasligi mumkin. Shu bilan birga bu saqlanish qonunlari ichki (yashirin) fazolarning "simmetrik xususiyatlari"dan kelib chiqadi hamda zarralarning izospin, g'alatilik, maftunkorlik kabi ko'plab ichki xususiyatlarini bayon qiluvchi kattaliklarni tushuntirib bera oladi. Shu ma'noda simmetriya tushunchasiga yangicha, fizika nuqtai-nazaridan ta'rif beriladi. Ushbu ta'rif asosida va dastlabki ichki (yashirin) fazo - izotopik fazoning "simmetrik xususiyati" natijasi sifatida izotopik spinning mavjudligi, bu kattalikning barcha zarralar hamda yadrolarga xosligi va uning turli o'zaro ta'sirlarda o'zini qanday tutishi qarab chiqilgan. - Ma'lumki, elementar zarralar turlari son jihatdan ko'p bo 'lib, ular to'rt xil o'zaro ta'sir ostida turli-tuman jarayonlarda ishtirok qilishadi. Klassik fizikada bo'lgani kabi zarralar olamidagi jarayonlar ham simmetriyalarga asoslangan saqlanish qonunlari bilan boshqarilishini yuqoridagi mavzularda tavsifladik. Klassik fizikadagi saqlanish qonunlari geometrik fazo va vaqtning "simmetrik xususiyatlari" asosida kelib chiqishi va ular absolyut xarakterga ega bo'lishi, ya'ni, har qanday o'zaro ta'sirda ham saqlanishi ma'lum. Bundan farqli o'laroq, zarralar olamidagi saqlanish qonunlari absolyut xarakterdan tashqari taxminiy xarakterga ham ega bo'ladi, ya'ni, ayrim o'zaro ta'sirlarda saqlanib, boshqalarida saqlanmasligi mumkin. Shu bilan birga bu saqlanish qonunlari ichki (yashirin) fazolarning "simmetrik xususiyatlari"dan kelib chiqadi hamda zarralarning izospin, g'alatilik, maftunkorlik kabi ko'plab ichki xususiyatlarini bayon qiluvchi kattaliklarni tushuntirib bera oladi. Shu ma'noda simmetriya tushunchasiga yangicha, fizika nuqtai-nazaridan ta'rif beriladi. Ushbu ta'rif asosida va dastlabki ichki (yashirin) fazo - izotopik fazoning "simmetrik xususiyati" natijasi sifatida izotopik spinning mavjudligi, bu kattalikning barcha zarralar hamda yadrolarga xosligi va uning turli o'zaro ta'sirlarda o'zini qanday tutishi qarab chiqilgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Elementar zarralar fizikasining rivojlanish tarixi va elementar zarra tushunchasi. Elementar zarralar haqida ma’lumotlar
|