|
Mavzu: Elementar zarralar fizikasining rivojlanish tarixi va elementar zarra tushunchasi. Elementar zarralar haqida ma’lumotlar
|
bet | 3/6 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #142289 |
Bog'liq 3-MavzuPufakli kameralar yordamida olingan minglab fotosuratlarda bunday, doimo ikkita bo'lib, juft holda hosil bo'ladigan zarralar V shaklida iz qoldirgani sababli, ular dastlab V-zarralar deb nomlandi. Jarayonda zarralar qoldirgan izlarni tahlil qilish Vzarralarning juda tez, taxminan 10−23 ÷ 10−24 sekund davomida hosil bo 'lishini ko'rsatdi (tasvirda bu V shakldagi ikkita zarra deyarli nuqtada hosil bo'ladi). Hosil bo'lgan zarralar esa bir necha santimetr uzunlikda iz qoldirib yana oddiy zarralarga parchalanadi. - Pufakli kameralar yordamida olingan minglab fotosuratlarda bunday, doimo ikkita bo'lib, juft holda hosil bo'ladigan zarralar V shaklida iz qoldirgani sababli, ular dastlab V-zarralar deb nomlandi. Jarayonda zarralar qoldirgan izlarni tahlil qilish Vzarralarning juda tez, taxminan 10−23 ÷ 10−24 sekund davomida hosil bo 'lishini ko'rsatdi (tasvirda bu V shakldagi ikkita zarra deyarli nuqtada hosil bo'ladi). Hosil bo'lgan zarralar esa bir necha santimetr uzunlikda iz qoldirib yana oddiy zarralarga parchalanadi.
Ma’lum bir belgisiga qarab adronlar turlicha nomdagi kichik guruhlarga ajratiladi. Adronlarning shunday bir guruhini “g’alati” zarralar deb atashadi.
G’alati zarralar kuchli o’zaro ta’sir natijasida hosil bo’lib, kuchsiz o’zaro ta’sir ostida parchalanar ekan. XX asrning 50-yillari o’rtalariga kelib, g’alati zarralar turi 16 taga yetdi. Bu g’alati zarralar quyidagilar: K-mezonlar, lyambda-giperon, sigma-giperonlar, ksi-giperonlar va ularning antizarralari.
G’alati zarralar oddiy zarralarning o’zaro ta’sir jarayonlarida hosil bo’lishi aniqlandi.
O’z navbatida g’alati zarralar kuchsiz o’zaro ta’sir ostida parchalanib, yana oddiy zarralarga aylanadilar.
Shunday qilib, g'alati zarralarning "g'alatiligi" ancha vaqtgacha mavhumligicha qoldi. Bu holatni tushuntirishga qaratilgan barcha urinishlar samara bermadi. Masalan, amerikalik fizik Marri Gell-Mann va yapon fizigi Katsuxiko Nishidjimalar tomonidan izotopik spin formalizmi yordamida g'alati zarralarni tushuntirishga bo'lgan urinish natija bermadi. Ular g'alati zarralarni izotopik spiniga qarab multipletlarga, ya'ni kichik guruhlarga birlashtirishga harakat qilishdi va shu asosda ularning o'zlarini "g'alati" tutishlari sababini izlashdi. Shu o'rinda "minimal" yoki "tuzilma" modellar to 'g'risida ham to xtalib o'tish maqsadga muvofiqdir. - Shunday qilib, g'alati zarralarning "g'alatiligi" ancha vaqtgacha mavhumligicha qoldi. Bu holatni tushuntirishga qaratilgan barcha urinishlar samara bermadi. Masalan, amerikalik fizik Marri Gell-Mann va yapon fizigi Katsuxiko Nishidjimalar tomonidan izotopik spin formalizmi yordamida g'alati zarralarni tushuntirishga bo'lgan urinish natija bermadi. Ular g'alati zarralarni izotopik spiniga qarab multipletlarga, ya'ni kichik guruhlarga birlashtirishga harakat qilishdi va shu asosda ularning o'zlarini "g'alati" tutishlari sababini izlashdi. Shu o'rinda "minimal" yoki "tuzilma" modellar to 'g'risida ham to xtalib o'tish maqsadga muvofiqdir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Elementar zarralar fizikasining rivojlanish tarixi va elementar zarra tushunchasi. Elementar zarralar haqida ma’lumotlar
|