III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
O'qituvchining 10-sinfdagi ,, geografiya “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Ma’lumki, geografiya fani ikkita yirik tarmoq – tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografiyaga bo‘linadi. Birinchisi geografik qobiq, u n in g komponentlari va Yer yuzidagi geotizimlarni tadqiq etsa, ikkinchisi dunyo, uning mintaqa va mamlakatlari, shahar va qishloqlari miqyosida aholi, uning yashash tarzi va madaniyati, ishlab chiqarish sohalari, siyosiy voqea-hodisalarni o‘rganadi
Yuqoridagilardan xulosa chiqarib aytish mumkinki, geografiy ya hozirgi davrda maqsad va vazifalari, o‘rganish obyekti va predmeti o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta fanlardan iborat bo‘lgan fanlar tizimiga aylandi. Bu fanlar tizimi tarkibida tabiiy geografik va ijtimoiy (ya’ni, jamiyatni o‘rganuvchi) geografik fan guruhlari ajralib turadi. Shuningdek, jamiyat va tabiatning o‘zaro munosabatlarini o‘rganish chog‘ida qator umumgeografik mazmun-mohiyatga ega fanlar ham tarkib topgan, masalan, tabiiy resurslar va tabiatdan foydalanish geografi yasi, tibbiy geografi ya (turli hududlarda yashovchi aholining salomatligi va kasallanishi, unga ta’sir etuvchi tabiiy va ijtimoiy omillarni o‘rganadi). Geografik fanlar tizimida geografik xaritalarni tuzish va ular bilan ishlashni o‘rganadigan kartografi ya fani alohida o‘rin va ahamiyatga ega.
Geografik fanlar turkumiga kiruvchi barcha fanlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, umumiy ilmiy va amaliy maqsadlarni ko‘zlagan holda rivojlanmoqda. Turli geografik fanlar uyg‘unligida Yer yuzi va alohida hududlar haqida yaxlit tasavvur shakllanadi, mamlakat va hududlar rivojlanishining muammo va istiqbollari aniqlanadi, tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish, iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qiluvchi amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Geografiyani o‘rgana boshlagan paytda bu fanning nomi qadimgi yunon tilida “Yerning tasviri” degan lug‘aviy ma’no berishini bilib olgansiz. Lekin hozirgi davr geografl ari turli joylar tabiati, aholisi va xo‘jaligini tasvirlash va tavsifl ash bilan cheklanib qolmasdan, turli tabiiy va ijtimoiy hodisalarning vujudga kelish va hududiy tarqalish qo nuniyatlarini o‘rganadilar, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabat va ziddiyatlarni atrofl icha tahlil qiladilar, dolzarb ahamiyatli ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolarni hududlarning o‘ziga xos sharoit va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yechish yo‘llarini ishlab chiqadilar. Zamonaviy geografi ya an’anaviy tasvirlovchi mohiyatdagi “Nima? Qayerda? Qancha?” savollariga javob beruvchi fandan “Nima? Qayerda? Qancha? Nima sababdan? Qanday foydalanish kerak? Yaxshilash uchun nima qilish kerak?” degan savollarga javob topuvchi keng qamrovli nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan fanlar tizimiga aylandi.
IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1. Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
2. Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.
“Tasdiqlayman”
_______________________
Sana “____”________________201___-yil.
Mavzu: GEOGRAFIYA FANINING TARIXI VA HOZIRGI DAVRDAGI RIVOJLANISHI
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetentsiyasi: geografiya fanining o’rganish ob’ekti va predmeti, murakkab tuzilishga ega bo’lgan fanlar tizimi ekanligi, zamonaviy tadqiqot usullari mohiyatini tushunadi va tushuntira oladi. Yer yuzi tabiatiga fazoviy (tashqi) va sayyoraviy (ichki) omillarning ta’sirini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik qobiqning asosiy qonuniyatlarini anglaydi va misollar bilan izohlay oladi. Geotizimning mohiyati, ularning turli taksonomik birliklarga mansub bo’lishi va zonallik qonuniyatiga bo’ysunishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik muhit va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosaatlarining tarixiyligini tushunadi va tushuntira oladi. Zamonaviy demografik jarayonlar va ularning mohiyatini tahlil qila oladi. Urbanizatsiya jarayonining muammoli qirralarini tushunadi. Jahon iqtisodiyotining markazlari, o‘sish qutblarini ajratadi, ularning o‘zgarib borishini anglaydi. Dunyoning geosiyosiy tizimi, uning tarixiyligi va hozirgi zamon muammolarini tushunadi. Insoniyatning global muammolari haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Yevropa subregionlarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning tarixiy-geografik ildizlarini izohlay oladi. AQSh ma’muriy-hududiy tuzilishi va itimoiy-iqtisodiy rayonlashtirilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Lotin Amerika subregionlarini ajrata oladi.
Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetentsiyasi: qit’alar, yirik mintaqalar, subregionlar, xalqaro tashkilotlarning nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetentsiyasi: geografik tadqiqotlar usullari ichida kartografik usul alohida ahamiyat kasb etishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik xaritalar yordamida dunyoning mintaqalarining tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga tavsif bera oladi va qiyosiy tahlil qila oladi.
Darsning blok sxemasi:
№
|
Darsning qismlari
|
Belgilangan vaqt.
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Darsning maqsadi:
- o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan ,,geografiya “ darsligi bilan tanishtirish;
- darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;
- darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;
- o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari:
1. 10 sinf, geografiya darsligi
2. Mavzuga oid chizmalar
3. Doska, bo‘r, daftar.
4. Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:
1. Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
2. Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
1. Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
2. Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
3. O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.
|