III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
O'qituvchining 10-sinfdagi ,, geografiya “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Geografiya eng qadimgi va hamisha navqiron fanlardan biri. Geografik kashfi yotlar, g‘oya va bilimlarning rivojlanish xususiyatlariga asoslanib, bu fanning tarixida quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin. Qadimgi yoki antik davr bosqichi. Ibtidoiy odamlarning o‘zi yashab turgan joyni o‘rganish, yashash uchun qulay, tabiiy resurslarga boy joylarni topish va tasvirlashga bo‘lgan intilishlari asnosida dastlabki geografik bilimlar to‘planib borgan. Er. avv. 2-ming yillikda ya nikiyaliklar O‘rta dengizdan Gibraltar bo‘g‘izi orqali suzib o‘tib, Afrika qirg‘oqlari bo‘ylab Hindistongacha suzib borganlar. Shu paytdan Osiyo va Yevropa nomlari paydo bo‘lgan. Bu davrda yunonlar va rimliklar o‘sha paytda ma’lum bo‘lgan hududlarni tasvirlab yozish bilan birga xaritalarini ham tuzdilar. Gomer er. avv. XII asrda O‘rta dengiz va uning atrofini tasvirlovchi dunyo xari tasini tuzdi. Pifagorning shogirdlari er. avv. VI asrda Yerning sharsimonligini aytdilar.
O‘rta asrlar bosqichi. Bu davrda geografiya, umuman, ilm-fan, asosan Sharqda, xususan, O‘rta Osiyo, Misr, Eronda rivojlandi. Geografi y a fani, asosan o‘lkashunoslik, kartografiya, geodeziya yo‘nalishida rivojlandi. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy IX asrda Yerning sharsimon ekanligini isbotlab, uning o‘lchamlarini nisbatan aniq o‘lchadi. “Surat-al-Arz” nomli kitob yozib, Sharq geograyasiga asos soldi. Geografiya fanining rivojida Abu Rayhon Beruniyning xizmati beqiyos. Uning geografi yaga oid 22 ta asari bo‘lib, shundan 12 tasi geodeziya, 4 tasi kartograya, 3 tasi iqlimshunoslik, 3 tasi mineralogiyaga oid va hozirgi kunda ham dolzarb hisoblanadi. U yasagan globus esa Yerning sharsimonligini isbotlash va tushuntirishda, Shimoliy yarimshar tabiatini o‘rganishda tengi yo‘q manba bo‘lgan. U yunon va rim olimlaridan farq qilib olamning geliotsentrik tuzilishi nazariyasini rivojlantirishga hissa qo‘shgan. Abdurazzoq Samarqandiy Hindistonga sayohat qilib, Eron, Pokiston, Arabiston dengizi haqida boy ma’lumotlar to‘pladi. Ahmad Farg‘oniy astronomiya, iqlimshunoslik gidrologiya fanlariga oid asarlar yaratdi. U Nil daryosining suv sarfi ni o‘lchaydigan “Nilometr” asbobini yaratib, daryolarning suv sarni o‘lchash va unga bog‘liq ishlarni to‘g‘ri rejalashtirishga asos yaratdi. Umar Xayyom tomonidan ko‘plab xarita lar tuzildi. Yoqut Hamaviy geografik lug‘at – o‘sha davrdagi geografik bilimlar ensiklopediyasini tuzdi. Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma” asari orqali geografi ya faniga katta hissa qo‘shdi.
IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1. Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
2. Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.
“Tasdiqlayman”
_______________________
Sana “____”________________201___-yil.
Mavzu: YER YUZI TABIATI RIVOJLANISHINING FAZOVIY OMILLARI
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetentsiyasi: geografiya fanining o’rganish ob’ekti va predmeti, murakkab tuzilishga ega bo’lgan fanlar tizimi ekanligi, zamonaviy tadqiqot usullari mohiyatini tushunadi va tushuntira oladi. Yer yuzi tabiatiga fazoviy (tashqi) va sayyoraviy (ichki) omillarning ta’sirini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik qobiqning asosiy qonuniyatlarini anglaydi va misollar bilan izohlay oladi. Geotizimning mohiyati, ularning turli taksonomik birliklarga mansub bo’lishi va zonallik qonuniyatiga bo’ysunishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik muhit va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosaatlarining tarixiyligini tushunadi va tushuntira oladi. Zamonaviy demografik jarayonlar va ularning mohiyatini tahlil qila oladi. Urbanizatsiya jarayonining muammoli qirralarini tushunadi. Jahon iqtisodiyotining markazlari, o‘sish qutblarini ajratadi, ularning o‘zgarib borishini anglaydi. Dunyoning geosiyosiy tizimi, uning tarixiyligi va hozirgi zamon muammolarini tushunadi. Insoniyatning global muammolari haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Yevropa subregionlarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning tarixiy-geografik ildizlarini izohlay oladi. AQSh ma’muriy-hududiy tuzilishi va itimoiy-iqtisodiy rayonlashtirilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Lotin Amerika subregionlarini ajrata oladi.
Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetentsiyasi: qit’alar, yirik mintaqalar, subregionlar, xalqaro tashkilotlarning nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetentsiyasi: geografik tadqiqotlar usullari ichida kartografik usul alohida ahamiyat kasb etishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik xaritalar yordamida dunyoning mintaqalarining tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga tavsif bera oladi va qiyosiy tahlil qila oladi.
Darsning blok sxemasi:
№
|
Darsning qismlari
|
Belgilangan vaqt.
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Darsning maqsadi:
- o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan geografiya darsligi bilan tanishtirish;
- darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;
- darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;
- o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari:
1. 10 sinf, geografiya darsligi.
2. Mavzuga oid chizmalar
3. Doska, bo‘r, daftar.
4. Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:
1. Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
2. Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
1. Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
2. Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
3. O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.
|