Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha




Download 1,62 Mb.
bet14/35
Sana22.03.2021
Hajmi1,62 Mb.
#13390
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
O'qituvchining 10-sinfdagi geografiya fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Tabiiy geografik jarayonlar deb, Yerning tashqi (ekzogen) kuchlari va inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida sodir bo‘ladigan jarayonlarga aytiladi. Tabiiy geografik jarayonlar tog‘ jinslarining yemirilishida, tog‘ jinslari fizik holatining o‘zgarishida, yer yuzasi relyefining shakllanishi va o‘zgarishida, atmosfera hodisalari rivojlanishida namoyon bo‘ladi. Ular rivojlangan hududlarda turli xil inshootlarni joylashtirish, qurish va ishlatishda ma’lum bir qiyinchiliklar yuzaga keladi.

Shuning uchun bunday jarayonlar rivojlangan va tarqalgan joylarda turli xil inshootlar qurishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish muammosi vujudga kelmoqda. Sel, surilma, ko‘chki, botqoqlanish, ko‘p yillik muzloq, qurg‘oqchilik, o‘pirilma tarqalgan joylarda qurilish ishlari olib borish uchun hozirgi paytda maxsus qoidalar, yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan. Tabiiy omillar, o‘z navbatida, ikki katta guruhga bo‘linadi: Yerning ichki kuchlari bilan bog‘liq va tashqi kuchlar bilan bog‘liq bo‘lgan omillar. Yerning ichki kuchlari endogen (yunoncha «endo» – ichki, «genos» kelib chiqish) kuchlar deb ataladi. Ular ta’sirida vulqonlar otiladi, zilzilalar, tektonik harakatlar sodir bo‘ladi. Bunday jarayonlar endogen yoki geologik jarayonlar deb ataladi. Tashqi omillar ekzogen (yunoncha «ekzo» – tashqi, «genos» – kelib chiqish) omillar yoki kuchlar deb ataladi. Tashqi kuchlar ta’sirida vujudga keladigan jarayonlar ekzogen jarayonlar yoki tabiiy geografik jarayonlar deb ataladi. Bunday jarayonlar Quyosh issiqligi, og‘irlik kuchi, yer usti va osti suvlari hamda organizmlar ta’sirida vujudga keladi va rivojlanadi. Ekzogen jarayonlarga nurash, eroziya, abraziya, defl yatsiya, surilma, karst, sel, qor ko‘chkisi kabi hodisalar kiradi. Nurash deb, haroratning o‘zgarishi, kimyoviy jarayonlar, atmosfera, suv va organizmlar ta’sirida tog‘ jinslarining yemirilishiga aytiladi. Nurash uch turga ajratiladi: fi zik, kimyoviy va organik nurash.

Fizik nurash, asosan, harorat va namlikning o‘zgarishi natijasida sodir bo‘ladi. Kunduzi havo haroratining ko‘tarilib ketishi natijasida tog‘ jinslarida darzlar hosil bo‘lib, ular bo‘laklarga bo‘linib ketadi. Eroziya (lotincha «erosio» – yemirish, yuvilish) deb tog‘ jinslari va tuproqning oqar suvlar ta’sirida yuvilishiga aytiladi. Eroziya yuzalama va chiziqli turlarga bo‘linadi. Yuzalama eroziya jarayoni tog‘ yonbag‘irlarida keng tarqalgan. Uning oqibatida tog‘ yonbag‘irlarida-gi jinslar yuvilib, pastga tushadi. Yumshoq jinslardan tashkil topgan qiya joylarda yuvilish natijasida jarlar vujudga keladi. Chiziqli eroziya daryo eroziyasi deb ham ataladi. Buning natijasida daryo o‘zanlari va qirg‘oqlari yuviladi. Daryo qirg‘oqlarining yuvilishi Xorazm va Qoraqalpog‘istonda «deygish» deyiladi. Amudaryo 1925-yilda sobiq To‘rtko‘l shahrining yaqinidan oqqan. 1938-yilga kelib Amudaryo shaharni yuvib keta boshladi, 1950-yilga kelib esa daryo To‘rtko‘l shahrini butunlay yuvib ketgan.

Keyinchalik daryodan ancha uzoqda yangi, hozirgi To‘rtko‘l shahri bunyod etildi. Abraziya (lotincha «abrasio» – qirish, qirtishlash) deb, okean, dengiz va ko‘l qirg‘oqlarining to‘lqinlar tomonidan yemirilishi va tekislanishiga aytiladi. Abraziya natijasida okean va dengiz, ko‘l qirg‘oqlarida tekisliklar hosil bo‘ladi. Respublikamizdagi yirik ko‘llar va suvomborlarining qirg‘oqlarida abraziya jarayonini kuzatish mumkin. Defl yatsiya (lotincha “defl atsio” – puflash) – tog‘ jinslarining shamol ta’sirida yemirilib, maydalangan zarralarning boshqa joylarga ko‘chishi. Defl yatsiya qurg‘oqchil o‘lkalarda, ayniqsa, qumli cho‘llarda kuchli bo‘ladi. Shamol qumlarni to‘zg‘itib, bir joydan ikkinchi joyga tashib uylarga, yo‘llarga, quduqlarga zarar yetkazadi.

Ayniqsa, o‘simlik qoplamini zararlab chorvachilikka ziyon keltiradi. Defl yatsiyaning oldini olish va zararini kamaytirish uchun daraxt va buta o‘simliklarini ekish lozim. Sel – tog‘ vodiylari, soylar va jarlardan qisqa vaqt ichida juda katta tezlik bilan oqib keluvchi tosh aralash loyqa suv oqimi. Sellar tog‘li o‘lkalarda jala yog‘ishi natijasida yuzaga keladi. Sellar o‘zi bilan birga loyqa va toshlarni olib keladi
IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1. Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.

2. Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.


V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.

“Tasdiqlayman”



___________________
Sana “____”________________201___-yil.
Mavzu: GEOGRAFIK BAHOLASH

Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetentsiyasi: geografiya fanining o’rganish ob’ekti va predmeti, murakkab tuzilishga ega bo’lgan fanlar tizimi ekanligi, zamonaviy tadqiqot usullari mohiyatini tushunadi va tushuntira oladi. Yer yuzi tabiatiga fazoviy (tashqi) va sayyoraviy (ichki) omillarning ta’sirini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik qobiqning asosiy qonuniyatlarini anglaydi va misollar bilan izohlay oladi. Geotizimning mohiyati, ularning turli taksonomik birliklarga mansub bo’lishi va zonallik qonuniyatiga bo’ysunishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik muhit va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosaatlarining tarixiyligini tushunadi va tushuntira oladi. Zamonaviy demografik jarayonlar va ularning mohiyatini tahlil qila oladi. Urbanizatsiya jarayonining muammoli qirralarini tushunadi. Jahon iqtisodiyotining markazlari, o‘sish qutblarini ajratadi, ularning o‘zgarib borishini anglaydi. Dunyoning geosiyosiy tizimi, uning tarixiyligi va hozirgi zamon muammolarini tushunadi. Insoniyatning global muammolari haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Yevropa subregionlarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning tarixiy-geografik ildizlarini izohlay oladi. AQSh ma’muriy-hududiy tuzilishi va itimoiy-iqtisodiy rayonlashtirilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Lotin Amerika subregionlarini ajrata oladi.

Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetentsiyasi: qit’alar, yirik mintaqalar, subregionlar, xalqaro tashkilotlarning nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.

Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetentsiyasi: geografik tadqiqotlar usullari ichida kartografik usul alohida ahamiyat kasb etishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik xaritalar yordamida dunyoning mintaqalarining tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga tavsif bera oladi va qiyosiy tahlil qila oladi.


Darsning blok sxemasi:



Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

Darsning maqsadi:


- o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan geografiya darsligi bilan tanishtirish;

- darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;

- darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;

- o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.


Dars materiallari va jihozlari:

1. 10 sinf, geografiya darsligi.

2. Mavzuga oid chizmalar

3. Doska, bo‘r, daftar.

4. Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.


I. Tashkiliy qism:
1. Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.

2. Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash

II. Darsning mazmuni:
1. Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.

2. Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.

3. O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.


Download 1,62 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Download 1,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha

Download 1,62 Mb.