Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha




Download 1,62 Mb.
bet10/35
Sana22.03.2021
Hajmi1,62 Mb.
#13390
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
O'qituvchining 10-sinfdagi geografiya fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Har bir fan rivojlanib, takomilla shib borgani sari uning tadqiqot obyekti, predmeti va vazifalari haqidagi tushunchalar ham aniqlashib, muayyanlashib boradi. O‘tgan asrning o‘rtalariga kelib, barcha fanlarda bo‘lgani kabi geografiya faniga ham tizimlar haqidagi ta’limot kirib keldi. Natijada geografik tadqiqotlarda tekshirish obyektini, o‘sha vaqtlarda bo‘lganidek, kompleks deb emas, tizim deb qarash yuzaga keldi. Shu munosabat bilan 1963-yilda akademik V. B. Sochava tomonidan geotizim tushunchasi fanga kiritildi va ta’limoti yaratildi. Bu tushuncha geografiyaning obyektini aniqroq va mukammalroq ta’rifl ashi barcha tomonidan e’tirof etildi. Hozirgi paytda geografik tadqiqotlarda tizimlar haqidagi ta’limotga amal qilinadi va o‘rganish obyekti tizim deb qaraladi.

Akademik V. B. Sochava quyidagicha ta’rif beradi: Geotizim – boshqariluvchan tizimlarning alohida, o‘ziga xos sinfi; Yer yuzasidagi komponentlari bir-biri bilan tizimli aloqada bo‘lgan hamda ma’lum yaxlitlik sifatida fazo qobig‘i va kishilik jamiyati bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan barcha o‘lchamdagi makon. Yaxlit bo‘lish bilan birga, kichik tizimlarga bo‘linadigan bu tizimlar sayyoraning yuzasini to‘liq qamrab oladi, shu bilan bir qatorda uning bir bo‘lagi sifatida uncha katta bo‘lmagan makonda mustaqil mavjud bo‘ladi va maxsus faoliyatni bajaradi. Mazkur ta’rifga ko‘ra, geotizimni o‘zaro bog‘liq komponentlar ning to‘g‘ri va teskari aloqalar orqali birlashgan hamda bir-biri bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan tabiat va jamiyat kichik tizimlaridan iborat, moddiy-energetik bir butun yaxlit holdagi hududiy tizim deb qarasak bo‘la-di. Geotizim insonning haqiqiy yashash muhiti, xo‘jalik faoliyati bevosita yoki bilvosita ta’sir etadigan tabiiy, tabiiy-antropogen (o‘zgartirilgan tabiiy) yoki antropogenlashgan (inson tomonidan kuchli o‘zgartirilgan) hududiy tizim sifatida namoyon bo‘ladi.

Geotizimlarning modda va energiya almashinuvi xususiyatiga ko‘ra ikki turi ajratiladi:

a) modda va energiya almashinuvi chegarasidan tashqariga chiqmaydigan yopiq geotizimlar. Masalan, geograA k qobiq;b) modda va energiya almashinuvi chegarasidan tashqariga chiqadigan ochiq geotizimlar. Masalan, landshaftlar. Geotizimlarning ko‘lamiga, ya’ni katta-kichikligiga qarab V. B. Sochava sayyoraviy, regional, topologik darajalarini ajratadi. Mazkur sayyoraviy, regional va topologik (mahalliy) ko‘lamdagi geotizimlarning har biri o‘ziga xos hajmi, yoshi bilan tavsifl anib, o‘ziga xos modda va energiya almashinishi shakliga egadir. Ushbu uch ko‘lamdagi geotizimlar yoshi jihatidan ham bir-biridan farq qiladi.

Masalan, sayyoraviy va regional ko‘lamdagi geotizimlarning yoshi geologik davrlar o‘lchami bilan o‘lchansa, topologik ko‘lamdagi geotizimlarning yoshi esa bir necha o‘nlab, yuzlab ming yillar bilan o‘lchanishi mumkin. Sayyoraviy ko‘lamdagi geotizimlarga geografik qobiq kiradi. U eng katta va eng murakkab geotizim bo‘lishi bilan bir vaqtda juda ko‘p va turli taksonomik qiymatga ega bo‘lgan geotizimlarga tabaqalangandir. Regio nal darajadagi geotizimlar quyidagilar: materiklar, o‘lkalar, zonalar, provinsiyalar, okruglar, rayonlar. Bu yerda biz faqat quruqlikning geotizimlarga bo‘linishini ko‘rsatdik. Suvlik esa boshqacha bo‘linadi. Topologik (kichik) ko‘lamdagi geotizimlar landshaft, joy, urochishe, fatsiya. Geotizimlar (fatsiyadan boshqalari) o‘z ichki tuzilishi jihatidan bir vaqt ning o‘zida ham bir butundir, ham xilma-xildir, ya’ni o‘zidan kichik bo‘lgan geotizimlardan tashkil topgan. Bu geotizimlar o‘zining katta-kichikligiga bog‘liq holda pog‘onasimon taksonomik qiymatga egadir. Masalan, geograA k qobiq o‘zidan kichikroq bo‘lgan geotizimlar – quruqlik va okeanlarga, quruqlik esa, o‘z navbatida, materiklarga, materiklar esa o‘zidan kichikroq bo‘lgan geotizimlar – tabiiy geograA k o‘lkalardan tashkil topgan va h. k.
IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1. Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.

2. Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.


V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.

“Tasdiqlayman”



___________________
Sana “____”________________201___-yil.
Mavzu: JAMIYAT VA TABIAT O‘RTASIDAGI MUNOSABATLAR

Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetentsiyasi: geografiya fanining o’rganish ob’ekti va predmeti, murakkab tuzilishga ega bo’lgan fanlar tizimi ekanligi, zamonaviy tadqiqot usullari mohiyatini tushunadi va tushuntira oladi. Yer yuzi tabiatiga fazoviy (tashqi) va sayyoraviy (ichki) omillarning ta’sirini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik qobiqning asosiy qonuniyatlarini anglaydi va misollar bilan izohlay oladi. Geotizimning mohiyati, ularning turli taksonomik birliklarga mansub bo’lishi va zonallik qonuniyatiga bo’ysunishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik muhit va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosaatlarining tarixiyligini tushunadi va tushuntira oladi. Zamonaviy demografik jarayonlar va ularning mohiyatini tahlil qila oladi. Urbanizatsiya jarayonining muammoli qirralarini tushunadi. Jahon iqtisodiyotining markazlari, o‘sish qutblarini ajratadi, ularning o‘zgarib borishini anglaydi. Dunyoning geosiyosiy tizimi, uning tarixiyligi va hozirgi zamon muammolarini tushunadi. Insoniyatning global muammolari haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Yevropa subregionlarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning tarixiy-geografik ildizlarini izohlay oladi. AQSh ma’muriy-hududiy tuzilishi va itimoiy-iqtisodiy rayonlashtirilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Lotin Amerika subregionlarini ajrata oladi.

Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetentsiyasi: qit’alar, yirik mintaqalar, subregionlar, xalqaro tashkilotlarning nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.

Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetentsiyasi: geografik tadqiqotlar usullari ichida kartografik usul alohida ahamiyat kasb etishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik xaritalar yordamida dunyoning mintaqalarining tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga tavsif bera oladi va qiyosiy tahlil qila oladi.


Darsning blok sxemasi:



Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

Darsning maqsadi:


- o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan geografiya darsligi bilan tanishtirish;

- darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;

- darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;

- o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.


Dars materiallari va jihozlari:

1. 10 sinf, geografiya darsligi.

2. Mavzuga oid chizmalar

3. Doska, bo‘r, daftar.

4. Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.


I. Tashkiliy qism:
1. Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.

2. Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash

II. Darsning mazmuni:
1. Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.

2. Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.



3. O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.

Download 1,62 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Download 1,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha

Download 1,62 Mb.