Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha




Download 1,62 Mb.
bet12/35
Sana22.03.2021
Hajmi1,62 Mb.
#13390
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
O'qituvchining 10-sinfdagi geografiya fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Yer yuzida inson paydo bo‘libdiki, to‘xtovsiz ravishda tabiatga ta’sir ko‘rsatib, undan foydalanish va o‘ziga qulay qilish maqsadida o‘zgartirib kelmoqda. Insonning xo‘jalikdagi faoliyati ta’siri antropogen ta’sir deyilib, uning oqibatida geotizimlarning o‘zgarish darajasi, miqyosi va jadalligi turlicha bo‘ladi. Bu bir tomondan geotizimlarning o‘ziga xos tabiiy xususiyati bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan insonning geotizimga ta’sir ko‘rsatishiga bog‘liqdir. Geotizimlarning tabiiy xususiyatlari, ya’ni o‘zini o‘zi boshqarishi va qayta tiklanish xususiyatining kuchli yoki kuchsizligi, antropogen ta’sirga chidamliligi yoki chidamsizligi turli geotizimlarda har xil bo‘ladi. Shu bilan birga, inson faoliyati ham turlichadir.

Masalan, inson geotizimlarga konchilik sanoati orqali bir xil ta’sir ko‘rsatsa, shahar qurilishida boshqa xil, dehqonchilik, chorvachilik, o‘rmon xo‘jaligida esa yana boshqacharoq ta’sir etadi. Natijada har xil daraja va ko‘rinishda inson uchun ijobiy va salbiy o‘zgargan geotizimlar hosil bo‘ladi. Ko‘pincha insonning xo‘jalik faoliyati ma’lum tabiat komponentlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Lalmi dehqonchilikda tuproq, chorvachilikda va o‘rmonchilikda o‘simlik (o‘t o‘simliklar va daraxt), konchilik sanoatida tog‘ jinsi (foydali qazilma) bilan bog‘liq bo‘ladi. Binobarin, ushbu komponentlar o‘sha hududlarda ma’lum darajada o‘zgarishga uchraydi.

Ba’zan bu o‘zgarishlar boshqa komponentlarning ham u yoki bu darajada o‘zgarishiga olib keladi. Ayrim xo‘jalik sohalarida inson ikki va undan ortiq tabiat komponentlari bilan munosabatda bo‘ladi. Sug‘oriladigan dehqonchilikda tuproq va suv, sanoat ishlab chiqarishida tuproq, suv, havo, o‘simlik bilan munosabatda bo‘ladi. Tabiat komponentlarining, shuningdek, yonma-yon geotizimlarning uzviy bog‘liqligi komponentlardan biriga biror maqsadda qilingan ta’sir, ko‘pincha boshqa komponentlarga ataylab qilinmagan ta’sirning sodir bo‘lishiga olib keladi (suvomborlarini qurish – atrofdagi yerlarni suv bosishiga, yerosti suvlarining olinishi – yer yuzasining cho‘kishiga va h. k. ).

Aslini olganda, geotizimlar juda ko‘p va turli-tuman omillar ta’sirida shakllanadi, rivojlanadi, o‘zgaradi. O‘tgan asrning 70-yillariga kelib, inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida o‘zgargan geotizimlarni antropogen landshaftlar deb, ularni alohida o‘ziga xos geotizim sifatida ilmiy tadqiq etish boshlandi. Aslini olganda, inson, hozircha, butun boshli landshaftlarni yaratishga qodir emas. Inson o‘z xo‘jalik faoliyati davomida tabiiy landshaftlarning u yoki bu xususiyatini o‘zgartiradi. Landshaftga kiritayotgan biron o‘zgarish (ya’ni, shu landshaftga xos bo‘lmagan o‘simlik, hayvon, tog‘ jinsi, suv va boshqlar) ham, aslida, boshqa bir landshaftdan olingan bo‘ladi. Shuningdek, inson tomonidan kiritilgan “begona” tarkibiy qismlar ham shu landshaftdagi tabiiy qonuniyatlar asosida rivojlanadi.

Masalan, kanallar daryolarga o‘xshab qirg‘oqlarini va tubini yemiradi, ulardan suv bug‘lanadi, qirg‘oqlarida to‘qayga xos o‘simliklar paydo bo‘ladi. Suvomborlari ko‘llarga o‘xshab qirg‘oqlarini yemiradi, tagi oqiziq jinslar bilan to‘ladi, atrofdagi grunt suvlari sathiga ta’sir etadi. Muhandislik inshootlari va yo‘llar nurab, yemiriladi. Madaniy o‘simliklar shu landshaftga xos o‘simliklar bilan aralashib, moslashib ketadi va h. k. Shu nuqtayi nazardan antropogen ta’sir natijasida o‘zgargan landshaftlarni antropogen landshaftlar deb atashdan ko‘ra, antropogen omil ta’sirida o‘zgargan landshaftlar, deb atash to‘g‘riroq bo‘lar edi.



Lekin bu atama qo‘llashda qulay emasligidan antropogen landshaftlar atamasidan foydalaniladi.


Antropogen landshaftlar haqida so‘z borganda madaniy va buzilgan landshaftlar atamalari ko‘p ishlatiladi. Madaniy landshaft jamiyat manfaatlarini ko‘zlab xususiyatlari inson tomonidan il miy asosda va oqilona o‘zgartirilgan landshaftlar.

Ularga quyidagi eng muhim ikki sifat xos:

1) odamlarning yashashi uchun qulay, sog‘li g‘ini saqlashi, jismoniy va ma’naviy rivojlanishiga yordam beradigan muhit;

2) yuqori mahsuldorlik va iqtisodiy samaradorlik.

Bunda inson tomonidan landshaftlarning ichki imkoniyatini rivojlantirish, tabiiy jarayonlarni faollashtirish va landshaftlarning samaradorligini oshirish asosiy maqsad bo‘ladi. Respublikamizda uzoq yillardan buyon o‘zlashtirilib, obodonlashtirib kelinayotgan vohalar – madaniy landshaftlardir (4 a-rasm). Vohalarda atrofdagi cho‘l yoki tog‘ geotizimlariga nisbatan aholi yashashi uchun ekologik muhit qulay, xo‘jalik faoliyati esa bir necha barobar samaralidir. Buni quyidagilarda ko‘rish mumkin:

Respublika aholisining qariyb 9/10 qismi vohalarda yashaydi. Sug‘oriladigan yerlar respublikamiz yer fondining 1/10 qismini tashkil etgani holda qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan mahsulotlarning qariyb 9/10 qismini beradi. Buzilgan landshaftlar bu umumiy tushuncha bo‘lib, aslida, landshaftlar biron tabiiy yoki antropogen ta’sirlar natijasida to‘liq buzilishga uchramaydi. Balki ularning tarkibiy qismlari – biron komponenti yoki ayrim qismlarida kuchli o‘zgarish, buzilish ro‘y beradi. Shuning uchun “buzilgan yerlar” deb ifodalangani ma’qul. Buzilgan yerlar – inson faoliyati va tabiiy jarayonlar oqibatida xo‘jalik qiymatini yo‘qotgan, yaroqsiz yoki kam yaroqli holga kelgan, tuproq-o‘simlik qoplamining va gidrologik rejimining o‘zgarishi, texnogen relyefning vujudga kel tirilishi munosabati bilan atrof-muhitga salbiy ta’sir manbayi bo‘lgan, yoqim-siz manzarali hududlar.


IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1. Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.

2. Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.


V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.

“Tasdiqlayman”



___________________
Sana “____”________________201___-yil.
Mavzu: TABIATNI MUHOFAZA QILISHNING GEOGRAFIK ASOSLARI
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetentsiyasi: geografiya fanining o’rganish ob’ekti va predmeti, murakkab tuzilishga ega bo’lgan fanlar tizimi ekanligi, zamonaviy tadqiqot usullari mohiyatini tushunadi va tushuntira oladi. Yer yuzi tabiatiga fazoviy (tashqi) va sayyoraviy (ichki) omillarning ta’sirini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik qobiqning asosiy qonuniyatlarini anglaydi va misollar bilan izohlay oladi. Geotizimning mohiyati, ularning turli taksonomik birliklarga mansub bo’lishi va zonallik qonuniyatiga bo’ysunishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik muhit va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosaatlarining tarixiyligini tushunadi va tushuntira oladi. Zamonaviy demografik jarayonlar va ularning mohiyatini tahlil qila oladi. Urbanizatsiya jarayonining muammoli qirralarini tushunadi. Jahon iqtisodiyotining markazlari, o‘sish qutblarini ajratadi, ularning o‘zgarib borishini anglaydi. Dunyoning geosiyosiy tizimi, uning tarixiyligi va hozirgi zamon muammolarini tushunadi. Insoniyatning global muammolari haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Yevropa subregionlarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning tarixiy-geografik ildizlarini izohlay oladi. AQSh ma’muriy-hududiy tuzilishi va itimoiy-iqtisodiy rayonlashtirilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Lotin Amerika subregionlarini ajrata oladi.

Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetentsiyasi: qit’alar, yirik mintaqalar, subregionlar, xalqaro tashkilotlarning nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.

Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetentsiyasi: geografik tadqiqotlar usullari ichida kartografik usul alohida ahamiyat kasb etishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik xaritalar yordamida dunyoning mintaqalarining tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga tavsif bera oladi va qiyosiy tahlil qila oladi.
Darsning blok sxemasi:




Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

Darsning maqsadi:


- o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan geografiya darsligi bilan tanishtirish;

- darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;

- darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;

- o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.


Dars materiallari va jihozlari:

1. 10 sinf, geografiya darsligi.

2. Mavzuga oid chizmalar

3. Doska, bo‘r, daftar.

4. Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.


I. Tashkiliy qism:
1. Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.

2. Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash

II. Darsning mazmuni:
1. Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.

2. Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.

3. O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.


Download 1,62 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Download 1,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha

Download 1,62 Mb.