Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha




Download 1,62 Mb.
bet20/35
Sana22.03.2021
Hajmi1,62 Mb.
#13390
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
O'qituvchining 10-sinfdagi geografiya fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Aholi migratsiyasiga iqtisodiy, oilaviy, etnik, diniy, siyosiy, ekologik (tabiiy) kabi omillar sabab bo‘ladi. Migratsiyalar, asosan, iqtisodiy sabablar, ya’ni muayyan yashash sharoiti va ish o‘rinlarini qidirish bilan bog‘liq. Oilaviy migratsiyalar turli joylarda yashayotgan oila a’zolarining o‘zaro birlashuvi borasida amalga oshadi. Etnik va diniy migratsiyalar deganda, ma’lum millat yoki din vakillarining boshqa davlat yoki hududga ko‘chishi tushuniladi. Siyosiy migratsiyalar urush yoki siyosiy inqiloblar natijasida ro‘y beradi. Ekologik migrantlar tabiiy muhitning buzilishi tufayli yashash hududini tark etadilar. Bundan tashqari, aholi migratsiyalari ixtiyoriy va majburiy, tashkillashtirilgan va tashkillashtirilmagan kabi turlarga ham bo‘linadi.

Hozirgi vaqtda eng katta migratsiya to‘lqini rivojlanayotgan mamlakatlardan rivojlangan mamlakatlarga tomon yo‘nalgan (8-rasm). Bunda eng ko‘p xorijiy migrantlarni AQSH qabul qiladi. Oxirgi yillarda bu davlatdagi immigrantlar soni 45 mln kishidan oshgani qayd etilgan.



G‘arbiy Yevropa davlatlari orasida esa eng ko‘p immigrantlar Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiyaga kelgan. Bu davlatlarning har birida 7–10 mln immigrant yashamoqda. G‘arbiy Yevropaga immigrantlar ning asosiy qismi Janubi-g‘arbiy va Janubiy Osiyo, Shimoliy Afrika hamda Sharqiy Yevropa davlatlaridan bormoqdalar. Boshqa rivojlangan davlatlardan Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya, Isroil va JAR ko‘plab xorijiy migrantlarni qabul qilmoqda. Shunday ekan, barcha rivojlangan davlatlarda migratsiya saldosi (balansi) musbat hisoblanadi. Aksariyat qismi manf y migratsiya balansiga ega bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida ham yirik migratsion oqimlar vujudga kelgan.


IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1. Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.

2. Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.


V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.

“Tasdiqlayman”



___________________
Sana “____”________________201___-yil.
Mavzu: DUNYONING GEOSIYOSIY TIZIMI VA UNING SHAKLLANISHI
Maqsad :

Ta’limiy maqsad:

o’quvchilarga geosiyosat haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad:

o’quvchilarga geosiyosatning shakillari haqida tushunchalar hosil qilish.

Rivojlantiruvchi maqsad:

O’quvchilarni ongida geografik tasavvurlarini shakllantirish, mustaqil ishlash va u orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o‘rgatish. nutqni o‘stirish, fanga qiziqishni orttirish;
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetentsiyasi: geografiya fanining o’rganish ob’ekti va predmeti, murakkab tuzilishga ega bo’lgan fanlar tizimi ekanligi, zamonaviy tadqiqot usullari mohiyatini tushunadi va tushuntira oladi. Yer yuzi tabiatiga fazoviy (tashqi) va sayyoraviy (ichki) omillarning ta’sirini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik qobiqning asosiy qonuniyatlarini anglaydi va misollar bilan izohlay oladi. Geotizimning mohiyati, ularning turli taksonomik birliklarga mansub bo’lishi va zonallik qonuniyatiga bo’ysunishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik muhit va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosaatlarining tarixiyligini tushunadi va tushuntira oladi. Zamonaviy demografik jarayonlar va ularning mohiyatini tahlil qila oladi. Urbanizatsiya jarayonining muammoli qirralarini tushunadi. Jahon iqtisodiyotining markazlari, o‘sish qutblarini ajratadi, ularning o‘zgarib borishini anglaydi. Dunyoning geosiyosiy tizimi, uning tarixiyligi va hozirgi zamon muammolarini tushunadi. Insoniyatning global muammolari haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Yevropa subregionlarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning tarixiy-geografik ildizlarini izohlay oladi. AQSh ma’muriy-hududiy tuzilishi va itimoiy-iqtisodiy rayonlashtirilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Lotin Amerika subregionlarini ajrata oladi.

Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetentsiyasi: qit’alar, yirik mintaqalar, subregionlar, xalqaro tashkilotlarning nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.

Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetentsiyasi: geografik tadqiqotlar usullari ichida kartografik usul alohida ahamiyat kasb etishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik xaritalar yordamida dunyoning mintaqalarining tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga tavsif bera oladi va qiyosiy tahlil qila oladi.
Darsning blok sxemasi:




Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

Darsning maqsadi:


- o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan geografiya darsligi bilan tanishtirish;

- darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;

- darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;

- o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.



Dars materiallari va jihozlari:

1. 10 sinf, geografiya darsligi.

2. Mavzuga oid chizmalar

3. Doska, bo‘r, daftar.

4. Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.

I. Tashkiliy qism:
1. Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.

2. Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
1. Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.

2. Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.

3. O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.


Download 1,62 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Download 1,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha

Download 1,62 Mb.