Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha




Download 1,62 Mb.
bet22/35
Sana22.03.2021
Hajmi1,62 Mb.
#13390
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
O'qituvchining 10-sinfdagi geografiya fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Ma’lumki, Yevropa jahon mintaqalari orasida eng ko‘p turli siyosiy jarayonlar va o‘zgarishlarni boshidan kechirgan mintaqa hisoblanadi. Potsdam shartnomasi urushdan keyingi davrlarda G‘arbiy Yevropaning AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya davlatlari yordamida siyosiy jihatdan yuksalishi, kapitalistik munosabatlarga asoslangan iqtisodning rivojlanishiga sababchi bo‘ldi. Sharqiy Yevropa davlatlarining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi esa Sobiq Ittifoq davlati ta’sirida amalga oshgan va bu yerda sotsialistik tuzum asosiy mafkuraga aylangan.

Urush talofatlari bartaraf etilgach, ushbu subregionning asosiy davlatlari hamkorlikda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishish, sharqiy davlatlarda yuzaga kelgan sotsialistik tuzumning g‘arbiy hududlarga yoyilishining oldini olish maqsadida keyinchalik jahondagi eng kuchli integratsion uyushmalardan biri deb tan olingan Yevropa Ittifoqi shakllantirildi.

Sharqiy Yevropa hududida sotsialistik tuzum yemirilgach, undagi davlatlarni o‘z geosiyosiy nazoratida ushlash maqsadida 2004–2013 yillar oralig‘ida subregionning 11 ta davlati Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiritildi. Yevropa davlatlari iqtisodiyotida 2008-yil yuz bergan moliyaviyiqtisodiy inqirozning salbiy oqibatlari hali ham sezilib turgan davrda Afrika va Yaqin Sharq davlatlarida yuz berayotgan turli siyosiy notinchliklar natijasida mintaqa hududiga katta miqdorda migrantlarning kirib kelishi bir qator siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy muammolarning yuzaga kelishiga sababchi bo‘lmoqda. Turli toifadagi migrantlar bilan birga Yevropaga turli g‘oyalar, turli madaniyat va urf-odatlar ham kirib kelmoqda.

Bu esa o‘z navbatida migrantlar va tub aholi o‘rtasida turli ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda. 1776-yil Angliyaning Amerikadagi 13 ta mustamlakasi o‘z siyosiy mustaqilligini e’lon qildi. Asosan, zamonaviy AQSH hududining shimoli-sharqiy va sharqiy qismlarini egallagan 13 ta shtat keyingi davrlarda o‘z hududlarini kengaytirish maqsadida bu yerdagi turli davlatlarga tegishli bo‘lgan bir qism yerlarni sotib olgan bo‘lsa (masalan: Fransiyadan Luizianani, Rossiyadan Alyaskani), janubiy va markaziy shtatlarning katta qismini esa urushlar natijasida Ispaniya, Meksika kabi davlatlardan tortib oldi. XIX asrning oxiridan boshlab, avval meridinal yo‘nalishda butun Amerika qit’asini, keyinchalik esa Yevropa, Osiyo, Afrika va Avstraliya hamda Okeaniya hududlari nazoratini sekin-astalik bilan qo‘lga kiritdi.

Jahonning qadimiy madaniy markazlaridan biri bo‘lgan Xitoyda 1910- yil monarxiya tuzumining ag‘darilishi Sharqiy Osiyo mintaqasida katta o‘zgarishlarning yuz berishiga sababchi bo‘ldi. 1949-yil ichki siyosiy kelishmovchiliklarni SSSR yordamida hal qilgan kommunistik partiya bu yerda sotsialistik tuzumni o‘rnatishga erishdi. Bugungi Xitoy geosiyosati davlatning izchil iqtisodiy rivojlanishi, sotsialistik rejali iqtisodiyotdan erkin bozor munosabatlariga o‘tishiga qaratilgan. Xitoyning 1976–1989-yillardagi rahbari Den Syaopin tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya asosida Xitoyda iqtisodiyot va jamiyatni erkinlashtirish borasidagi islohotlar bosqichmabosqich amalga oshirilmoqda. Qisqa fursatda iqtisodiyotda ijobiy natijalarga erishildi. Buni Xitoyning umumiy YMM ko‘rsatkichiga ko‘ra jahonda birinchi o‘rinni egallashida ham ko‘rish mumkin. 2016-yil ma’lumotlariga ko‘ra, jahon umumiy YMMning 17,8 % ga yaqini aynan ushbu davlat hissasiga to‘g‘ri keladi. Tabiiyki, iqtisodiy qudratini oshirib borayotgan Xitoy jahonda o‘zining geosiyosiy ta’sir doirasini ham kengaytirishga intilmoqda.

U birinchi navbatda, yaqin qo‘shnilari, katta tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy resurs imkoniyatiga ega davlatlar bilan aloqalarini mustahkamlab bormoqda.


IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1. Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.

2. Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.


V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.

“Tasdiqlayman”



___________________
Sana “____”________________201___-yil.
Mavzu: INSONIYATNING GLOBAL MUAMMOLARI
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetentsiyasi: geografiya fanining o’rganish ob’ekti va predmeti, murakkab tuzilishga ega bo’lgan fanlar tizimi ekanligi, zamonaviy tadqiqot usullari mohiyatini tushunadi va tushuntira oladi. Yer yuzi tabiatiga fazoviy (tashqi) va sayyoraviy (ichki) omillarning ta’sirini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik qobiqning asosiy qonuniyatlarini anglaydi va misollar bilan izohlay oladi. Geotizimning mohiyati, ularning turli taksonomik birliklarga mansub bo’lishi va zonallik qonuniyatiga bo’ysunishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik muhit va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosaatlarining tarixiyligini tushunadi va tushuntira oladi. Zamonaviy demografik jarayonlar va ularning mohiyatini tahlil qila oladi. Urbanizatsiya jarayonining muammoli qirralarini tushunadi. Jahon iqtisodiyotining markazlari, o‘sish qutblarini ajratadi, ularning o‘zgarib borishini anglaydi. Dunyoning geosiyosiy tizimi, uning tarixiyligi va hozirgi zamon muammolarini tushunadi. Insoniyatning global muammolari haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Yevropa subregionlarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning tarixiy-geografik ildizlarini izohlay oladi. AQSh ma’muriy-hududiy tuzilishi va itimoiy-iqtisodiy rayonlashtirilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Lotin Amerika subregionlarini ajrata oladi.

Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetentsiyasi: qit’alar, yirik mintaqalar, subregionlar, xalqaro tashkilotlarning nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.

Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetentsiyasi: geografik tadqiqotlar usullari ichida kartografik usul alohida ahamiyat kasb etishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik xaritalar yordamida dunyoning mintaqalarining tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga tavsif bera oladi va qiyosiy tahlil qila oladi.
Darsning blok sxemasi:




Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

Darsning maqsadi:


- o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan geografiya darsligi bilan tanishtirish;

- darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;

- darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;

- o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.


Dars materiallari va jihozlari:

1. 10 sinf, geografiya darsligi.

2. Mavzuga oid chizmalar

3. Doska, bo‘r, daftar.

4. Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.


I. Tashkiliy qism:
1. Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.

2. Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash

II. Darsning mazmuni:
1. Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.

2. Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.

3. O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.


Download 1,62 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Download 1,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha

Download 1,62 Mb.