III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
O'qituvchining 10-sinfdagi geografiya fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Yevropa – Yevrosiyo materigining g‘arbiy qismini egallagan qit’a. Yevropa hududining maydoni 10 mln km2 ga teng. Shundan 4,1 mln km2 Rossiyaning Yevropada joylashgan qismiga to‘g‘ri keladi. Yevropa siyosiy xaritasida 44 mustaqil davlat (Rossiya bilan birga) joylashgan. Bundan tashqari, Turkiya va Qozog‘iston davlatlari ham qisman Yevropada joylashgan, ammo xalqaro statistikasida ular Osiyo qit’asi tarkibiga kiritilgan.
Yevropa davlatlari odatda 4 ta yirik subregionlarga bo‘linadi: Shimoliy, G‘arbiy, Janubiy va Sharqiy Yevropa (11-rasm). Shimoliy Yevropa davlatlari. Bu subregion tarkibiga qit’aning Shimoliy Muz okeani hamda Atlantika okeanining Shimoliy va Boltiq dengiziga tutash 8 ta davlati kiradi. Bu davlatlar, odatda, 2 ta tarixiy-geografik guruhga bo‘linadi: Skandinaviya davlatlari – Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, Finlyandiya, Islandiya hamda Boltiq davlatlari – Estoniya, Latviya, Litva. Bu ikki guruh davlatlar o‘rtasida tarixan shakl langan mustahkam siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari mavjud. Daniya, Shvetsiya va Norvegiya konstitutsiyaviy monarxiya, qolgan davlatlar esa parlamentar respublika hisoblanadi.
G‘arbiy Yevropa davlatlarining barchasi rivojlangan davlatlar safiga mansub bo‘lib, jahon xo‘jaligining hududiy tarkibida juda muhim o‘ringa ega. Jahon iqtisodiyotida G‘arbiy Yevropa davlatlari ko‘p tarmoqli mashinasozlik va kimyo sanoati, intensiv chorvachilik va dehqonchilik, bank-moliya va turizm sohalarining xalqaro ahamiyatli darajada rivojlanganligi bilan alohida ajralib turadilar.
Janubiy Yevropa mamlakatlari. Janubiy Yevropa siyosiy xaritasida Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Gretsiya hamda Andorra, San-Marino, Malta va Vatikan “mitti” davlatlari joylashgan. Bu davlatlar iqtisodiy-geografik o‘rni va xo‘jalik rivojlanishi jihatidan uzoq tarixi davomida O‘rta dengiz bilan chambarchas bog‘liqligi sababli Yevropaning O‘rta dengizbo‘yi mamlakatlari deb ham ataladi.
Bu mintaqa Yevropa sivilizatsiyasi va madaniyatining chin beshigi hisoblanadi, chunki bu qit’adagi eng qadimgi davlatlar – Gretsiya bilan Rim aynan O‘rta dengiz qirg‘oqlarida rivoj topgan. Malta O‘rta dengizdagi orollarda joylashgan kichik davlat bo‘lsa, subregionning qolgan davlatlari geografik o‘rni nuqtayi nazaridan yarim orol mamlakatlari hisoblanadi.
Andorra, San-Marino, Vatikan davlatlari yarim orollarda joylashsada, dengizga chiqish imkoniyati yo‘q. San-Marino bilan Vatikan anklav davlatlar hisoblanadi, chunki ular faqat bitta davlat, ya’ni Italiya bilan chegaradosh bo‘lib, butunligicha uning hududi bilan o‘ralgan. Janubiy Yevropa mamlakatlaridan Ispaniya va Andorra boshqaruv shakli jihatidan konstitutsiyaviy monarxiya, Vatikan davlati Yevropada yagona mutlaq teokratik monarxiya (davlat rahbari – Rim-katolik cherkovi yetakchisi hisoblanmish Rim Papasi), qolganlari esa respublikadir. Janubiy Yevropa davlatlari O‘rta dengiz geosinklinal mintaqasida joylashganligi tufayli seysmik jihatdan faol hudud hisoblanadi.
Qadimdan olamga mashhur Etna, Vezuviy, Stromboli vulqonlari ham Yevropaning shu qismida joylashgan. Foydali qazilmalardan rangli metall rudalari va mineral tuzlar zaxiralari mavjud. O‘rta dengiz tipidagi subtropik iqlim (yozi issiq, birmuncha quruq, qishi esa iliq va yomg‘irli) qishloq xo‘jaligi va turizm uchun juda qulay sharoit yaratad
IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1. Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
2. Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.
“Tasdiqlayman”
___________________
Sana “____”________________201___-yil.
Mavzu: LOTIN AMERIKASI
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetentsiyasi: geografiya fanining o’rganish ob’ekti va predmeti, murakkab tuzilishga ega bo’lgan fanlar tizimi ekanligi, zamonaviy tadqiqot usullari mohiyatini tushunadi va tushuntira oladi. Yer yuzi tabiatiga fazoviy (tashqi) va sayyoraviy (ichki) omillarning ta’sirini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik qobiqning asosiy qonuniyatlarini anglaydi va misollar bilan izohlay oladi. Geotizimning mohiyati, ularning turli taksonomik birliklarga mansub bo’lishi va zonallik qonuniyatiga bo’ysunishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik muhit va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosaatlarining tarixiyligini tushunadi va tushuntira oladi. Zamonaviy demografik jarayonlar va ularning mohiyatini tahlil qila oladi. Urbanizatsiya jarayonining muammoli qirralarini tushunadi. Jahon iqtisodiyotining markazlari, o‘sish qutblarini ajratadi, ularning o‘zgarib borishini anglaydi. Dunyoning geosiyosiy tizimi, uning tarixiyligi va hozirgi zamon muammolarini tushunadi. Insoniyatning global muammolari haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Yevropa subregionlarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning tarixiy-geografik ildizlarini izohlay oladi. AQSh ma’muriy-hududiy tuzilishi va itimoiy-iqtisodiy rayonlashtirilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Lotin Amerika subregionlarini ajrata oladi.
Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetentsiyasi: qit’alar, yirik mintaqalar, subregionlar, xalqaro tashkilotlarning nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetentsiyasi: geografik tadqiqotlar usullari ichida kartografik usul alohida ahamiyat kasb etishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik xaritalar yordamida dunyoning mintaqalarining tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga tavsif bera oladi va qiyosiy tahlil qila oladi.
Darsning blok sxemasi:
№
|
Darsning qismlari
|
Belgilangan vaqt.
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Darsning maqsadi:
- o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan geografiya darsligi bilan tanishtirish;
- darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;
- darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;
- o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari:
1. 10 sinf, geografiya darsligi.
2. Mavzuga oid chizmalar
3. Doska, bo‘r, daftar.
4. Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:
1. Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
2. Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
1. Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
2. Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
3. O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.
|