Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha




Download 1,62 Mb.
bet25/35
Sana22.03.2021
Hajmi1,62 Mb.
#13390
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
O'qituvchining 10-sinfdagi geografiya fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Dunyoning yirik siyosiy-geografik mintaqalaridan biri – Lotin Amerikasi – Yerning G‘arbiy yarimsharida joylashgan bo‘lib, Amerika qit’asidagi AQSH, Kanada davlatlari va Grenlandiya orolidan tashqari barcha mamlakatlarni o‘z ichiga oladi. Aholisining aksariyat qismi qadimgi lotin tili negizida vujudga kelgan ispan va portugal tillarida so‘zlashayotganligi bois bu mintaqa Lotin Amerikasi deb ataladi. Lotin Amerikasining siyosiy xaritasida hozirgi kunda 33 ta mustaqil davlat hamda qator mustamlakalar mavjud. Uning hududida bir necha kichikroq mintaqalar ham ajratiladi. Jumladan, Shimoliy Amerika materigining AQSHdan janubdagi qismi va Karib dengizidagi orol larda joylashgan davlatlar O‘rta Amerika (Mezoamerika) mintaqasini tashkil etadi.

Bu regiondagi davlatlar orasida hududi, aholisi va iqtisodiy salohiyati bilan Meksika alohida ajralib turadi. O‘rta Amerika ning Meksikadan boshqa davlatlari Karib dengizi akvatoriyasi, uning tabiiy resurslari va transport yo‘llari bilan tarixan chambarchas bog‘liqligi sababli, Karib havzasi davlatlari deb ham yuritiladi. Materikda, Meksikadan janubi-sharqqa tomon joylashgan 7 ta davlat (Beliz, Gvatemala, Salvador, Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika, Panama) Markaziy Amerika deb nomlanadi. Karib dengizidagi 13 ta orol mamlakatlar, o‘z navbatida, Vest-Indiya umumiy nomi ostida birlashtiriladi.

Lotin Amerikasi davlatlarida, 2017-yil holatiga, jami 650 millionga yaqin aholi yashaydi, va bu Yer shari aholisining 8,5 foizini tashkil qilmoqda. O‘tgan asrda Lotin Amerikasida aholining tabiiy ko‘pa yishi “demografik portlash” bosqichini kechirib, mintaqa aholisi va u ning jahon aholisi tarkibidagi ulushi yuqori sur’atlar bilan o‘sib kelgan. Hozirgi davrga kelib esa, Lotin Amerikasi mamlakatlari tug‘ilish darajasi asta-sekin pasayishi bilan tavsifl anadigan demografik o‘tishning 3-bosqichini kechirmoqda. Kuba, Urugvay va Argentina esa demografik o‘tish jarayonini yakunlab, aholi tabiiy ko‘payishining past darajasi bilan ajralib turibdi. Aholi soni jihatidan mintaqada Braziliya (206 mln, 2016-y. , jahon bo‘yicha 5-o‘rin) va Meksika (121 mln, 2015-y. , jahon bo‘yicha 11-o‘rin) yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, Kolumbiya, Argentina, Venesuela va Peru kabi mamlakatlarning aholisi soni 20–50 mln kishi oralig‘ida.

Shu vaqtning o‘zida, Vest-Indiyadagi ayrim “mitti” orol davlatlarida aholi soni 0,5 mln kishiga ham yetmaydi. Lotin Amerikasi aksariyat davlatlari yuqori urbanizatsiyalashgan mamlakatlar guruhiga mansub. Xususan, shaharlashuv ko‘rsatkichi Argentina, Venesuela va Urugvayda 90 foizdan, Braziliya va Chilida 80 foizdan oshadi. Lotin Amerikasining Mexiko, San-Paulu, Riode-Janeyro, Lima, Buenos-Ayres, Santa-fe-de-Bogota singari eng yirik shaharlari negizida jahon miqyosida eng yiriklari qatorida joy olgan shahar aglomeratsiyalari vujudga keldi. Lekin bu “gigant” shaharlarda millionlab odamlar qishloq joylardan kelib, juda katta maydonlarni egallagan xarob massivlarda turmush kechirmoqda. Masalan, Braziliyaning Rio-de-Janeyro va San-Paulu shaharlaridagi Favela deb ataladigan bunday kvartallar odatda “soxta” urbanizatsiyaning tipik misollari tariqasida keltiriladi. Bunday, shartli ravishdagi shahar joylarida ijtimoiy va ekologik muhit muammoli bo‘lishi tabiiy hol.

Lotin Amerikasi aholisining hozirgi irqiy tarkibi xilma-xil bo‘lib, asosan, Yevropa mustamlakachiligi davrida shakllangan Kofe eksporti bo‘yicha jahonda Braziliya yetakchilik qiladi. Braziliya yassitog‘ligining janubi-sharqiy yonbag‘irlarida kofe plantatsiyalari katta maydon egallaydi (16-rasm). Meksika qo‘ltig‘i va Karib dengiziga ro‘para bo‘lib turgan Meksika, Markaziy Amerika davlatlari va Kolumbiyaning tog‘ oldi (500–1500 m) hududlarida ham kofe yetishtirishga ixtisoslashgan yirik qishloq xo‘jalik rayonlari shakllangan. Bu yerda yetishtiriladigan “arabika” navli kofe jahon bo‘yicha eng sifatli va qimmatbaho hisoblanadi.

Banan Lotin Amerikasiga Osiyodan olib kelinib, o‘tgan asrning boshida Markaziy Amerika davlatlarida eng asosiy qishloq xo‘jalik e kiniga aylandi. Hozirgi kunda Braziliya, Ekvador, Kosta-Rika, Meksika, Kolumbiya eng ko‘p banan yetishtiradi, bananlarni eksport qilishda esa Ekvador va Kosta-Rika peshqadamlik qiladilar. Banan plantatsiyalari ko‘proq Tinch okeani qirg‘oqlarida joylashgan. Soya yetishtirish va eksport qilish bo‘yicha Lotin Amerikasi davlatlari ichida Braziliya, Paragvay va Argentina, kakao Braziliya, Ekvador va Dominikana Respublikasida, paxta esa Braziliya, Paragvay, Meksika va Argentina tomonidan ko‘p eksport qilinadi. Lotin Amerikasining yana bir yirik qishloq xo‘jalik rayoni – Argentinadagi Pampa deb ataladigan dasht yerlaridir. Argentina Pampasi uchun tekis relyef, issiq va nam subtropik iqlim, serhosil qora tuproq xosligi bois, bu hudud donchilik va go‘sht chorvachiligi uchun juda qulay sharoitga ega. Shu rayondagi fermer xo‘jaliklarining hisobiga Argentina bug‘doy, makkajo‘xori va go‘shtning jahon bo‘yicha yetakchi eks-portyorlaridan biriga aylangan.

Xalqaro dengiz transport tizimida alohida o‘rin tutadigan Panama kanali ikkita materik, ya’ni Shimoliy va Janubiy Amerikada joylashgan Panama davlati hududidan o‘tadi. Bu kanal Atlantika okeani havzasiga tegishli Karib dengizi bilan Tinch okeanini tutashtiradigan, eng serqatnov dengiz yo‘llardan biri hisoblanadi. Panama davlati, o‘z navbatida, dengiz kompaniyalari uchun past stavkadagi soliqlarni joriy qilib, jahon bo‘yicha eng katta dengiz fl otiga ega mamlakatga aylandi. Bunga, asosan, xorijiy transport kompaniyalarning rasman Panamada ro‘yxatdan o‘tganligi hisobiga erishilgan.


IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1. Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.

2. Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.


V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.

“Tasdiqlayman”



___________________
Sana “____”________________201___-yil.
Mavzu: KARIB HAVZASI OROL MAMLAKATLARI
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetentsiyasi: geografiya fanining o’rganish ob’ekti va predmeti, murakkab tuzilishga ega bo’lgan fanlar tizimi ekanligi, zamonaviy tadqiqot usullari mohiyatini tushunadi va tushuntira oladi. Yer yuzi tabiatiga fazoviy (tashqi) va sayyoraviy (ichki) omillarning ta’sirini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik qobiqning asosiy qonuniyatlarini anglaydi va misollar bilan izohlay oladi. Geotizimning mohiyati, ularning turli taksonomik birliklarga mansub bo’lishi va zonallik qonuniyatiga bo’ysunishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik muhit va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosaatlarining tarixiyligini tushunadi va tushuntira oladi. Zamonaviy demografik jarayonlar va ularning mohiyatini tahlil qila oladi. Urbanizatsiya jarayonining muammoli qirralarini tushunadi. Jahon iqtisodiyotining markazlari, o‘sish qutblarini ajratadi, ularning o‘zgarib borishini anglaydi. Dunyoning geosiyosiy tizimi, uning tarixiyligi va hozirgi zamon muammolarini tushunadi. Insoniyatning global muammolari haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Yevropa subregionlarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning tarixiy-geografik ildizlarini izohlay oladi. AQSh ma’muriy-hududiy tuzilishi va itimoiy-iqtisodiy rayonlashtirilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Lotin Amerika subregionlarini ajrata oladi.

Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetentsiyasi: qit’alar, yirik mintaqalar, subregionlar, xalqaro tashkilotlarning nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.

Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetentsiyasi: geografik tadqiqotlar usullari ichida kartografik usul alohida ahamiyat kasb etishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik xaritalar yordamida dunyoning mintaqalarining tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga tavsif bera oladi va qiyosiy tahlil qila oladi.
Darsning blok sxemasi:




Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

Darsning maqsadi:


- o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan geografiya darsligi bilan tanishtirish;

- darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;

- darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;

- o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.


Dars materiallari va jihozlari:

1. 10 sinf, geografiya darsligi.

2. Mavzuga oid chizmalar

3. Doska, bo‘r, daftar.

4. Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.


I. Tashkiliy qism:
1. Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.

2. Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash

II. Darsning mazmuni:
1. Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.

2. Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.

3. O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.


Download 1,62 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Download 1,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha

Download 1,62 Mb.