Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha




Download 1,62 Mb.
bet26/35
Sana22.03.2021
Hajmi1,62 Mb.
#13390
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
O'qituvchining 10-sinfdagi geografiya fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Vest-Indiya uchta yirik arxipelagdan iborat: Karib dengizining shimoliy chegarasi bo‘ylab cho‘zilgan Katta Antil orollari (eng yiriklari - Kuba, Gaiti, Yamayka, Puerto-Riko), Karib dengizining sharqiy va janubi-sharqiy chekkasidagi Kichik Antil orollari hamda Katta Antil orol laridan shimolda joylashgan Bagama orollari. Vest-Indiyaning umumiy maydoni 245 ming km2 atroȆ da bo‘lib, shundan 216 ming km2ni Katta Antil orollari egallaydi.

Kichik Antil va Bagama orollarining maydonlari esa deyarli bir xil bo‘lib, har ikkala arxipelagga 14 ming km2dan ziyodroq hudud to‘g‘ri keladi. Vest-Indiya orollarida jami 13 ta mustaqil davlat joylashgan. Katta Antil orollarida Kuba, Gaiti, Dominikana Respublikasi va Yamayka davlatlari, Kichik Antil orollarida Antigua va Barbuda, Barbados, Grenada, Dominika, Sent-Vinsent va Grenadinalar, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, Trinidad va Tobago “mitti” davlatlari, Bagama orollarida esa shu nomdagi davlat joylashgan.

Bundan tashqari, Vest-Indiyaning siyosiy xaritasida jami bo‘lib 15 taga yaqin, Buyuk Britaniya, Fransiya, Niderlandiya va AQSHning mustamlaka, dengizorti hududlari hamda o‘zini-o‘zi boshqaradigan hududlari ham mavjud. Hududining kattaligi va aholisi soni bo‘yicha subregion davlatlari ichida birinchi o‘rinda Kuba Respublikasi turadi. Mustaqil bo‘lmagan mamlakatlardan maydoni va aholisi jihatidan eng yirigi – AQSHga tegishli o‘zini-o‘zi boshqaradigan hudud hisoblangan Puerto-Rikodir. Boshqaruv shakli jihatidan 10 ta davlat respublika, 3 tasi esa Britaniya Hamdo‘stligi qirolliklari (rasmiy davlat rahbari Buyuk Britaniya qirolichasi hisoblanadigan mustaqil konstitutsiyaviy monarxiyalar) hisoblanadi.

Kuba – zamonaviy dunyo siyosiy xaritasidagi sotsialistik respublika tuzumidagi sanoqli davlatlardan biri. Vest-Indiya orollari Karib va Shimoliy Amerika litosfera plitalari to‘qnashgan chegarada joylashganligi bois, u yerda vaqti-vaqti bilan kuchli zilzilalar sodir bo‘lib turadi. Kichik Antil orollarida harakatdagi vulqonlarni ko‘p. Bunday tektonik tuzilishi tufayli Vest-Indiya orollarining yer yuzasi tog‘lardan iborat. Tekisliklar faqat Kubada katta maydon egallaydi.

Vest-Indiya aholisining umumiy soni 43 mln kishiga teng (2016-yil holatiga). Kuba (11,2 mln), Gaiti (11,1 mln) va Dominikana Respublikasi (10,6 mln). Mintaqa aholisi soni bo‘yicha yetakchilik qiladi. Shuningdek, Puerto-Riko, Yamayka hamda Trinidad va Tobago davlatlarida aholi soni 1 million kishidan ko‘p. Boshqa mamlakatlarning har birida aholi soni 500 mingga ham yetmaydi. Vest-Indiya mamlakatlarining aksariyatida tug‘ilish va aholi tabiiy ko‘payishi ko‘rsatkichlari o‘rtacha va past darajada. Gaiti va Dominikana Respublikasida tug‘ilish va tabiiy ko‘payish subregion bo‘yicha eng yuqori bo‘lib, aholi soni bu davlatlarda tez sur’atlar bilan o‘sib bor-moqda. Ko‘p davlatlarda aholi soni o‘sishiga emigratsiyaning yuqoriligi salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu, ayniqsa, aholisi AQSHga ommaviy tarzda ko‘chayotgan Puerto-Riko uchun xos holat. Urbanizatsiya darajasi ko‘p davlatlarda yuqori (subregion bo‘yicha jami o‘rtacha 70 foiz), ammo ayrim “mitti” davlatlarda shahar aholisi salmog‘i ancha past, masalan, Sent-Lyusiya, Trinidad va Tobago davlatlarida 20 foizga ham yetmaydi.

Vest-Indiyadagi eng yirik shaharlar – Kuba poytaxti Gavana, Dominikana Respublikasi poytaxti Santo-Domingo, Gaiti poytaxti Port-o-Prens va Yamayka poytaxti Kingston hi soblanadi. Kuba va Puerto-Rikoda aholisining irqiy tarkibida yevropaliklarning avlodlari (kreollar), Dominikana Respublikasida mulatlar, boshqa davlatlarda esa qora tanlilar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Kuba va Dominikana Respublikasida davlat tili ispan, Gaiti Respublikasida fransuz, qolgan davlatlarida esa ingliz tilidir.



IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:


1. Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.

2. Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.


V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.

“Tasdiqlayman”



___________________
Sana “____”________________201___-yil.
Mavzu: AFRIKA SUBREGIONLARI
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetentsiyasi: geografiya fanining o’rganish ob’ekti va predmeti, murakkab tuzilishga ega bo’lgan fanlar tizimi ekanligi, zamonaviy tadqiqot usullari mohiyatini tushunadi va tushuntira oladi. Yer yuzi tabiatiga fazoviy (tashqi) va sayyoraviy (ichki) omillarning ta’sirini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik qobiqning asosiy qonuniyatlarini anglaydi va misollar bilan izohlay oladi. Geotizimning mohiyati, ularning turli taksonomik birliklarga mansub bo’lishi va zonallik qonuniyatiga bo’ysunishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik muhit va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosaatlarining tarixiyligini tushunadi va tushuntira oladi. Zamonaviy demografik jarayonlar va ularning mohiyatini tahlil qila oladi. Urbanizatsiya jarayonining muammoli qirralarini tushunadi. Jahon iqtisodiyotining markazlari, o‘sish qutblarini ajratadi, ularning o‘zgarib borishini anglaydi. Dunyoning geosiyosiy tizimi, uning tarixiyligi va hozirgi zamon muammolarini tushunadi. Insoniyatning global muammolari haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Yevropa subregionlarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning tarixiy-geografik ildizlarini izohlay oladi. AQSh ma’muriy-hududiy tuzilishi va itimoiy-iqtisodiy rayonlashtirilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Lotin Amerika subregionlarini ajrata oladi.

Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetentsiyasi: qit’alar, yirik mintaqalar, subregionlar, xalqaro tashkilotlarning nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.

Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetentsiyasi: geografik tadqiqotlar usullari ichida kartografik usul alohida ahamiyat kasb etishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik xaritalar yordamida dunyoning mintaqalarining tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga tavsif bera oladi va qiyosiy tahlil qila oladi.
Darsning blok sxemasi:




Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

Darsning maqsadi:


- o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan geografiya darsligi bilan tanishtirish;

- darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;

- darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;

- o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.


Dars materiallari va jihozlari:

1. 10 sinf, geografiya darsligi.

2. Mavzuga oid chizmalar

3. Doska, bo‘r, daftar.

4. Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.


I. Tashkiliy qism:
1. Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.

2. Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash

II. Darsning mazmuni:
1. Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.

2. Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.

3. O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.


Download 1,62 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Download 1,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha

Download 1,62 Mb.