III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
O'qituvchining 10-sinfdagi geografiya fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Osiyo jahondagi eng yirik qit’a hisoblanib, uning maydoni 43,4 mln km2 (jahon quruqlik yuzasining 29,2 %)ni, aholisi soni esa 4,4 mlrd kishiga yaqin (jahon aholisining 59,5% ni tashkil etadi). Zamonaviy Osiyo siyosiy xaritasida 47 ta mustaqil davlat mavjud. Bu davlatlarning 13 tasi monarxiya boshqaruv shakliga, 7 tasi federativ ma’muriyhudu diy tuzilishga ega. Qit’a hududi 5 ta subregionga – Janubi-g‘arbiy, Janubiy, Sharqiy, Janubi-sharqiy va Markaziy Osiyoga ajratiladi (22rasm). Mazkur subregionlarni madaniy-tarixiy mintaqalar sifatida ham ko‘rish mumkin. Ularni ajratishda tarixiy, etnik, diniy omillar bilan bir qatorda, tabiiy belgilarga ham e’tibor qaratilgan.
Janubiy Osiyo davlatlari. Janubiy Osiyo subregionining umumiy maydoni 4,5 mln kmІ ni tashkil etadi. Mintaqada 2 mlrdga yaqin aholi istiqomat qiladi. Mazkur subregion tarkibiga Hindiston yarimoroli, HindGang tekisligi, Shri-Lanka, Maldiv, Andaman, Nikobar hamda Lakkadiv orollari kiradi. Uning hududida 7 ta davlat joylashgan. Mintaqa davlatlari orasida bitta monarxiya davlat tuzumiga ega bo‘lgan Butan Qirolligi bilan 6 ta respublika mavjud. Ma’muriy-hududiy tuzilishiga ko‘ra esa Hindiston va Pokiston federativ, qolganlari unitar davlatlar hisoblanadi.
Janubiy Osiyoning dunyo miqyosida tutgan o‘rni quyidagicha: bu subregion Yer shari quruqlik maydoning 3,1 % ni egallaydi; dunyo aholisining 25,4 % ushbu mintaqa aholisidan tarkib topadi; dunyo bo‘yicha YMM ning 9 % dan ortig‘i shu subregion hissasiga to‘g‘ri keladi. Dunyo okeaniga bevosita chiqish imkoniyatining mavjudligi, Hind okeani havzasi qirg‘oqbo‘yi hududlarining markazida joylashganligi, uning hududida qadimiy tarixiy mar kazlarning mavjudligi, mintaqa geografik o‘rnining o‘ziga xos jihatlari hisoblanadi. Janubiy Osiyoni shimolda Himolay tog‘ tizmasi va Qoraqurum o‘rab turadi. Shimoli-sharqda u o‘rmonlar bilan qoplangan Assam-Birma tog‘lari, shimoli-g‘arbda esa Hindukush va Eron tog‘liklari orqali chegaralanadi. Mintaqa shimoldan janubga qarab dunyodagi eng baland tog‘ Himolaydan ekvatorda joylashgan Maldiv orollariga tomon pasayib boradi (23-rasm).
IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1. Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
2. Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.
“Tasdiqlayman”
___________________
Sana “____”________________201___-yil.
Mavzu: SHARQIY VA JANUBI – SHARQIY OSIYO DAVLATLARI
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetentsiyasi: geografiya fanining o’rganish ob’ekti va predmeti, murakkab tuzilishga ega bo’lgan fanlar tizimi ekanligi, zamonaviy tadqiqot usullari mohiyatini tushunadi va tushuntira oladi. Yer yuzi tabiatiga fazoviy (tashqi) va sayyoraviy (ichki) omillarning ta’sirini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik qobiqning asosiy qonuniyatlarini anglaydi va misollar bilan izohlay oladi. Geotizimning mohiyati, ularning turli taksonomik birliklarga mansub bo’lishi va zonallik qonuniyatiga bo’ysunishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik muhit va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosaatlarining tarixiyligini tushunadi va tushuntira oladi. Zamonaviy demografik jarayonlar va ularning mohiyatini tahlil qila oladi. Urbanizatsiya jarayonining muammoli qirralarini tushunadi. Jahon iqtisodiyotining markazlari, o‘sish qutblarini ajratadi, ularning o‘zgarib borishini anglaydi. Dunyoning geosiyosiy tizimi, uning tarixiyligi va hozirgi zamon muammolarini tushunadi. Insoniyatning global muammolari haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Yevropa subregionlarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning tarixiy-geografik ildizlarini izohlay oladi. AQSh ma’muriy-hududiy tuzilishi va itimoiy-iqtisodiy rayonlashtirilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Lotin Amerika subregionlarini ajrata oladi.
Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetentsiyasi: qit’alar, yirik mintaqalar, subregionlar, xalqaro tashkilotlarning nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetentsiyasi: geografik tadqiqotlar usullari ichida kartografik usul alohida ahamiyat kasb etishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik xaritalar yordamida dunyoning mintaqalarining tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga tavsif bera oladi va qiyosiy tahlil qila oladi.
Darsning blok sxemasi:
№
|
Darsning qismlari
|
Belgilangan vaqt.
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Darsning maqsadi:
- o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan geografiya darsligi bilan tanishtirish;
- darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;
- darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;
- o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari:
1. 10 sinf, geografiya darsligi.
2. Mavzuga oid chizmalar
3. Doska, bo‘r, daftar.
4. Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:
1. Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
2. Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
1. Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
2. Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
3. O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.
|