III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
O'qituvchining 10-sinfdagi geografiya fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Markaziy Osiyo siyosiy-geografik subregioni Yevrosiyo materigining ichkarisida joylashgan. 1991-yildan buyon mustaqil davlatlar sifatida rivojlanayotgan 5 ta sobiq ittifoqdosh respublika - Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonni birlashtiradi. Sanab o‘tilgan davlatlar iqtisodiy-geografik o‘rnining umumiy jihati shundan iboratki, birortasida ham Dunyo okeaniga bevosita chiqish imkoniyati yo‘q, ya’ni beshtasining barchasi ichki kontinental mamlakatlar hisoblanadi. Jumladan, Qozog‘iston Respublikasi dunyodagi jami 44 ta bunday geografik joylashuvga ega davlatlardan maydoni bo‘yicha eng yirigi hisoblanadi. Subregionning o‘rta qismida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi geografik o‘rnining o‘ziga xosligi esa, nafaqat o‘zi, balki biror bir qo‘shni mamlakati ham dengizga tutash emasligidir. Bunday geografik xususiyat jahon mamlakatlari ichida, respublikamizdan tashqari, faqatgina G‘arbiy Yevropadagi “mitti” davlatlaridan biri – Lixtenshteyn knyazligiga xos, hududi kattaroq davlatlardan esa hech qaysi birida geografik joylashuvining bunday jihati mavjud emas.
Qozog‘iston bilan Turkmaniston Respublikalari Kaspiy dengiziga tutash bo‘lib, bu holat ikkala davlatning iqtisodiy-geografik o‘rni, transport-geografik imkoniyatlari va tabiiy-resurs salohiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan farqli o‘laroq, transport-geografik sharoiti ancha murakkab bo‘lgan Tyanshan va Pomir baland tog‘lari hududida joylashgan Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalarining iqtisodiy-geografik o‘rni, subregiondagi boshqa davlatlarning joylashuviga nisbatan birmuncha noqulay hisoblanadi.
Markaziy Osiyo subregioni iqtisodiy-geografik o‘rnining ijobiy tarafiuning tranzitligi, ya’ni Yevropa va Osiyo turli qismlarining quruqlik transporti tizimlarini bog‘lay olish imkoniyatlarida o‘z aksini topadi. Bu holat tarixda Buyuk Ipak yo‘li hozirgi Markaziy Osiyo davlatlari hududidan o‘tganligida namoyon bo‘lgan. Hozirgi davrda ham subregion mamlakatlarining iqtisodiy-geografik imkoniyatlari shu jihatdan yuqori baholanishi asosli. Markaziy Osiyoning geosiyosiy o‘rni o‘ziga xos bo‘lib, Yevrosiyodagi asosiy geosiyosiy kuch markazlari – Xitoy, Rossiya, Eronga tutashligi va ushbu bevosita qo‘shnilaridan tashqari, AQSH, Yevropa Ittifoqi, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Hindiston, Pokis ton kabi geosiyosiy “o‘yinchi”larning tashqi manfaatlari kesishgan hududda joylashganligi bilan tavsifl anadi. Shuningdek, harbiy mojarolar tugamayotgan Afg‘oniston bilan chegaradoshligi hamda boshqa real va ehtimoliy harbiy-siyosiy ziddiyat zonalariga yaqin joylashganligi, Markaziy Osiyo geosiyosiy o‘rnining salbiy tomonlarini belgilaydi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy maydoni 4 mln km2 ga, jami aholisi esa 2017-yil 1-yanvar holatiga 70,5 mln kishiga teng. Subregion davlatlari hududi kattaligi va aholisi soni jihatidan bir-biridan ancha farq qiladi (26-rasm). Markaziy Osiyo davlatlarining hududiy va demografik salohiyati orasidagi tafovutlariga tabiiy sharoit va resurslarining xususiyatlari katta ta’sir ko‘rsatadi. Markaziy Osiyo davlatlari Yevrosiyo va Hind-Avstraliya litosfera plitalarining chegarasi bo‘ylab o‘tgan Alp-Himolay burmali mintaqaga yaqin joylashgan. Shu bois, mintaqaning janubi-sharqiy va markaziy qismlari seysmik jihatdan xavfli hisoblanadi.
Subregion davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatining umumiy xususiyatlari, ularning yaqin o‘tmishgacha yagona siyosiy va iqtisodiy makonda rivojlanganligidan kelib chiqib, iqtisodiyoti asosan mineral hom ashyo va yer-suv resurslariga tayanganligi, sanoatni rivojlantirish, uning yangi kor xona, tarmoq va hududiy markazlarini tashkil etishga intilish, qishloq xo‘jalik ixtisoslashuvi o‘xshashligi, tashqi iqtisodiy aloqalarning umumiy yo‘nalishlarida, ya’ni Xitoy, Rossiya, Koreya Respublikasi, Turkiya, Yevropa davlatlari bilan amalga oshirilishida o‘z aksini topmoqda. Biroq, Markaziy Osiyo davlatlari har birining xo‘jaligining, albatta, o‘ziga xos jihatlari ham mavjud. Sanoat ishlab chiqarish Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekistonda iqtisodiy ahamiyati bo‘yicha qishloq xo‘jalik tarmoqlariga nisbatan birmuncha ustunlikka ega bo‘lganligi bois, bu uchta respublika industrial-agrar davlat hisoblanadi. Tojikiston bilan Qirg‘iziston esa iqtisodiyot agrar-industrial yo‘nalishda rivojlanmoqda.
Yoqilg‘i-energetika majmuasi Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekistonda eng yaxshi rivojlangan. Qozog‘iston neft zaxiralari, uni qazib olish va eksport hajmi bo‘yicha subregionda yetakchi bo‘lib, yiliga 100 mln tonnadan ortiq neft qazib oladi va katta qismini eksport qiladi. Turkmaniston uchun esa iqtisodiyot va milliy boylikning negizi gaz sanoati hisoblanadi. Bu mamlakat tabiiy gaz zaxiralari bo‘yicha jahonda 4-, MDH-da 2-, Markaziy Osiyoda esa 1-o‘rinda turadi. Dunyo bo‘yicha zaxiralarhajmi jihatidan ikkinchi hisoblanadigan Galqinish gaz koni ham Turkmanistonda joylashgan. Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmanistonda elektr energiyasi asosan IESlarda ishlab chiqariladi. Yoqilg‘i zaxiralariga boy bo‘lmagan Tojikiston va Qirg‘izistonda elektr energiyaning 90 foizdan ko‘prog‘i GESlarda ishlab chiqariladi. Qora metallurgiya Markaziy Osiyo davlatlari ichida Qozog‘istonda eng yaxshi rivojlangan
IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1. Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
2. Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.
“Tasdiqlayman”
___________________
Sana “____”________________201___-yil.
Mavzu: O‘ZBEKISTONNING GEOSIYOSIY O‘RNI VA MUNOSABATLARI
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetentsiyasi: geografiya fanining o’rganish ob’ekti va predmeti, murakkab tuzilishga ega bo’lgan fanlar tizimi ekanligi, zamonaviy tadqiqot usullari mohiyatini tushunadi va tushuntira oladi. Yer yuzi tabiatiga fazoviy (tashqi) va sayyoraviy (ichki) omillarning ta’sirini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik qobiqning asosiy qonuniyatlarini anglaydi va misollar bilan izohlay oladi. Geotizimning mohiyati, ularning turli taksonomik birliklarga mansub bo’lishi va zonallik qonuniyatiga bo’ysunishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik muhit va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosaatlarining tarixiyligini tushunadi va tushuntira oladi. Zamonaviy demografik jarayonlar va ularning mohiyatini tahlil qila oladi. Urbanizatsiya jarayonining muammoli qirralarini tushunadi. Jahon iqtisodiyotining markazlari, o‘sish qutblarini ajratadi, ularning o‘zgarib borishini anglaydi. Dunyoning geosiyosiy tizimi, uning tarixiyligi va hozirgi zamon muammolarini tushunadi. Insoniyatning global muammolari haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Yevropa subregionlarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning tarixiy-geografik ildizlarini izohlay oladi. AQSh ma’muriy-hududiy tuzilishi va itimoiy-iqtisodiy rayonlashtirilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Lotin Amerika subregionlarini ajrata oladi.
Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetentsiyasi: qit’alar, yirik mintaqalar, subregionlar, xalqaro tashkilotlarning nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetentsiyasi: geografik tadqiqotlar usullari ichida kartografik usul alohida ahamiyat kasb etishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik xaritalar yordamida dunyoning mintaqalarining tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga tavsif bera oladi va qiyosiy tahlil qila oladi.
Darsning blok sxemasi:
№
|
Darsning qismlari
|
Belgilangan vaqt.
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Darsning maqsadi:
- o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan geografiya darsligi bilan tanishtirish;
- darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;
- darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;
- o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari:
1. 10 sinf, geografiya darsligi.
2. Mavzuga oid chizmalar
3. Doska, bo‘r, daftar.
4. Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:
1. Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
2. Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
1. Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
2. Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
3. O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.
|