Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha




Download 1,62 Mb.
bet34/35
Sana22.03.2021
Hajmi1,62 Mb.
#13390
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
O'qituvchining 10-sinfdagi geografiya fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Geoekologik muammolarning vujudga kelishi tabiiy jarayonlar va inson faoliyati bilan bog‘liq tarzda ro‘y berishi mumkin. Geoekologik muammolarni keltirib chiqaruvchi tabiiy omillar va jarayonlardan asosiy lari: vulqon otilishi, zilzila, surilma, ko‘chki, sel, suv toshqini, kuchli shamollar, yong‘inlar va boshqalar. Bunday omillar bevosita har bir geotizimning tabiiy xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, unda inson ishtiroki bo‘lmaydi. Inson va tabiiy muhitning o‘zaro ta’siri kelib chiqishi jihatidan ekologik muammo hisoblanadi. Lekin, u ma’lum geotizimda turli miqyosda hamda tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografik qonuniyatlar asosida ro‘y bergani sababli geografik muammo ham hisoblanadi, ya’ni ekologik muammo muayyan geotizimda tarkib topib, shakllanib, rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tadi. Shu nuqtayi nazardan geoekologik muammo deyiladi.

Geoekologik muammolar – insonlarning sog‘ligi va xo‘jalik faoliyatiga salbiy ta’sir etadigan, ularning tabiiy muhit bilan munosabatlarida va geotizimlarning bir butunligida nomutanosiblikni keltirib chiqaruvchi, tabiiy va antropogen omillar natijasida yuzaga kelgan jarayon va hodisalar. Geoekologik muammolar, odatda, tizimli xususiyatga ega bo‘lib, bu xususiyatlar quyidagilarda namoyon bo‘ladi: tabiiy hamda ijtimoiy jarayonlar va qonuniyatlarning o‘zaro ta’siri; geografiya, ekologiya, geologiya va boshqa fanlarning integratsiyasini talab etadigan fanlararo ahamiyat kasb etishi; resurslardan turli maqsadlarda bir qancha foydalanuvchilarning mavjudligi; geotizim yoki geoekologik muammoning holatini bitta ko‘rsatkich bilan tavsifl ash mumkin emasligi.

Sayyoraviy geoekologik muammolar – butun geografik qobiq doirasida ro‘y beradigan va Yer yuzining barcha qismlariga ta’sir etadigan, barcha mamlakatlarga, butun insoniyatga birdek xavf soladigan eng murakkab geoekologik muammolardir. Bularga “Issiqxona samarasi” va iqlim isishi, “Ozon tuynugi”, Dunyo okeani sathining ko‘tarilishi va suvining ifloslanishi, cho‘llashish va h. k. kiradi. Bunday geoekologik muammolarni bartaraf etish uchun barcha davlatlar birlashib, yagona dastur asosida harakat qilishlari lozim. Yer yuzidagi barcha mamlakatlar o‘z hududidagi lokal va regional muammolarni hal etish orqaligina global geoekologik muammolarning yechimini topishlari mumkin.

Regional geoekologik muammolar – egallagan maydoniga ko‘ra global geoekologik muammolardan kichikroq bo‘lib, ko‘pincha bir yoki bir necha turlardan tashkil topgan geoekologik hodisa-jarayonlar kompleksidan iborat bo‘ladi. Regional geoekologik muammolar regional miqyosdagi geotizimlarni band etib, butun Yer yuzi uchun xavf solmasligi mumkin, ammo ularning soni tobora ortib bormoqda. Ushbu muammolar ayrim hududlargagina tegishli bo‘lishiga qaramay, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari nihoyatda xavfl i va salmoqli, ularni o‘z vaqtida oldini olish va bartaraf etmaslik kelajakda keng miqyosdagi og‘ir ekologik kulfatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Regional geoekologik muammolar tarkib topishi jihatidan oddiy va murakkab toifadagi geoekologik muammolarga bo‘linadi.

Bir turdagi hodisa va jarayonlardan iborat bo‘lsa – oddiy toifadagi, bir necha geoekologik hodisa va jarayonlardan iborat bo‘lsa – murakkab toifadagi geoekologik muammolar deyiladi. Murakkab geoekologik hodisalarning yechimi ham murakkab bo‘lib, ko‘p vaqt talab qiladi. U tobora murakkablashish va yangi hududlarni egallash yo‘nalishida rivojlanadi. Oddiy geoekologik muammolar ham makonda va vaqt mobaynida o‘ta murakkablashuvi oqibatida murakkab tusga aylanishi mumkin.

IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1. Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.

2. Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.


V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.

“Tasdiqlayman”



___________________
Sana “____”________________201___-yil.
Mavzu: TAKRORLASH DARSI

Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetentsiyasi: geografiya fanining o’rganish ob’ekti va predmeti, murakkab tuzilishga ega bo’lgan fanlar tizimi ekanligi, zamonaviy tadqiqot usullari mohiyatini tushunadi va tushuntira oladi. Yer yuzi tabiatiga fazoviy (tashqi) va sayyoraviy (ichki) omillarning ta’sirini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik qobiqning asosiy qonuniyatlarini anglaydi va misollar bilan izohlay oladi. Geotizimning mohiyati, ularning turli taksonomik birliklarga mansub bo’lishi va zonallik qonuniyatiga bo’ysunishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik muhit va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosaatlarining tarixiyligini tushunadi va tushuntira oladi. Zamonaviy demografik jarayonlar va ularning mohiyatini tahlil qila oladi. Urbanizatsiya jarayonining muammoli qirralarini tushunadi. Jahon iqtisodiyotining markazlari, o‘sish qutblarini ajratadi, ularning o‘zgarib borishini anglaydi. Dunyoning geosiyosiy tizimi, uning tarixiyligi va hozirgi zamon muammolarini tushunadi. Insoniyatning global muammolari haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Yevropa subregionlarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning tarixiy-geografik ildizlarini izohlay oladi. AQSh ma’muriy-hududiy tuzilishi va itimoiy-iqtisodiy rayonlashtirilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Lotin Amerika subregionlarini ajrata oladi.

Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetentsiyasi: qit’alar, yirik mintaqalar, subregionlar, xalqaro tashkilotlarning nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.

Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetentsiyasi: geografik tadqiqotlar usullari ichida kartografik usul alohida ahamiyat kasb etishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik xaritalar yordamida dunyoning mintaqalarining tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga tavsif bera oladi va qiyosiy tahlil qila oladi.


Darsning blok sxemasi:



Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

Darsning maqsadi:


- o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan geografiya darsligi bilan tanishtirish;

- darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;

- darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;

- o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.


Dars materiallari va jihozlari:

1. 10 sinf, geografiya darsligi.

2. Mavzuga oid chizmalar

3. Doska, bo‘r, daftar.

4. Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.


I. Tashkiliy qism:
1. Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.

2. Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash

II. Darsning mazmuni:
1. Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.

2. Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.

3. O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.


Download 1,62 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Download 1,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha

Download 1,62 Mb.