Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha




Download 1,62 Mb.
bet28/35
Sana22.03.2021
Hajmi1,62 Mb.
#13390
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
O'qituvchining 10-sinfdagi geografiya fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Okeaniya Tinch okeanining janubi-g‘arbiy va markaziy qismlarida joylashgan orollar guruhidan tashkil topgan bo‘lib, uning umumiy maydoni – 1,26 mln kmІ ni tashkil etadi. Mazkur mintaqada 11 mln kishidan ortiq aholi istiqomat qiladi. Uning tarkibida 40 ga yaqin turli davlat, mamlakat va hududlar mavjud bo‘lib, ularning 13 tasi mustaqil davlat hisoblanadi. Okeaniya siyosiy xartasida 1 federativ davlat (Mikroneziya Federativ shtatlari), 1 ta monarxiya davlati (Tonga) va turli davlatlarning qator mustamlaka hududlari (masalan: Amerika Samoasi, Guam, Kingmen rifi(AQSH), Pitkern (Buyuk Britaniya), Norfolk, Ashmor va Kartye orollari (Avstraliya), Fransuz Polineziyasi, Yangi Kaledoniya (Fransiya) va b. ) mavjud.

Okeaniya davlatlari tarkibiy jihatdan Melaneziya, Polineziya va Mikroneziya mintaqalariga ajratiladi (20-rasm). Relyef xususiyatiga ko‘ra, Okeaniya kontinental, marjon va vulqon kelib chiqishiga ega orollardan tarkib topgan. Yangi Zelandiya, Yangi Gvineya (orolning sharqiy qismi Okeaniya tarkibiga kiradi), Yangi Kaledoniya kabi yirik orollar kontinental xususiyatga ega. Ular umumiy Okeaniya hududining 87% ni egallaydi.



Asosan ekvatorial, subekvatorial, tropik, subtropik va mo‘tadil mintaqalar hududida joylashgan. Yog‘in miqdori 1500–4000 mmni, o‘rtacha harorat esa +24° C; +28° C ni tashkil etadi. Yirik tog‘li orollarda qizil, tog‘ laterit, tog‘ o‘tloq, jigarrang qo‘ng‘ir, jigarrang tuproq turlari tarqalgan. Atollarda esa nisbatan past unumli, g‘ovaksimon, suvni o‘zida saqlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan tuproqlar mavjud.

Suv resurslari bilan yaxshi ta’minlangan. Sepik (1126 km), Flay (1050 km), Uaikato (425 km) Okeaniyaning eng yirik daryolari hisoblanadi. Orollarda mineral resurslardan nikel (Yangi Kaledoniya), neft va gaz (Papua-Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya), mis (Papua-Yangi Gvineya), oltin (Papua-Yangi Gvineya, Fidji), fosfat (Nauru), dengiz hudularidagi iqtisodiy zonalarda temir-marganes qotishmalari, kobalt kabilar qazib olinadi. Okeaniya orollari davlatlarining asosiy qismi aholi soni kam bo‘lgan davlatlar hisoblanadi. Aholisi, asosan, avstraloid kichik irqiga mansub polinez, melanez, mikronez va papuaslardan tashkil topgan. Milliy tarkibida turli qabila va urug‘ vakillarining salmog‘i yuqori.

Ular papuas va avstronez oilalariga mansub. Lekin, mahalliy tillar deyarli muomalada emas. Asosan, muloqotda ingliz va fransuz tillaridan foydalaniladi. Xristian diniga e’tiqod qiluvchilar salmog‘i yuqori, bundan tashqari, qabilalarda an’anaviy dinlarga e’tiqod qiluvchilar ham bor. Tabiiy resurslarga kambag‘alligi, orollararo aloqalarda qiyinchiliklarning mavjudligi, mineral resurslar miqdorining chegaralanganligi, asosiy eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish jarayoni xalqaro monopoliyalar qo‘l ostida to‘planganligi Okeaniya davlatlari iqtisodiyoti rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.

Aholining asosiy faoliyat sohasi qishloq xo‘jaligi hisoblanadi. Unda eksportbop monokul’tura ekinlari yetishtirish (kokos pal’masi, shakarqamish, ananas, banan, kofe, kakao) asosiy o‘rin tutadi. Okeaniya davlatlari jahon bo‘yicha kopra (quritilgan kokos) eksportining 10%, ananas hosilining 90% ini beradi. Chorvachilik, asosan, yirik orollar hududida rivojlangan. Chorva mollari soni bo‘yicha mintaqa davlatlari orasida Yangi Zelandiya yetakchilik qiladi (21-rasm).
IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1. Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.

2. Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.


V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.

“Tasdiqlayman”



___________________
Sana “____”________________201___-yil.
Mavzu: JANUBI-G‘ARBIY VA JANUBIY OSIYO DAVLATLARI

Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetentsiyasi: geografiya fanining o’rganish ob’ekti va predmeti, murakkab tuzilishga ega bo’lgan fanlar tizimi ekanligi, zamonaviy tadqiqot usullari mohiyatini tushunadi va tushuntira oladi. Yer yuzi tabiatiga fazoviy (tashqi) va sayyoraviy (ichki) omillarning ta’sirini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik qobiqning asosiy qonuniyatlarini anglaydi va misollar bilan izohlay oladi. Geotizimning mohiyati, ularning turli taksonomik birliklarga mansub bo’lishi va zonallik qonuniyatiga bo’ysunishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik muhit va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosaatlarining tarixiyligini tushunadi va tushuntira oladi. Zamonaviy demografik jarayonlar va ularning mohiyatini tahlil qila oladi. Urbanizatsiya jarayonining muammoli qirralarini tushunadi. Jahon iqtisodiyotining markazlari, o‘sish qutblarini ajratadi, ularning o‘zgarib borishini anglaydi. Dunyoning geosiyosiy tizimi, uning tarixiyligi va hozirgi zamon muammolarini tushunadi. Insoniyatning global muammolari haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Yevropa subregionlarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning tarixiy-geografik ildizlarini izohlay oladi. AQSh ma’muriy-hududiy tuzilishi va itimoiy-iqtisodiy rayonlashtirilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Lotin Amerika subregionlarini ajrata oladi.

Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetentsiyasi: qit’alar, yirik mintaqalar, subregionlar, xalqaro tashkilotlarning nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.

Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetentsiyasi: geografik tadqiqotlar usullari ichida kartografik usul alohida ahamiyat kasb etishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik xaritalar yordamida dunyoning mintaqalarining tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga tavsif bera oladi va qiyosiy tahlil qila oladi.


Darsning blok sxemasi:



Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

Darsning maqsadi:


- o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan geografiya darsligi bilan tanishtirish;

- darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;

- darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;

- o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.


Dars materiallari va jihozlari:

1. 10 sinf, geografiya darsligi.

2. Mavzuga oid chizmalar

3. Doska, bo‘r, daftar.

4. Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.


I. Tashkiliy qism:
1. Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.

2. Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash

II. Darsning mazmuni:
1. Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.

2. Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.



3. O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.

Download 1,62 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Download 1,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha

Download 1,62 Mb.