Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha




Download 1.62 Mb.
bet30/35
Sana22.03.2021
Hajmi1.62 Mb.
#13390
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
O'qituvchining 10-sinfdagi geografiya fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Sharqiy Osiyo davlatlari. Osiyoning sharqiy qismida joylashgan hududlari Sharqiy Osiyo subregioni hisoblanadi. Shimoliy, g‘arbiy, janubiy qismlaridan mintaqaning quruqlik chegaralari o‘tsa, sharqi Yapon, Sariq, Sharqiy Xitoy, Janubiy Xitoy dengizlari zanjiri bilan o‘ralgan. Uning umumiy maydoni 11,8 mln km2, aholisi soni esa 1,5 mlrd. dan ortiq. Mazkur mintaqa Yer shari quruqlik maydoning deyarli 8% ini egallaydi; dunyo aholisining 22,2% ni o‘z ichiga oladi; dunyo bo‘yicha YMM ning 1/4 qismidan ortiq shu mintaqa hissasiga to‘g‘ri keladi. Subregion hududida 5 ta mustaqil davlat joylashgan. Sharqiy Osiyo subregioni Osiyoning maydon jihatdan eng katta mintaqasi hisoblanadi. Uning davlatlari orasida Xitoy maydon kattaligiga ko‘ra jahonda uchinchi, aholi soniga ko‘ra esa, birinchi o‘rinni egallaydi.

Koreya Respublikasi mintaqaning maydon jihatdan kichik davlati hisoblansa, Mongoliya aholi soniga ko‘ra guruhda so‘nggi o‘rinni egallaydi. Subregion davlatlarining yana bir o‘ziga xos jihati shuki, har bir davlat o‘z siyosati, rivojlanish holatiga ko‘ra deyarli bir-biriga o‘xshamaydi. Bu yerda bozor iqtisodiyoti talablarini o‘zida singdirgan sotsialistik tuzum asosida rivojlanayotgan Xitoy Xalq Respublikasi, jahonning eng harbiylashgan, yopiq davlat siyosat yurituvchi, totalitar tuzumga ega bo‘lgan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR), mintaqadagi yagona monarxiya tuzumiga ega bo‘lgan, jahonning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatlaridan biri – postindustrial davlat Yaponiya, yangi sanoatlashgan davlat –Koreya Respublikasi bilan bir qatorda iqtisodiyoti nisbatan past darajada rivoj langan Mongoliya joylashgan.

To‘g‘ridan to‘g‘ri Tinch okeaniga chiqish imkoniyatiga ega (Mongoliyadan tashqari) ekanligi, subregionning qadimiy sivilizatsiya markaz-laridan biri ekanligi geografik o‘rnining ijobiy jihatlari hisoblansa, g‘arbiy va janubiy qismlarining baland tog‘liklardan iboratligi, asosiy qismi Tinch okeanbo‘yi seysmik zonasida joylashganligi, salbiy jihat sifatidanamoyon bo‘ladi Sharqiy Osiyo davlatlari, asosan, mo‘tadil, subtropik va subekvatorial mintaqalarda joylashgan.

Mazkur davlatlar iqtisodiyotida ularning hududida mavjud bo‘lgan tabiiy resurslar katta ahamiyatga ega. Mineral resurslarning turli ko‘rinishlari Yaponiyadan boshqa barcha davlatlarda tarqalgan bo‘lsa, Yaponiya, Koreya yarimoroli davlatlari suv resurslariga boyligi bilan ajralib turadi. Undan tashqari, yer (Xitoy), o‘rmon (Xitoy, Koreya yarimoroli davlatlari), rekreatsion (Yaponiya, Xitoy, Koreya Respublikasi) resurslar ham katta iqtisodiy ahamiyatga ega.

Subregion aholi soni, uning zichlik darajasi yuqori bo‘lgan hududlardan biri hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot omili Yaponiya, Koreya Respublikasi aholisining tabiiy ko‘payish darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ularda tug‘ilish darajasi pastligi sababli aholi orasida katta yoshlilar hamda qariyalarning salmog‘i ortib bormoqda. Xitoyda aholi sonining sekin o‘sishiga, bu yerda so‘nggi yillargacha olib borilgan aholi sonini qisqartirishga qaratilgan demografik siyosat sabab bo‘lmoqda. Mintaqa davlatlari orasida KXDR va Mongoliyada tabiiy ko‘payish jarayoni yuz bermoqda. Subregionda aholi o‘rtacha zichligi 1 km2ga 136 kishiga teng.

Aholi zichlik ko‘rsatkichlari Koreya Respublikasida eng yuqori (1 km2ga 510 kishi), Mongoliyada esa eng past (2 kishi). Subregionda o‘rtacha urbanizatsiya darajasi 58% bo‘lgan holda, uning davlatlari orasida iqtisodiyoti rivojlangan Yaponiya (93%), Koreya Respublikasida (82%) baland, KXDRda esa past (60%) ko‘rsatkichlar kuzatiladi.

IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1. Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.

2. Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.


V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.

“Tasdiqlayman”



___________________
Sana “____”________________201___-yil.
Mavzu: MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARI

Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetentsiyasi: geografiya fanining o’rganish ob’ekti va predmeti, murakkab tuzilishga ega bo’lgan fanlar tizimi ekanligi, zamonaviy tadqiqot usullari mohiyatini tushunadi va tushuntira oladi. Yer yuzi tabiatiga fazoviy (tashqi) va sayyoraviy (ichki) omillarning ta’sirini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik qobiqning asosiy qonuniyatlarini anglaydi va misollar bilan izohlay oladi. Geotizimning mohiyati, ularning turli taksonomik birliklarga mansub bo’lishi va zonallik qonuniyatiga bo’ysunishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik muhit va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosaatlarining tarixiyligini tushunadi va tushuntira oladi. Zamonaviy demografik jarayonlar va ularning mohiyatini tahlil qila oladi. Urbanizatsiya jarayonining muammoli qirralarini tushunadi. Jahon iqtisodiyotining markazlari, o‘sish qutblarini ajratadi, ularning o‘zgarib borishini anglaydi. Dunyoning geosiyosiy tizimi, uning tarixiyligi va hozirgi zamon muammolarini tushunadi. Insoniyatning global muammolari haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Yevropa subregionlarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning tarixiy-geografik ildizlarini izohlay oladi. AQSh ma’muriy-hududiy tuzilishi va itimoiy-iqtisodiy rayonlashtirilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Lotin Amerika subregionlarini ajrata oladi.

Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetentsiyasi: qit’alar, yirik mintaqalar, subregionlar, xalqaro tashkilotlarning nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.

Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetentsiyasi: geografik tadqiqotlar usullari ichida kartografik usul alohida ahamiyat kasb etishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik xaritalar yordamida dunyoning mintaqalarining tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga tavsif bera oladi va qiyosiy tahlil qila oladi.


Darsning blok sxemasi:



Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

Darsning maqsadi:


- o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan geografiya darsligi bilan tanishtirish;

- darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;

- darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;

- o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.


Dars materiallari va jihozlari:

1. 10 sinf, geografiya darsligi.

2. Mavzuga oid chizmalar

3. Doska, bo‘r, daftar.

4. Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.


I. Tashkiliy qism:
1. Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.

2. Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash

II. Darsning mazmuni:
1. Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.

2. Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.



3. O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.


Download 1.62 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Download 1.62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha

Download 1.62 Mb.