III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
O'qituvchining 10-sinfdagi geografiya fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
O‘zbekiston dunyo hamjamiyati va siyosiy xaritasida o‘ziga xos mavqega ega. U hozirgi kunda Birlashgan Millatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan 193 davlatdan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi BMT-ga 2-mart 1992-yilda qabul qilingan. O‘zbekiston Yevrosiyo va Markaziy Osiyoning deyarli qoq o‘rtasida joylashgan. Respublika hududi g‘arbdan sharqga 1425 kmga cho‘zilgan, shimoldan janubgacha masofa esa 930 km. Eng baland nuqtasi Hazrat Sulton cho‘qqisi (Hisor tizmasi) – dengiz sathidan 4643 m ba landlikda, eng past nuqtasi Mingbuloq botig‘i –12 m. Davlat chegaralarining umumiy uzunligi 6221 km bo‘lib, shundan 2203 km yoki 1/3 qismi Qozog‘iston Respublikasiga, 1721 km Turkmanistonga, 1161 km Tojikistonga, 1069 km Qirg‘izistonga va 137 km Afg‘oniston Respublikasiga to‘ g‘ri keladi.
O‘zbekistonning mikroiqti sodiy geografik o‘rni (hududning o‘ziga qo‘shni bo‘lgan davlatlarga nisbatan tutgan o‘rni) ancha qulayligi bilan xarakterlanadi. Bu holat, avvalo, uning Markaziy Osiyo respublikalarining qoq o‘rtasida joylashganligi va barcha mintaqa davlatlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri chegaradoshligi tufayli kelib chiqadi.
O‘zbekistonning mikro IGO‘ qulayligi qo‘shni respublikalar bilan barcha turdagi quruqlik transporti (avtomobil, temiryo‘l, quvur) tuzilmalari bilan nisbatan yaxshi bog‘langanligida ham o‘z ifodasini topadi. Mikro IGO‘dagi bunday qulayliklar tarixiy davrlardan hozirgacha O‘zbekistonni mintaqa davlatlari orasida aholisi eng zich, yirik shaharlarga boy, iqtisodiyoti nisbatan rivojlangan darajaga olib chiqqan.
O‘zbekistonning bunday qulay iqtisodiy-ijtimoiy imkoniyatlari har bir qo‘shnilari tomonidan aholisi zich joylashgan tutash (kontakt) hududlarda (Farg‘ona vodiysi, Zarafshon, Quyi Amudaryo mintaqalari, Surxondaryo viloyati) hozirgi davrda ko‘plab turli ixtisosdagi respublikalararo hududiy ishlab chiqarish majmualari, qo‘shma korxonalardan tortib erkin iqtisodiy hudularni tashkil qilishgacha keng imkoniyatlar beradi. Markaziy Osiyo mintaqasida mavjud bo‘lgan transchegaraviy daryolar va yo‘llar muammolari hal etilishi respublika mikrogeografik o‘rnining yanada qulaylashuviga olib keladi.
Yaqin atrofida joylashgan davlatlar (Rossiya Federatsiyasi, Afg‘oniston, Eron, Kavkaz respublikalari)ga nisbatan O‘zbekistonning mezoiqtisodiy geografik o‘rni (yaqin mintaqalarga nisbatan tutgan o‘rni) o‘rtacha qulayliklarga egaligi bilan tavsiflanadi. Mezo IGO‘ni bunday baholanishining sababi shundaki, O‘zbekiston bir tomondan, Kavkaz respublikalari, ayniqsa, Rossiya Federatsiyasi bilan, asosan, zamonaviy transport vositalari orqali samarali bog‘langan va bu davlatlar bilan an’anaviy ravishda ko‘p tomonlama yaqin aloqalar olib boradi.
Jahon davlatlari orasida eksport–import aloqalari hajmiga ko‘ra, Rossiyaning yetakchilik qilib kelayotganligi buning isbotidir. Ikkinchi tomondan, janubda joylashgan va O‘zbekistonning mezo IGO‘ guruh davlatlari toifasiga kiruvchi Afg‘oniston, Eron davlatlari butun o‘tgan tarixiy davrlar davomida respublikamiz bilan har tomonlama keng ijtimoiy aloqada bo‘lib kelgan bo‘lsa-da, hozirgi vaqtda bunday aloqalarni olib borishga mavjud texnik va siyosiy qiyinchiliklar to‘siq bo‘lib turibdi. Davlatlararo iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarning yanada samarali natijalar berishi uchun jahonning uzoqroq mamlakatlari bilan bog‘lanish, boshqacha aytganda, makrokengliklar talab etiladi.
IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1. Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
2. Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.
“Tasdiqlayman”
___________________
Sana “____”________________201___-yil.
Mavzu: O‘ZBEKISTONNING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHI
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetentsiyasi: geografiya fanining o’rganish ob’ekti va predmeti, murakkab tuzilishga ega bo’lgan fanlar tizimi ekanligi, zamonaviy tadqiqot usullari mohiyatini tushunadi va tushuntira oladi. Yer yuzi tabiatiga fazoviy (tashqi) va sayyoraviy (ichki) omillarning ta’sirini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik qobiqning asosiy qonuniyatlarini anglaydi va misollar bilan izohlay oladi. Geotizimning mohiyati, ularning turli taksonomik birliklarga mansub bo’lishi va zonallik qonuniyatiga bo’ysunishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik muhit va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosaatlarining tarixiyligini tushunadi va tushuntira oladi. Zamonaviy demografik jarayonlar va ularning mohiyatini tahlil qila oladi. Urbanizatsiya jarayonining muammoli qirralarini tushunadi. Jahon iqtisodiyotining markazlari, o‘sish qutblarini ajratadi, ularning o‘zgarib borishini anglaydi. Dunyoning geosiyosiy tizimi, uning tarixiyligi va hozirgi zamon muammolarini tushunadi. Insoniyatning global muammolari haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Yevropa subregionlarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning tarixiy-geografik ildizlarini izohlay oladi. AQSh ma’muriy-hududiy tuzilishi va itimoiy-iqtisodiy rayonlashtirilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Lotin Amerika subregionlarini ajrata oladi.
Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetentsiyasi: qit’alar, yirik mintaqalar, subregionlar, xalqaro tashkilotlarning nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetentsiyasi: geografik tadqiqotlar usullari ichida kartografik usul alohida ahamiyat kasb etishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik xaritalar yordamida dunyoning mintaqalarining tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga tavsif bera oladi va qiyosiy tahlil qila oladi.
Darsning blok sxemasi:
№
|
Darsning qismlari
|
Belgilangan vaqt.
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Darsning maqsadi:
- o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan geografiya darsligi bilan tanishtirish;
- darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;
- darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;
- o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari:
1. 10 sinf, geografiya darsligi.
2. Mavzuga oid chizmalar
3. Doska, bo‘r, daftar.
4. Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:
1. Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
2. Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
1. Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
2. Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
3. O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.
|