Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha




Download 1,62 Mb.
bet33/35
Sana22.03.2021
Hajmi1,62 Mb.
#13390
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
O'qituvchining 10-sinfdagi geografiya fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivoj lanishda ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Hattoki, 2008–2009 yil-larda ro‘y bergan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ham O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari bo‘yicha dunyo mamlakatlari ichida eng yuqorilaridan biri bo‘ldi. 2010-yildan buyon O‘zbekiston YIMning yillik o‘sish sur’atlari 8 foizdan past bo‘lmagan darajada qayd etilmoqda. Jahon hamjamiyati ekspertlari tomonidan tan olingan bu ijobiy natijalar zamirida respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ulkan salohiyati hamda mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning “o‘zbek modeli” asosida bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilayotgan aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan islohotlar yotadi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo doirasida tranzit imkoniyatlari qulay iqtisodiy-geogra8 k o‘ringa ega bo‘lib, subregion davlatlarining o‘zaro integratsiyalashuvida juda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, respublikamiz ko‘p tarmoqli milliy iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi uchun ulkan imkoniyatlarni yaratadigan tabiiy boyliklariga ega. Eng avvalo, davlatimizning mineral-resurs salohiyati alohida e’tiborga sazovor. O‘zbekiston hududida jami 120 ga yaqin turdagi foydali qazilmalarning 2700 ta konlari topilgan.

Jumladan, O‘zbekiston jahon mamlakatlari orasida oltin zaxiralari bo‘yicha 4-o‘rin, uran bo‘yicha 7-o‘rin, molibden bo‘yicha 8-o‘rin, mis bo‘yicha esa 10-o‘rinda turadi. Yoqilg‘i-energetika resurslari ichida tabiiy gaz eng katta ahamiyatga ega bo‘lib, uning zaxiralari bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 14-o‘rin egallaydi. Noruda qazilma boyliklar bo‘yicha kaliy tuzlari va fosforitlar qazishda dunyoda yetakchi o‘rinlaridan birida turadi. Turli foydali qazilmalarning yirik konlariga, asosan, Navoiy, Toshkent, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi boy hisoblanadi. Demak, mineral resurslarning ulkan zaxiralari yurtimizda rangli metallurgiya, yoqilg‘i, kimyo va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratadi.

O‘zbekiston aholisi va mehnat resurslari ham mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining poydevori hisoblanadi. Respublikamiz aholisi muntazam ravishda o‘sib bormoqda. 1990-yilda 20,2 mln kishiga teng bo‘lgan respublikamiz aholisi 2017-yilga kelib 32,1 mln kishigacha ko‘paydi. 2010-yildan keyingi davrda O‘zbekistonda demografik ko‘rsatkichlardan tug‘ilish har 1000 kishi hisobiga 23-24, o‘lim 5-6, tabiiy ko‘payish esa, bunga mos ravishda, 18, ya’ni 1,8 foizga teng bo‘lmoqda. Lekin migratsiya qoldig‘i minimal manfi y darajada (-0,1-0,2 foiz) bo‘lganligi tufayli, aholining yalpi ko‘payish sur’atlari 1,6-1,7 foizga teng. Qisqa tarixiy davr mobaynida O‘zbekiston xalqaro savdo-iqtisodiy munosabatlarga kirishish, milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, sanoatni rivojlantirish, mamlakatning oziq-ovqat, energetika va transport xavfsizligini ta’minlash kabi murakkab vazifalar yechimiga bosqichma-bosqich, muvaffaqqiyatli erishdi.

Respublikamiz YIMning o‘zgarish dinamikasida 3 ta davrni ajratish mumkin. Birinchisi, 1991–1996 yillarni o‘z ichiga olib, iqtisodiy pasayish bilan tavsifl angan. Bu holat, asosan, sobiq Ittifoq doirasidagi hududiy mehnat taqsimoti tizimi, O‘zbekiston iqtisodiyoti tarmoqlari va korxonalarining boshqa respublikalarning xo‘jaligi o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarning uzilishi natijasida kelib chiqdi. 1997–2003 yillar oralig‘idagi ikkinchi bosqich milliy iqtisodiyotning barqarorlashuvi va YIM o‘sishining boshlanishi davri bo‘ldi.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida ham katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan dastlabki islohotlarning ustuvor maqsadlari paxta yakkahokimligini tugatish, don mustaqilligiga erishish hamda xususiy fermer va dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirishdan iborat bo‘lgan. Paxta ekin maydonlarining keskin qisqartirilishi hisobiga g‘alla maydonlari 1,5 barobar kengaytirildi. Shu tufayli O‘zbekistonda bug‘doyning yalpi hosili 3,5-4 barobar oshirilib, qisqa vaqt ichida respublikamizda don mustaqilligiga erishildi.

Bundan tashqari, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etadigan sabzavotchilik, kartoshka yetishtirish, bog‘dorchilik, uzumchilik, sutgo‘sht chorvachiligi kabi qishloq xo‘jalik tarmoqlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratildi. Natijada, mustaqillik yillarida paxta hosili 5,5 mln tonnadan 3,4 mln tonnagacha kamayib, sabzavot hosili 2,5 barobar, kartoshka 6 barobar, meva 4 barobar, uzum 2,5 borabar oshdi, go‘sht va sut ishlab chiqarish hajmi ham 2 barobar o‘sdi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston uzum, poliz ekinlari, ayrim mevalarni yetishtirish va eksport qilish bo‘yicha jahondagi yetakchi mamlakatlar qatoriga kirdi. Shuningdek, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida an’anaviy ixtisoslashgan tarmoqlar – paxtachilik, pillachilik, qorako‘lchilik ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Jumladan, 2016-yil holatiga respublika miz jahonda paxta yalpi hosili bo‘yicha 6-o‘rin, eksporti bo‘yicha 3-o‘rin, ipak ishlab chiqarish bo‘yicha 6-o‘rin, qorako‘l terisini ishlab chiqarish bo‘yicha esa 2-o‘rinda turadi.


IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1. Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.

2. Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.


V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.

“Tasdiqlayman”



___________________
Sana “____”________________201___-yil.
Mavzu: O‘ZBEKISTONNING GEOEKOLOGIK MUAMMOLARI

Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetentsiyasi: geografiya fanining o’rganish ob’ekti va predmeti, murakkab tuzilishga ega bo’lgan fanlar tizimi ekanligi, zamonaviy tadqiqot usullari mohiyatini tushunadi va tushuntira oladi. Yer yuzi tabiatiga fazoviy (tashqi) va sayyoraviy (ichki) omillarning ta’sirini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik qobiqning asosiy qonuniyatlarini anglaydi va misollar bilan izohlay oladi. Geotizimning mohiyati, ularning turli taksonomik birliklarga mansub bo’lishi va zonallik qonuniyatiga bo’ysunishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik muhit va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosaatlarining tarixiyligini tushunadi va tushuntira oladi. Zamonaviy demografik jarayonlar va ularning mohiyatini tahlil qila oladi. Urbanizatsiya jarayonining muammoli qirralarini tushunadi. Jahon iqtisodiyotining markazlari, o‘sish qutblarini ajratadi, ularning o‘zgarib borishini anglaydi. Dunyoning geosiyosiy tizimi, uning tarixiyligi va hozirgi zamon muammolarini tushunadi. Insoniyatning global muammolari haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Yevropa subregionlarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning tarixiy-geografik ildizlarini izohlay oladi. AQSh ma’muriy-hududiy tuzilishi va itimoiy-iqtisodiy rayonlashtirilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Lotin Amerika subregionlarini ajrata oladi.

Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetentsiyasi: qit’alar, yirik mintaqalar, subregionlar, xalqaro tashkilotlarning nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.

Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetentsiyasi: geografik tadqiqotlar usullari ichida kartografik usul alohida ahamiyat kasb etishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik xaritalar yordamida dunyoning mintaqalarining tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga tavsif bera oladi va qiyosiy tahlil qila oladi.


Darsning blok sxemasi:



Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

Darsning maqsadi:


- o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan geografiya darsligi bilan tanishtirish;

- darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;

- darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;

- o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.


Dars materiallari va jihozlari:

1. 10 sinf, geografiya darsligi.

2. Mavzuga oid chizmalar

3. Doska, bo‘r, daftar.

4. Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.


I. Tashkiliy qism:
1. Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.

2. Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash

II. Darsning mazmuni:
1. Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.

2. Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.



3. O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.

Download 1,62 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Download 1,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha

Download 1,62 Mb.