Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha




Download 1,62 Mb.
bet27/35
Sana22.03.2021
Hajmi1,62 Mb.
#13390
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
O'qituvchining 10-sinfdagi geografiya fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
G‘arbiy Afrika Sahroyi Kabir va Gvineya qo‘ltiqlari oralig‘ida joylashgan bo‘lib, hududi tropik cho‘llar, savanna, hamda nam ekvatorial mintaqaga to‘g‘ri keladi. Ushbu subregionda Afrikaning aholi soni jihatidan yetakchi davlati - Nigeriya joylashgan. Aholisining milliy tarkibi ancha murakkab. Mustamlakachilik davrida qulchilik eng avj olgan mintaqa hisoblanadi. Subregionning zamonaviy qiyofasini, birinchi navbatda, bu yerda qadimdan rivojlanib kelgan qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashuv belgilaydi. Plantatsiya xo‘jaligining rivojlanishi bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan subregion davlatlari, asosan, texnik ekinlar yetishtirishga ixtisos lashgan.

Qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan monokultura ekinlarining (yeryong‘oq, turli mevalar, tabiiy kauchuk, kakao, kofe) asosiy qismi eksportga yo‘naltiriladi. Konchilik sanoati asosiy rivojlangan sanoat tarmog‘i hisoblanadi. Asosan, temir va uran rudalari, boksit, qalay, neft, olmos, oltin qazib olinadi. Nigeriya G‘arbiy Afrikaning iqtisodiyoti nisbatan rivojlangan davlatlariga misol bo‘la oladi. Markaziy Afrika mamlakatlari materikning markaziy qismida, nam ekvatorial o‘rmonlar hamda savanna mintaqalarida joylashgan.

Janubiy Afrika – Yevropa, Osiyo, Amerika qit’alaridan ancha uzoqda joylashgan bo‘lsada, qulay transport-geografik o‘ringa ega. Uning qirg‘oqlaridan muhim dengiz yo‘li yo‘nalishlari o‘tadi. Janubiy yarimsharning tropik va subtropik mintaqalarida joylashgan subregion turli tabiiy resurslarga (ayniqsa, mineral resurslarga) boy. Janubiy Afrika Res publikasi nafaqat subregiondagi, balki qit’adagi iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlat hisoblanadi. U jahon bozoriga turli mineral resurslarni yetkazib beruvchi davlatlardan biri.

Uning iqtisodiyotida konchilik sanoatidan tashqari, qayta ishlovchi tarmoqlar ham salmoqli miqdorda mahsulot tayyorlab beradi. Subregionning boshqa davlatlari iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi muhim o‘rin tutadi. Aholisi etnik jihatdan rang-barangligi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga JAR aholisi milliy tarkibida yevropaliklarning salmog‘i ham yuqori. Afrika katta miqdorda tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy resurs imkoniyatlariga ega.

Lekin, mintaqa davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi pastligi, aholisining milliy va diniy tarkibidagi o‘ziga xosliklar, uning turmush hamda savodxonlik darajasining past ko‘rsatkichlari, siyosiy mustaqillikka erishish davrida etnik xususiyatlar e’tiborga olinmagan holda milliy chegaralanishning amalga oshirilganligi kabi holatlar ko‘plab geosiyosiy muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoq da. Mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik esa ekologik muammolarning (masalan, cho‘llashish muammosi) yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.
IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1. Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.

2. Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.


V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.

“Tasdiqlayman”



___________________
Sana “____”________________201___-yil.
Mavzu: OKEANIYA DAVLATLARI
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetentsiyasi: geografiya fanining o’rganish ob’ekti va predmeti, murakkab tuzilishga ega bo’lgan fanlar tizimi ekanligi, zamonaviy tadqiqot usullari mohiyatini tushunadi va tushuntira oladi. Yer yuzi tabiatiga fazoviy (tashqi) va sayyoraviy (ichki) omillarning ta’sirini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik qobiqning asosiy qonuniyatlarini anglaydi va misollar bilan izohlay oladi. Geotizimning mohiyati, ularning turli taksonomik birliklarga mansub bo’lishi va zonallik qonuniyatiga bo’ysunishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik muhit va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosaatlarining tarixiyligini tushunadi va tushuntira oladi. Zamonaviy demografik jarayonlar va ularning mohiyatini tahlil qila oladi. Urbanizatsiya jarayonining muammoli qirralarini tushunadi. Jahon iqtisodiyotining markazlari, o‘sish qutblarini ajratadi, ularning o‘zgarib borishini anglaydi. Dunyoning geosiyosiy tizimi, uning tarixiyligi va hozirgi zamon muammolarini tushunadi. Insoniyatning global muammolari haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Yevropa subregionlarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning tarixiy-geografik ildizlarini izohlay oladi. AQSh ma’muriy-hududiy tuzilishi va itimoiy-iqtisodiy rayonlashtirilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Lotin Amerika subregionlarini ajrata oladi.

Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetentsiyasi: qit’alar, yirik mintaqalar, subregionlar, xalqaro tashkilotlarning nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.

Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetentsiyasi: geografik tadqiqotlar usullari ichida kartografik usul alohida ahamiyat kasb etishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik xaritalar yordamida dunyoning mintaqalarining tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga tavsif bera oladi va qiyosiy tahlil qila oladi.
Darsning blok sxemasi:




Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

Darsning maqsadi:


- o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan geografiya darsligi bilan tanishtirish;

- darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;

- darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;

- o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.


Dars materiallari va jihozlari:

1. 10 sinf, geografiya darsligi.

2. Mavzuga oid chizmalar

3. Doska, bo‘r, daftar.

4. Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.


I. Tashkiliy qism:
1. Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.

2. Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash

II. Darsning mazmuni:
1. Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.

2. Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.

3. O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.


Download 1,62 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Download 1,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha

Download 1,62 Mb.