Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha




Download 1,62 Mb.
bet21/35
Sana22.03.2021
Hajmi1,62 Mb.
#13390
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
O'qituvchining 10-sinfdagi geografiya fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Geosiyosat fani, asosan, uch xil ilmiy yondashuv ta’sirida rivojlangan. Sivilizatsion yondashuv tarafdorlari insoniyat tarixini davlatlar yoki yirik imperiyalar emas, balki turli madaniy-diniy jamoalar – sivilizatsiyalar rivojlantiradi degan fi krni bildiradilar. N. Y. Danilevskiy, K. N. Leontyev, P. N. Savitskiy, L. N. Gumilyov, A. Toynbi, S. Xantington kabilar ushbu oqim g‘oyalari rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar. Garvard universiteti professori S. Xantingtonning 1993-yil chop etilgan “Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi” deb nomlangan kitobida XXI asrning asosiy munozarali to‘qnashuvlar negizi bo‘lib iqtisod yoki mafkura emas, balki sivilizatsiyalar chegaralari kesishgan hududlar hisoblanishini ta’kidlab o‘tadi. Harbiy-strategik yondashuv tarafdorlari N. Makiavelli, K. fon Klauzes, X. I. Moltke, A. Mexen, D. A. Milyutin kabilar dengizbo‘yi davlatlarining tarixi geografik o‘rni, qirg‘oq chegara chiziqlarining uzunligi va ko‘rinishi, istiqomat qiluvchi aholi soni hamda ularga xos bo‘lgan xususiyat kabi omillar ta’sirida shakllanadi degan fikrni bildirganlar.

Mazkur oqim vakillarining g‘oyalari umumiy holda dengizbo‘yi davlatlarining kontinental (quruqlik ichkarisidagi) davlatlarga nisbatan jahon siyosiy sahnasida yetakchilikka erishish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan, harakatlar yo‘nalishini ko‘rsatib berishdan iborat bo‘lgan, deb hisoblash mumkin. Geografik determinizm geosiyosatda mavjud bo‘lgan eng qadimiy yondashuv hisoblanadi. Ushbu g‘oya tarafdorlari tabiiy muhit (iqlim, tuproq, daryo, dengiz va b. ) jahon tarixi hamda insonlar hayot tarziga ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblaydilar. Bu fi krlar qadimiy dunyo olimlaridan Gerodot, Gippokrat, Polibiy, Aristotel kabilar tomonidan shakllantirilgan, keyinchalik uning rivojlanishida J. Baden, Sh. Monteskye, A. fon Gumboldt kabilarning xizmatlari katta bo‘lgan. Ular tomonidan ko‘rsatib berilgan tabiiy muhit unsurlari orasida aynan iqlim insonlar atvorining shakllanishi va davlatlarda mavjud siyosat xususiyatlarni yuzaga kelishida sababchi bo‘lgan asosiy omil sifatida qaralgan.

Geosiyosat nuqtayi nazaridan insoniyat tarixi turli geosiyosiy davrlarning qat’iy ketma-ketligidan iborat. Dunyo geosiyosiy tizimining shakllanishida Vestfal, Vena, Versal, Potsdam va Belovej davrlarining ahamiyati katta. 1648-yil O‘ttiz yillik urushning tugashi munosabati bilan imzolangan Vestfal shartnomasi Yevropada Ispaniya, Portugaliya, Gollandiya keyinchalik Angliya, Shvetsiya va Fransiya kabi markazlashgan kuchli davlatlarning jahon siyosiy maydonida hukmronlik qilish uchun o‘zaro kurashga kirishishiga sababchi bo‘lgan. Bu bosqich XIX asrning boshlarigacha davom etgan. 1814-yil sentabr – 1815-yil iyun oylarida fransuz inqilobi yuz berishi va Napoleon armiyasi mag‘lubiyati bilan Yevropada yuzaga kelgan siyosiy holat Vena kongressida o‘rganib chiqilgan va bu jarayon yangi – Vena geosiyosiy davrining boshlanishiga sababchi bo‘lgan.

Rossiya, Avstro-Vengriya, Britaniya, Germaniya, Fransiya va Usmoniylar imperiyasining siyosiy mavqelarining ortishi va ular o‘rtasida dunyoni bo‘lib olishga bo‘lgan siyosiy raqobatning kuchayishi; XIX asr oxirlarida AQSH va Germaniyaning iqtisodiy jihatdan tez sur’atlar bilan rivojlanishi; Germaniya, Avstro-Vengriya va Italiyaning siyosiy jihatdan birlashuvi natijasida Uchlar ittifoqining yuzaga kelishi; Fransiya, Angliya va Rossiyaning esa Antanta ittifoqiga birlashuvi; ikki ittifoq o‘rtasida yuzaga kelgan Birinchi jahon urushining Uchlar ittifoqi mag‘lubiyati bilan tugashi bu davrning muhim geosiyosiy voqeliklari hisoblanadi.


IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1. Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.

2. Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.


V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.

“Tasdiqlayman”



___________________
Sana “____”________________201___-yil.
Mavzu: JAHONDAGI ZAMONAVIY GEOSIYOSIY VAZIYAT. DAVLATLARNING INTEGRATSION UYUSHMALARI

Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetentsiyasi: geografiya fanining o’rganish ob’ekti va predmeti, murakkab tuzilishga ega bo’lgan fanlar tizimi ekanligi, zamonaviy tadqiqot usullari mohiyatini tushunadi va tushuntira oladi. Yer yuzi tabiatiga fazoviy (tashqi) va sayyoraviy (ichki) omillarning ta’sirini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik qobiqning asosiy qonuniyatlarini anglaydi va misollar bilan izohlay oladi. Geotizimning mohiyati, ularning turli taksonomik birliklarga mansub bo’lishi va zonallik qonuniyatiga bo’ysunishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik muhit va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosaatlarining tarixiyligini tushunadi va tushuntira oladi. Zamonaviy demografik jarayonlar va ularning mohiyatini tahlil qila oladi. Urbanizatsiya jarayonining muammoli qirralarini tushunadi. Jahon iqtisodiyotining markazlari, o‘sish qutblarini ajratadi, ularning o‘zgarib borishini anglaydi. Dunyoning geosiyosiy tizimi, uning tarixiyligi va hozirgi zamon muammolarini tushunadi. Insoniyatning global muammolari haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Yevropa subregionlarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning tarixiy-geografik ildizlarini izohlay oladi. AQSh ma’muriy-hududiy tuzilishi va itimoiy-iqtisodiy rayonlashtirilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Lotin Amerika subregionlarini ajrata oladi.

Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetentsiyasi: qit’alar, yirik mintaqalar, subregionlar, xalqaro tashkilotlarning nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.

Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetentsiyasi: geografik tadqiqotlar usullari ichida kartografik usul alohida ahamiyat kasb etishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik xaritalar yordamida dunyoning mintaqalarining tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga tavsif bera oladi va qiyosiy tahlil qila oladi.


Darsning blok sxemasi:



Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

Darsning maqsadi:


- o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan geografiya darsligi bilan tanishtirish;

- darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;

- darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;

- o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.


Dars materiallari va jihozlari:

1. 10 sinf, geografiya darsligi.

2. Mavzuga oid chizmalar

3. Doska, bo‘r, daftar.

4. Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.

I. Tashkiliy qism:
1. Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.

2. Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
1. Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.

2. Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.

3. O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.


Download 1,62 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35




Download 1,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha

Download 1,62 Mb.