III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
O'qituvchining 10-sinfdagi geografiya fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Geografik prognoz deb, tabiiy muhit va hududiy ishlab chiqarish majmualarining o‘zgarishidagi asosiy yo‘nalishlarni ilmiy jihatdan oldindan asoslab berishga aytiladi. Geografik prognozlar bir necha variantlarda amalga oshiriladi. Ulardan avvaliga nisbatan yaxshi bo‘lgan bir nechtasi, keyinchalik esa eng maqbul varianti tanlab olinadi va mazkur variant asosida barcha hisob-kitob ishlari bajariladi. Geografik prognozlar turli muddatlarga tuziladi. Shuning uchun prognozlar muddatiga ko‘ra, quyidagi turlarga bo‘linadi: operativ prognoz 1 oy muddatga, qisqa muddatli prognoz 1 oydan 1 yilgacha, o‘rta muddatli prognoz 1 yildan 5 yilgacha, uzoq muddatli prognoz 5 yildan 15 yilgacha, juda uzoq muddatli prognozlar 15 yildan ko‘proq muddatga ishlab chiqiladi.
Tabiiy geogra k prognozni amalga oshirish uchun geotizimlar komponentlarining prognozli xossalarini aniqlab olish talab etiladi. Ma’lum bir joyning relyef, tog‘ jinslari, tuproqlari, suvlari, o‘simligi va hayvonot dunyosi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bu xususiyatlar haqidagi ma’lumotlar tabiiy geografik prognozlarda ishlatiladi.
Geotizimlar komponentlarining tabiiy muhit ifloslanishini kamaytirish xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Relyef. Botiqlar texnogen mahsulotlarni (chiqindilarni) to‘plovchidir. Balandliklar esa ularni tarqatib yuboruvchidir. Yonbag‘irlar qiyaligi ularning parchalanish darajasi, zichligi, yerosti suvlarining harakatiga ijobiy yoki salbiy ta’sir qilishi mumkin.
2. Tog‘ jinslari. Suv o‘tkazadigan, suv o‘tkazmaydigan jinslar, ularning qalinligi tabiiy muhitga ta’sir ko‘rsatadi.
3. Suvlar. Ularda erigan organik moddalarning miqdori, yillik oqim miqdori, oqim tezligi muhim ahamiyatga ega. Oqim tezligi qancha yuqori bo‘lsa, ifloslovchi moddalar shuncha tez olib ketila-di. Suvdagi organik moddalar og‘ir metallarning eruvchanligini tezlashtiradi.
4. Tuproqlar. Oksidlanish-qaytarilish, kislotali-ishqorli sharoit. Tuproqni ifloslovchi moddalardan o‘z-o‘zini tozalash qobiliyatini belgilab beradi.
5. O‘simliklar. Ifloslovchi moddalarni yutadigan o‘simliklar turlari.
Mazkur xususiyatlar asosida tabiiy muhitning o‘zgarishini oldindan aytib berish mumkin.
Geografik prognozlar sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy miqyoslarda olib boriladi. Sayyoraviy prognozlar ma’lum bir hududga bog‘lanmagan bo‘lib, geografik qobiq doirasidagi, butun insoiyatga daxldor muammolarga bag‘ishlanadi. Sayyoraviy geografik prognozlarning asosiy maqsadi insoniyatning kelajakdagi hayotini va Yerni saqlab qolishga qaratilgan muammolarni oldindan prognoz qilishdir. Shuning uchun ham mutaxassis va olimlarning ko‘pchiligi hozirgi paytda butun dunyo miqyosida kelajakda kutilayotgan turli noxush hodisalarni prognoz qilish bilan shug‘ullanadi. Atmosfera havosining ifl os lanishi, ozon qatlamining yupqalanishi, «issiqxona samarasi»ning vujudga kelishi, cho‘llashish jarayoni, gidrosferaning ifloslanishi va toza ichimlik suvi muammosi shular jumlasidan. Insoniyatning kelajakdagi hayoti yuqoridagi muammolarning qanday prognoz qilinishi va bartaraf etilishiga bog‘liq. Mintaqaviy prognozlar biron mintaqa doirasida bir nechta davlatlarga daxldor muammolarning kelajakdagi o‘zgarishini oldindan asoslab berishga qaratiladi.
Jahonning xo‘jaligi yuksak darajada rivoj langan qismlarida jamiyat bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatlar o‘ta keskinlashdi. Buning oqibatida turli xil ekologik muammolar yuzaga keldi, natijada ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar murakkablashdi. Mazkur mintaqalarga O‘rta, Boltiq, Shimoliy, Qora dengizlar, Meksika, Fors qo‘ltiqlari va boshqa joylar kiradi. Ushbu joylarda neft tashilishi, daryolar orqali turli xil zararli moddalarning oqib kelishi, turli sanoat chiqindilarining dengizlarga tashlanishi natijasida tobora ifl oslanib bormoqda. Oqibatda dengiz o‘simlik va hayvonot dunyosiga katta zarar yetkazilmoqda, dengiz qirg‘oqlarining rekreatsion imkoniyatlari cheklanmoqda va aholining yashash sharoiti yomonlashmoqda.
Mahalliy geografik prognozlar. Ma’lum bir muhandislik inshooti yoki inshootlar guruhining tabiiy muhitga ta’sirini oldindan asoslab berish mahalliy geografik prognoz deb ataladi. Tabiatga ta’sir etadigan muhandislik inshootlari sanoat korxonasi, suvombori, shaxtalar, yo‘llar, aerodromlar, shaharlar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Masalan, foydali qazilma koni ochiq usulda qazib olinadigan bo‘lsa, hududda botiq hosil bo‘ladi, tashlamalar vujudga keladi, yerosti suvlari sathi pasayadi, noxush jarayon (surilma, ko‘chki, o‘pirilma)lar rivojlanadi, suv, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosi ma’lum joylarda butunlay yo‘qoladi, ma’lum bir joylarda esa katta o‘zgarishlarga uchraydi.
IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1. Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
2. Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.
“Tasdiqlayman”
___________________
Sana “____”________________201___-yil.
Mavzu: ATROF-MUHIT MONITORINGI VA GEOGRAFIK EKOLOGIK EKSPERTIZA ASOSLARI
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetentsiyasi: geografiya fanining o’rganish ob’ekti va predmeti, murakkab tuzilishga ega bo’lgan fanlar tizimi ekanligi, zamonaviy tadqiqot usullari mohiyatini tushunadi va tushuntira oladi. Yer yuzi tabiatiga fazoviy (tashqi) va sayyoraviy (ichki) omillarning ta’sirini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik qobiqning asosiy qonuniyatlarini anglaydi va misollar bilan izohlay oladi. Geotizimning mohiyati, ularning turli taksonomik birliklarga mansub bo’lishi va zonallik qonuniyatiga bo’ysunishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik muhit va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosaatlarining tarixiyligini tushunadi va tushuntira oladi. Zamonaviy demografik jarayonlar va ularning mohiyatini tahlil qila oladi. Urbanizatsiya jarayonining muammoli qirralarini tushunadi. Jahon iqtisodiyotining markazlari, o‘sish qutblarini ajratadi, ularning o‘zgarib borishini anglaydi. Dunyoning geosiyosiy tizimi, uning tarixiyligi va hozirgi zamon muammolarini tushunadi. Insoniyatning global muammolari haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Yevropa subregionlarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning tarixiy-geografik ildizlarini izohlay oladi. AQSh ma’muriy-hududiy tuzilishi va itimoiy-iqtisodiy rayonlashtirilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Lotin Amerika subregionlarini ajrata oladi.
Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetentsiyasi: qit’alar, yirik mintaqalar, subregionlar, xalqaro tashkilotlarning nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetentsiyasi: geografik tadqiqotlar usullari ichida kartografik usul alohida ahamiyat kasb etishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik xaritalar yordamida dunyoning mintaqalarining tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga tavsif bera oladi va qiyosiy tahlil qila oladi.
Darsning blok sxemasi:
№
|
Darsning qismlari
|
Belgilangan vaqt.
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Darsning maqsadi:
- o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan geografiya darsligi bilan tanishtirish;
- darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;
- darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;
- o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari:
1. 10 sinf, geografiya darsligi.
2. Mavzuga oid chizmalar
3. Doska, bo‘r, daftar.
4. Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:
1. Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
2. Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
1. Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
2. Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
3. O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.
|