Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha




Download 1,62 Mb.
bet15/35
Sana22.03.2021
Hajmi1,62 Mb.
#13390
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
O'qituvchining 10-sinfdagi geografiya fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Tabiiy muhit baholanishi natijasida uning ijtimoiy ehtiyoj nuqtayi nazaridan qulayligi yoki yaroqliligi o‘rganiladi. Baholash natijasida biror hududning yoki tabiat komponentining dehqonchilik, chorvachilik, dam olish, qurilish va boshqa sohalarda foydalanishga qanchalik qulayligi aniqlanadi.

Tabiiy sharoit va resurslar yoki geotizimlarni foydalanish maqsadlarida baholash – geografik baholash deb ataladi. Masalan, dehqonchilik, chorvachilik, sanoat, transport, rekreatsiya, suv xo‘jaligi va boshqa maqsadlarda baholash amalga oshirilishi mumkin. Geograsik baholash quyidagi bosqichlardan iborat:a) baholash ishlarining maqsad va vazifalarini aniqlash (masalan, daryo vodiysining ma’lum bir qismini suvombori qurish maqsadida baholash);b) baholash uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar yoki ma’lumotlar ro‘yxatini tuzish;d) o‘rganilayotgan hudud daryo vodiysining hozirgi va kelajakdagi holatini belgilaydigan ko‘rsatkichlar yoki xossalarni o‘rganish va o‘lchash (vodiyning geologik tuzilishi, uzunligi, kengligi, balandligi, yonbag‘irlar qiyaligi, suv sarf, loyqaligi, me’yori va h. k.) olingan ma’lumotlar va ko‘rsatkichlarni bir-biriga taqqoslash asosida har bir komponent bo‘yicha alohida baholashni amalga oshirish (relyef, geologik tuzilish, suv o‘lchamlari va h. k. );f) alohida baholashlar asosida umumiy baholashni amalga oshirish (suvomborini mazkur joyda qurish mumkinmi yoki yo‘qmi);g) yakuniy jadval va xaritalar tuzish.

Tabiiy geografik baholashning aniq maqsadiga ko‘ra sifat va miqdor usullaridan foydalaniladi. Sifat ko‘rsatkichlari qulaylik darajasiga qarab «juda qulay», «qulay», «o‘rtacha qulay», «kamroq qulay», «qulay emas», deb baholanadi. Masalan, tekisliklar yo‘l qurilishi uchun juda qulay, qumli cho‘llar qulay, to‘lqinsimon tekisliklar o‘rtacha qulay, adirlar kamroq qulay, tog‘lar esa qulay emas.

Baholash miqdor usulida sonli ko‘rsatkichlar asosida amalga oshiriladi. Masalan, arpaning pishib yetilishi uchun quyidagi haroratlar yig‘indisi bo‘lishi shart. Vegetatsiya davrida havoning + 10° C dan yuqori haroratlari yig‘indisi 1000° C gacha bo‘lishi eng tezpishar arpa navining yetilishi uchun yetarli emas, mazkur arpa navi 1000–1400° C da pishadi, 1400–1800° C da esa o‘rta pishar, 1800° C dan oshganda esa eng kechki navlar yetiladi. Ko‘rsatilgan ushbu miqdor ko‘rsatkichlari baholashning ma’lum bonitetli darajalari hisoblanadi. Yer resurslarini baholash. Yer resurslari xo‘jalik jihatdan juda ko‘p maq sadlarda baholanadi.

Ayniqsa, dehqonchilik maqsadlarida baholash keng tarqalgan. Dehqonchilikni amalga oshirish, asosan, relyef, agroiqlimiy resurslar, tuproq sharoiti, yerosti suvlarining joylashishi va xossalarining qulayligi, suvning mavjudligi va boshqa omillar bilan belgilanadi. Dehqonchilik uchun yaroqli yerlarni o‘zlashtirish va ulardan foydalanishning murakkablik darajalari geotizimlarning xususiyatlariga qarab turlicha bo‘ladi.

Yuqorida ko‘rsatilgan omillarning tahlili asosida O‘zbekiston geotizimlari murakkablik darajasiga ko‘ra to‘rt guruhga bo‘linadi: oddiy, o‘rtacha murakkab, murakkab va juda murakkab geotizimlar (6-jadval). Oddiy geotizimlarga tog‘oldi prolyuvial tekisliklari va daryo vodiylarining yuqori terrasalari kiradi. Yerosti suvlarining gorizontal harakati yuqori darajada ta’minlangan bo‘lib, bu suvlarning sathi ko‘tarilmaydi, chunki lyossimon jinslar ostida shag‘al toshlar yotadi.

Mazkur joylar dehqonchilik uchun juda qulay. O‘rtacha murakkablikdagi geotizimlarga konussimon yoyilmalar va daryo deltalarining yuqori qismlari kiradi

IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:


1. Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.

2. Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.


V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.

“Tasdiqlayman”



___________________
Sana “____”________________201___-yil.
Mavzu: GEOGRAFIK PROGNOZ

Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetentsiyasi: geografiya fanining o’rganish ob’ekti va predmeti, murakkab tuzilishga ega bo’lgan fanlar tizimi ekanligi, zamonaviy tadqiqot usullari mohiyatini tushunadi va tushuntira oladi. Yer yuzi tabiatiga fazoviy (tashqi) va sayyoraviy (ichki) omillarning ta’sirini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik qobiqning asosiy qonuniyatlarini anglaydi va misollar bilan izohlay oladi. Geotizimning mohiyati, ularning turli taksonomik birliklarga mansub bo’lishi va zonallik qonuniyatiga bo’ysunishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik muhit va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosaatlarining tarixiyligini tushunadi va tushuntira oladi. Zamonaviy demografik jarayonlar va ularning mohiyatini tahlil qila oladi. Urbanizatsiya jarayonining muammoli qirralarini tushunadi. Jahon iqtisodiyotining markazlari, o‘sish qutblarini ajratadi, ularning o‘zgarib borishini anglaydi. Dunyoning geosiyosiy tizimi, uning tarixiyligi va hozirgi zamon muammolarini tushunadi. Insoniyatning global muammolari haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Yevropa subregionlarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning tarixiy-geografik ildizlarini izohlay oladi. AQSh ma’muriy-hududiy tuzilishi va itimoiy-iqtisodiy rayonlashtirilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Lotin Amerika subregionlarini ajrata oladi.

Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetentsiyasi: qit’alar, yirik mintaqalar, subregionlar, xalqaro tashkilotlarning nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.

Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetentsiyasi: geografik tadqiqotlar usullari ichida kartografik usul alohida ahamiyat kasb etishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik xaritalar yordamida dunyoning mintaqalarining tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga tavsif bera oladi va qiyosiy tahlil qila oladi.


Darsning blok sxemasi:



Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

Darsning maqsadi:


- o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan geografiya darsligi bilan tanishtirish;

- darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;

- darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;

- o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.


Dars materiallari va jihozlari:

1. 10 sinf, geografiya darsligi.

2. Mavzuga oid chizmalar

3. Doska, bo‘r, daftar.

4. Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.


I. Tashkiliy qism:
1. Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.

2. Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash

II. Darsning mazmuni:
1. Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.

2. Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.

3. O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.


Download 1,62 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Download 1,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha

Download 1,62 Mb.