III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
O'qituvchining 10-sinfdagi geografiya fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Geografik qobiq juda murakkab tuzilgan bo‘lib, unda 3 tarkibiy tuzilish darajalari ajratiladi: geokomponentli, geosferali, geotizimli. Geokomponentli eng sodda tuzilish darajasi. Geokomponentlar yer yuzidagi bir xil holatdagi (qattiq, suyuq, gazsimon) moddalardir. Bular tog‘ jinslari, tuproq, suv, havo, o‘simlik va hayvonlar. Geosferali tuzilish bitta geokomponentdan tashkil topgan geosferalardan iborat. Geosferalar geografik qobiqning vertikal tuzilishini belgilaydi, ular solishtirma og‘irligi bo‘yicha vertikal tabaqalanib joylashgan: litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosfera. Litosfera, gidrosfera va atmosfera deyarli bir xil moddalardan tarkib topgan va uzluksiz, yaxlit qobiqni hosil qiladi. Biosfera esa tirik moddalar tarqalgan qobiq bo‘lib, yaxlit qobiq hosil qilmaydi. U boshqa qobiqlar tarkibiga kiradi va yuqorida aytilgan qobiqlarning tutashgan joyida yupqa qatlamni hosil qiladi. Geotizimli tuzilish geografik qobiqning gorizontal tuzilishini ifodalaydi. Geotizimlar barcha komponentlarni qamrab olib, ularning o‘zaro ta’sir va aloqalaridan hosil bo‘lgan murakkab tizimlardir. Bu haqda 9-mavzuda to‘liqroq ma’lumot beriladi.
Geografik qobiqning chegaralari haqida quyi sinfl ardan bilasiz. Geografik qobiqning o‘lchamlari, pastki va yuqori chegaralari haqida turli olimlarning fi krlari turlicha. Uning chegarasini barcha geokomponentlar o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan va geografik qonuniyatlar namoyon bo‘ladigan yuzadan, sathdan o‘tkaziladi. Bu chegara Yer yuzining turli qismlarida har xil qalinlikka ega. Geografik qobiq uni tashkil qiluvchi qobiqlardan ko‘p xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi, ulardan asosiylari quyidagilardan iborat:1. Geografik qobiq moddiy tarkibi va tuzilishining xilma-xilligi. Geografik qobiqda moddalar uch xil, ya’ni qattiq, suyuq va gazsimon holatda uchraydi. Ritmik hodisalar turlicha davomiylikda bo‘ladi: ko‘p asrlik, asr ichidagi, yillik, sutkalik. Yer tarixidagi eng katta ritmiklik (sikllik) Quyosh sistemasining galaktika markazi atrofida aylanishi bilan bog‘liq va 180–220 mln yilni o‘z ichiga oladi. Yer tarixida ular tektonik davrlarda namoyon bo‘lgan: kaledon (kembriy, ordovik, silur), gersin (devon, tosh ko‘mir, perm), mezozoy (trias, yura, bo‘r), kaynozoy. Bu davrda tektonik harakatlar, vulqon otilishlari faollashadi, materiklarning qiyofasi, iqlim, oxir oqibatda Yer tabiati o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Ko‘p asrlik ritmik hodisalardan 1800–2000 yil davom etadigan ritmiklik yaxshi o‘rganilgan. Bu hodisa Yerda qalqish hodisasini hosil qiluvchi kuchlarning o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Taxminan, 1800-yilda bir marta Quyosh, Oy va Yer bitta tekislik va bitta to‘g‘ri chiziqda joylashadi, Quyosh bilan Yer orasidagi masofa eng kichik bo‘ladi. Bu hodisada 3 faza – transgressiv, regressiv, oraliq fazalari ajratiladi. Asr ichidagi ritmik hodisalardan Quyosh faolligi bilan bog‘liq bo‘lgan 11, 22 va 33 yillik siklliklar yaxshi o‘rganilgan. Olimlarning fikricha, ushbu siklliklar bilan Yerdagi ko‘p jarayonlar bog‘liq: epidemiyalarning tarqalishi, vulqon faolligining kuchayishi, siklonlar hosil bo‘lishining ortishi, qurg‘oqchiliklar yoki zararkunanda hasharotlarning (masalan, chigirtkalar) ko‘payishi va h. k. Yillik (fasliy) ritmiklik Yerning Quyosh atrofidagi harakati va aylanish o‘qining 66,5° qiyaligi bilan bog‘liq. Yil fasllarining almashinishi bilan bog‘liq fasliy ritmiklik barcha geosferalarda kuzatiladi: atmosferada namlik, harorat, atmosfera yog‘inlarining yillik o‘zgarishi, mussonlar (mavsumiy shamollar)ning esishi va h. k. Litosferada yil davomida nurash va boshqa ekzogen jarayonlarning faolligi o‘zgaradi. Gidrosfera-da suvning harorati, sho‘rligi, zichligining yillik o‘zgarishi, baliqlarning mavsumiy migratsiyasi kabilar kuzatiladi. Fasliy ritmiklik tirik orga-nizmlarda birmuncha aniq namoyon bo‘ladi.
IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1. Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
2. Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.
“Tasdiqlayman”
_______________________
Sana “____”________________201___-yil.
Mavzu: GEOGRAFIK QOBIQNING KENGLIK ZONALLIGI VA SEKTORLIGI
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetentsiyasi: geografiya fanining o’rganish ob’ekti va predmeti, murakkab tuzilishga ega bo’lgan fanlar tizimi ekanligi, zamonaviy tadqiqot usullari mohiyatini tushunadi va tushuntira oladi. Yer yuzi tabiatiga fazoviy (tashqi) va sayyoraviy (ichki) omillarning ta’sirini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik qobiqning asosiy qonuniyatlarini anglaydi va misollar bilan izohlay oladi. Geotizimning mohiyati, ularning turli taksonomik birliklarga mansub bo’lishi va zonallik qonuniyatiga bo’ysunishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik muhit va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosaatlarining tarixiyligini tushunadi va tushuntira oladi. Zamonaviy demografik jarayonlar va ularning mohiyatini tahlil qila oladi. Urbanizatsiya jarayonining muammoli qirralarini tushunadi. Jahon iqtisodiyotining markazlari, o‘sish qutblarini ajratadi, ularning o‘zgarib borishini anglaydi. Dunyoning geosiyosiy tizimi, uning tarixiyligi va hozirgi zamon muammolarini tushunadi. Insoniyatning global muammolari haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Yevropa subregionlarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning tarixiy-geografik ildizlarini izohlay oladi. AQSh ma’muriy-hududiy tuzilishi va itimoiy-iqtisodiy rayonlashtirilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Lotin Amerika subregionlarini ajrata oladi.
Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetentsiyasi: qit’alar, yirik mintaqalar, subregionlar, xalqaro tashkilotlarning nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetentsiyasi: geografik tadqiqotlar usullari ichida kartografik usul alohida ahamiyat kasb etishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik xaritalar yordamida dunyoning mintaqalarining tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga tavsif bera oladi va qiyosiy tahlil qila oladi.
Darsning blok sxemasi:
№
|
Darsning qismlari
|
Belgilangan vaqt.
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Darsning maqsadi:
- o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan geografiya darsligi bilan tanishtirish;
- darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;
- darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;
- o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari:
1. 10 sinf, geografiya darsligi.
2. Mavzuga oid chizmalar
3. Doska, bo‘r, daftar.
4. Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:
1. Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
2. Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
1. Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
2. Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
3. O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.
|