III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
O'qituvchining 10-sinfdagi geografiya fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Yerning paydo bo‘lishi haqidagi hozirgi zamon nazariyalariga ko‘ra, Yer murakkab taraqqiyot bosqichlarini o‘z boshidan kechirgan. So‘nggi yillardagi ma’lumotlarda keltirilishicha, Yer taraqqiyotining astronomik, geologik, biologik va antropogen bosqichlarini ajratish mumkin. Astronomik bosqich 5–4,6 mlrd yillar oralig‘ini o‘z ichiga oladi. Bundan 5 mlrd yil oldin koinotdagi disksimon gaz va chang massasining gravitatsion mexanik quyuqlashuvi oqibatida Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralar singari Yer ham sharsimon shaklga ega bo‘lgan. Yer tarkib topib borayotgan vaqtda radioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik hisobiga, uning ichki qismi asta-sekin qizib, moddalarning saralanishiga olib kelgan. Oqibatda Yerning turli qatlamlari hosil bo‘la boshlagan, vulqonlar harakatlanishi kuzatilgan.
Vulqon va tektonik harakatlarning boshlanish paytidan Yerning geologik bosqichi boshlangan. Yer po‘sti yuzlab million yillar davomida doimiy ravishda o‘zgarib turgan, materiklar goh shakllanib, goh parchalangan. Materiklar doimiy harakatda bo‘lgan va ba’zida birlashib yirik materiklarni hosil qilgan. Yerda 3,8 mlrd yil avval hayot paydo bo‘lishi bilan Yer taraqqiyotining biologik bosqichi boshlangan.
Yerda dastlabki odamlarning paydo bo‘lishi (3–1,5 mln yil) antropogen bosqichni boshlab bergan. Yerning geologik taraqqiyot tarixi, uning rivojlanish davrlari va rivojlanish bosqichlariga ajratish bilan ko‘plab geologlar shug‘ullanganlar. Natijada geoxronologiya paydo bo‘lgan. Geoxronologiya (geologik yilnoma) – yer po‘stidagi tog‘ jinslarining hosil bo‘lish ketma-ketligi va yoshi haqidagi ta’limot. Geoxronologiya mutlaq va nisbiy geoxronologiyaga bo‘linadi. Mutlaq geoxronologiyada Yerning yoshi yillar bilan ifodalanadi. Nisbiy geoxronologiyada esa, tog‘ jinslarining ketma-ket qatlamlanib joylanishiga asoslaniladi. Bunga ko‘ra, ustida yotgan qatlam (cho‘kindi jinslar qatlamlarining dastlabki holati buzilmaganda) ostidagidan yosh bo‘ladi.
Geoxronologik shkala – geoxronologik bo‘limlarning iye rarxiya (quyi bo‘limlarning yuqori bo‘limlarga bosqichma-bosqich bo‘ysinish) tizimi. Shkalada eng yirik birlik supereon bo‘lib, ular 2 ta: tokembriy va fanerozoy. Tokembriy supereoni xades, arxey (yoki arxeozoy) va proterozoy eonlariga bo‘lingan, fanerozoy supereoni esa shu nomdagi bitta eondan iborat. Eonlar, o‘z navbatida, bir nechta eralarni birlashtiradi. Masalan, fanerozoy eoni paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralariga ajratilgan. Eralar davrlarga, davrlar zamonlarga, zamonlar esa asrlarga bo‘lingan. Shkalaning yuqori qismi, ya’ni fanerozoy paleontologik metod asosida puxta tuzilgan, pastki qismi bo‘lgan tokembriy toshqotgan qoldiqlarning yaxshi saqlanmaganligi sababli paleontologik metod cheklangan bo‘lib, natijada bo‘limlarga unchalik mukammal ajratilmagan.
Stratigrafik va unga moslashgan geoxronologiya shkalasi 1881-yilda Italiyaning Bolonya shahrida ikkinchi xalqaro geologlar kongressida tasdiqlangan va o‘sha vaqtdan boshlab jahonda umumiy hisoblanadi. O‘tgan vaqt mobaynida paleontologik metodning takomillashishi natijasida olingan yangi ma’lumotlar asosida geoxronologiya shkalasiga aniqliklar kiritilib, o‘zgartirib borilmoqda. Shuning uchun turli yillarda nashr etilgan adabiyotlarda geoxronologiya jadvalida keltirilgan ma’lumotlar mos kelmaslik hollari uchraydi. Quyida keltirilgan Xalqaro geoxronologik jadvalda berilgan ma’lumotlar Xalqaro stratigra yakomissiyasining 2016-yil ma’lumotlari asosida tuzildi. (3-jadval)
Yer geologik taraqqiyotining tokembriy supereoni 4 mlrd yil davom etgan. Bu bosqich Yer tarixining sayyora shaklini olgan kundan boshlanib, proterozoy, arxey va xades eonlarini qamrab oladi va bundan 541–570 mln yil oldin tugagan. Bu bosqichda tektonik harakatlar, magmatizm hodisalari, Yerni meteoritlar “yomg‘iri toshbo‘ron” qilishi kuchli ro‘y bergan. Atmosfera, asosan, azot, ammiak, karbonat angidridi, suv bug‘lari, metan, vodorod, inert gazlar, kislotalardan tashkil topgan. Ayrim olimlarning kricha, dastlabki atmosfera kislorodsiz bo‘lgan. Yer po‘sti sovigandan (suvning qaynash haroratidan pastga tushganidan) so‘ng Yer yuzasining ma’lum pastqam joylarida kichik suv havzalari (ko‘llar va dengizlar) paydo bo‘ladi. Ular bir-biri bilan tutashib katta suv havzalarini hosil qilgan va ular okean deb atalgan. Bosqich oxirlarida tog‘ jinslarining nurashi va eroziya natijasida cho‘kindi jinslar to‘planishiga sharoit yuzaga kelgan. Olimlar litosfera, atmosfera va gidrosferalarning hosil bo‘lishida vulqonlar asosiy vazifani bajargan, deb hisoblaydilar.
IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1. Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
2. Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.
“Tasdiqlayman”
_______________________
Sana “____”________________201___-yil.
Mavzu: GEOGRAFIK QOBIQ VA UNING UMUMIY QONUNIYATLARI
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetentsiyasi: geografiya fanining o’rganish ob’ekti va predmeti, murakkab tuzilishga ega bo’lgan fanlar tizimi ekanligi, zamonaviy tadqiqot usullari mohiyatini tushunadi va tushuntira oladi. Yer yuzi tabiatiga fazoviy (tashqi) va sayyoraviy (ichki) omillarning ta’sirini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik qobiqning asosiy qonuniyatlarini anglaydi va misollar bilan izohlay oladi. Geotizimning mohiyati, ularning turli taksonomik birliklarga mansub bo’lishi va zonallik qonuniyatiga bo’ysunishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik muhit va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosaatlarining tarixiyligini tushunadi va tushuntira oladi. Zamonaviy demografik jarayonlar va ularning mohiyatini tahlil qila oladi. Urbanizatsiya jarayonining muammoli qirralarini tushunadi. Jahon iqtisodiyotining markazlari, o‘sish qutblarini ajratadi, ularning o‘zgarib borishini anglaydi. Dunyoning geosiyosiy tizimi, uning tarixiyligi va hozirgi zamon muammolarini tushunadi. Insoniyatning global muammolari haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Yevropa subregionlarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning tarixiy-geografik ildizlarini izohlay oladi. AQSh ma’muriy-hududiy tuzilishi va itimoiy-iqtisodiy rayonlashtirilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Lotin Amerika subregionlarini ajrata oladi.
Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetentsiyasi: qit’alar, yirik mintaqalar, subregionlar, xalqaro tashkilotlarning nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetentsiyasi: geografik tadqiqotlar usullari ichida kartografik usul alohida ahamiyat kasb etishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik xaritalar yordamida dunyoning mintaqalarining tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga tavsif bera oladi va qiyosiy tahlil qila oladi.
Darsning blok sxemasi:
№
|
Darsning qismlari
|
Belgilangan vaqt.
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Darsning maqsadi:
- o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan geografiya darsligi bilan tanishtirish;
- darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;
- darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;
- o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari:
1. 10 sinf, geografiya darsligi.
2. Mavzuga oid chizmalar
3. Doska, bo‘r, daftar.
4. Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:
1. Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
2. Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
1. Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
2. Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
3. O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.
|