• Q uyosh energiy a si.
  • Mavzu: Geotermal elektr stansiyalar Kirish




    Download 1.08 Mb.
    bet5/16
    Sana23.01.2023
    Hajmi1.08 Mb.
    #39061
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Mavzu Geotermal elektr stansiyalar Kirish (1)
    davlat-standarti-asosida-chizmalarni-taxt-qilish, Test tayyorlanishga (2), Asbobsozlik materiallari Qirindi hosil bo’lish jarayoni, Testlar to\'plami 2021, маруза, Referat Psixologiya fanidan Mavzu Temperament va uning tiplari, Хавоканд, MInimalizm uslubining milliy uylarimizdagi muhim jihatlari, ttb 6, Исокжонов Жамшидбек 89 А 20-гурух, xx asrning 60-80-yillarida ozbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolari, Саволлар Коллеж учун, betlik, 55555, lira
    Qayta tiklanuvchi energiya manbalari: O’zbekistonda qayta tiklanadigan energetika sohasidagi davlat siyosatida sanoati rivojlanagan, shu bilan birga rivojlanayotgan qator mamlakatlarning qayta tiklanadigan energiyadan foydalanishdagi rivojlanish tajribasi va ularning miqyosi hisobga olingan. Bu shuni ko’rsatdiki, qayta tiklanadigan energetika sohasida aniq maqsad va vazifani belgilashi hamda davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi – qayta tiklanadigan energiyaning an’anaviy energiya ishlab chiqarish texnologiyasiga nisbatan raqobatbardosh bo’lishiga ko’maklashadi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalanishga bir qadar salmoqli mablag’ sarflansa-da, ular iqtisodiy jihatdan o’zini oqlaydi. An’anaviy yoqilg’i bilan ishlaydigan energetika tufayli havoga chiqayotgan oltingugurt, azot, uglerod oksidlari uzoq masofaga tarqaladi. Bundan tashqari, ular yomg’ir suvlari bilan qo’shilib, kislota birikmalariga aylanadi hamda yomg’ir tarkibida yerga tushib, o’simliklarga, tuproqqa salbiy ta’sir ko’rsatadi. Atrof muhitda bunday kislotalarning ko’payishi oqibatida, og’ir metallar oziq-ovqatlarga va pirovardida shu mahsulotlar orqali inson organizmiga ta’sir ko’rsatadi. Bunda bir zarar ikkinchi bir zararni ham o’zi bilan birga olib keladi.
    Qayta tiklanadigan energiya – yer biosferasida to’xtovsiz qayta tiklanadigan va insoniyat miqyosida tuganmas hisoblanadi. Ular – quyosh energiyasi, shamol, okean, daryo, yer osti konlari, bioenergiyadir. Qayta tiklanadigan energiyaning asosiy foydali tomoni – tuganmasligi va ekologik sofligidir. Undan foydalanish sayyoraning energiya muvozanatini o’zgartirmaydi, ya’ni tabiat jarayonlariga ta’sir etmaydi. Bu sifatlari qayta tiklanadigan energetikani chet ellarda, mana endi, Respublikamizda rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Sir emas, O’zbekiston qayta tiklanadigan energiya bo’yicha ma’lum imkoniyatlarga ega. Yalpi imkoniyat 51 mlrd. t. n. e. (jadvalda ifodalangan) atrofida, lekin hozirgi texnologiya darajasi undan 179 mln.t.n.e.dan foydalanishga imkon bermoqda. Hattoki, qidi ruv orqali topiladigan yoqilg’ilarni ishlab chiqarishning joriy yillik hajmidan 3 marotaba ortiq.
    Quyosh energiyasi. O’bekistonda quyosh energiyasi imkoniyati hammasidan ko’ra ko’proq. Yalpi quyosh energiyasining imkoniyati o’rtacha 51 mlrd. t. n. e, texnik imkoniyati esa - 177 mln.t.n.e..Bunda quyosh energiyasi butun mamlakat hududi bo’ylab barchaga barobar bo’lib, uni energetika balansiga jalb etish, aholini elektr va issiqlik energiyasi bilan ta’minlash masalasini, ayniqsa, chekka joylarda tezroq echimini toppish imkonini beradi. Quyosh – eng yaqin yulduz, usiz bizning sayyoramizda hayot bo’lishi mumkin emas. Kishilar o’zining hayotida quyosh energiyasidan u yoku bu usul bilan bu haqida o’ylab ham o’tirmay, foydalaniladilar. Masalan, hovliga kir yoysak – biz quyoshdan kelayotgan issiqlik energiyasini ishlatamiz. O’zbekiston quyosh energiyasidan foydalanishda katta salohiyatga ega. Mamlakatimiz iqlim sharoitlari quyosh energiyasidan foydalanish uchun juda qulay. O’zR FA «Fizika – quyosh» ilmiy tekshirish instituti mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko’ra, O’zbekiston hududiga tushadigan quyosh energiyasining miqdori, o’rtacha hisob bilan aytganda, mamlakatda boshqa manbalardan olinadigan energiyadan to’rt barobar ko’p ekan. Shu bilan birga, O’zbekiston kristalli kremniy olish uchun xom ashyo zahiralariga ham ega. Uning asosida butun dunyoda 90 foiz fotoelektrik modullar ishlab chiqariladi. Kremniy konlari Jizzax va Samarqand viloyatlarida mavjud. Navoiy va Angren erkin indistriual hududlarida texnik kremniy ishlab chiqaradigan zavodlarni ishga tushirish ustida ishlar olib borilmoqda. Ushbu resurs zahirasi quyosh energetikasi sohasida muhim jamlovchi mahalliy ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun imkon yaratadi.

    Download 1.08 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 1.08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Geotermal elektr stansiyalar Kirish

    Download 1.08 Mb.