Mavzu: Geotermal elektr stansiyalar Kirish




Download 1.08 Mb.
bet2/16
Sana23.01.2023
Hajmi1.08 Mb.
#39061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Mavzu Geotermal elektr stansiyalar Kirish (1)
davlat-standarti-asosida-chizmalarni-taxt-qilish, Test tayyorlanishga (2), Asbobsozlik materiallari Qirindi hosil bo’lish jarayoni, Testlar to\'plami 2021, маруза, Referat Psixologiya fanidan Mavzu Temperament va uning tiplari, Хавоканд, MInimalizm uslubining milliy uylarimizdagi muhim jihatlari, ttb 6, Исокжонов Жамшидбек 89 А 20-гурух, xx asrning 60-80-yillarida ozbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolari, Саволлар Коллеж учун, betlik, 55555, lira
Asosiy qism
Energiya sayyoramizdagi barcha mavjudotlar va o`simliklarning hayotiy ehtiyoji hisoblanib, u ishlab chiqarishni takomillashtiruvchi muhim omillardir. Muqobil energiya manbalari va ularning yangi turlarini o`zlashtirish barobarida kelajak avlod uchun qayta ishlanmaydigan zahiralar (gaz, neftь, ko`mir)ni saqlab qolish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Iste’molchilarning energiyaga nisbatan oshib borayotgan ehtiyojini to`la qondirish, bu jarayonda atrof-muhitga yetkazilayotgan salbiy ta’sirlarni kamaytirish vazifasi energetika sohasidagi ishlarni yanada takomillashtirishni, qayta tiklanuvchan, noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanishni taqozo etayotir. Demografik va statistik xisoblashlar shuni kursatadiki, 21 asrning oxiriga kelib axoli soni 12 mlrd kishini tashkil kiladi. Usha davrga borib dunyo axolisining kishi boshiga to`g`ri keladigan energiyasi 20 kvt yil bu degani 7,312 Mvt energiyaga to`g`ri keladi. Xozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda ishlab chikarilayotgan energiya kursatkichi (AKD1, Kanada, Shvetsiya, Germaniya, Frantsiya, va Yaponiya) 10 kvt yilni tashkil kiladi. Bu kursatkich 6% ni, ishlab chikarilayotgan energiya 22% davlatda esa 7 kvt yilni 72% davlatda esa 2 kvt yilni tashkil kiladi. Olimlar va mutaxassislarning fikricha, kuzatilayotgan global isish jarayonlari va boshqa tabiat anomaliyalari ko`p jihatdan organik yoqilg`i turlaridan foydalanadigan issiqlik elektrstansiyalari, sanoat korxonalari ishlashidan hosil bo`ladigan gazlarning, shuningdek, ichki yonish dvigatellaridan chiqadigan ishlatilgan gazlarning atmosferaga chiqarib tashlanishi bilan bog`liq.
Holbuki, uglevodorod xomashyosini tejash va tabiatning ekologik holatini yaxshilash qayta tiklanadigan muqobil energiya manbalaridan faol foydalanish yo`li bilan ta’minlanishi mumkin. Mazkur energiya turlarining afzalligi shundaki, ular uglevodorod resurslarini elektr toki ishlab chiqarish maqsadida shunchaki yoqib yuborish o`rniga, ulardan neft kimyosi sanoatida foydalanish uchun bu resurslarni bo`shatib olish imkonini beradi.
Toza ekologik energiyani qayyerdan va qancha miqdorda olish mumkin.

  1. Dengiz tulqinlaridan- 0,03q

  2. Shamol yordamida 0,04 q

  3. Suv resurslari hisobiga -0,065 q

  4. Quyosh nurlari hisobiga 10 q

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yurtimiz iqlim sharoitida quyosh, suv, shamol, biogaz singari noan’anaviy energiyalardan foydalanish borasida ulkan imkoniyatlar mavjud. Mamlakatimiz hududlarida yilning qariyb 350 kuni quyoshli bo`ladi, doimiy shamol esib turadigan ochiq maydonlar ko`p. Bunday tabiiy salohiyat bugungi kunda jahon miqyosida tobora ommalashib borayotgan yuqori samarali qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish uchun qo`l keladi.
O`zbekistonda qayta tiklanadigan enegiyaning yangi potentsiali deyarli 51 mlrd. t.n.e. ni tashkil etadi. Unda gidro energiyaning hissasi 9.2 mln.t.n.e. Quyosh enegiyasi 50973 mln t.n.e. Shamol energiyasi.2.2 mln t.n.e. va geotermal energiyasi hissasi esa. 0.2 mln t.n.e. dir. Umumiy texnikaviy potentsiali esa 179 mln t.n.e. ni tashkil etadi(gidro–1.8, quyosh– 176.8, shamol–0.4 mln t.n.e.) Hozirgi vaqtda mavjud texnikaviy potentsialdan bor yo`g`i 0.3 foizi foydalanilmoqdaki, bu ham bo`lsa gidroenegiya hissasiga to`g`ri keladi. O`zbekiston daryolarining texnikaviy potentsiali 21 TVt soat bo`lib shundan kichik gidroenegetika hissasi 10.4 TVt soatni tashkil etadi. Umuman daryolarimiz, suv havzalari va konlardagi umumiy quvvat 5,8 GVt soat bo`lgan 250 ta GES larni qurish imkoniyatlari mavjud. Hozirgi vaqtda bu potentsialning uchdan bir qismidan foydalanilmoqda: 31 ta GES 1,7 GVt quvvat bilan ishlab, yiliga 5,0–7,0 TVt soat elektr energiya xosil qilmoqda.
Respublikamizda qayta ishlangan energiya manbalaridan foydalanishni joriy etishning asosiy omillari — chekka hududlarga energiya yetkazib berishdagi muammolarni bartaraf etish, fermer xo`jaliklarida energiyadan foydalanish darajasini oshirish, chuqur quduqlar qazish va elektr nasoslardan foydalanish orqali suv bilan ta’minlash ishlarini yaxshilashdir. Bundan tashqari aholi soni ko`payishi natijasida energiyaga bo`lgan talab bir necha marotaba ortib, bu holat atrof-muhit ifloslanishi hamda kelajakda tabiiy energiya zahiralari yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.
Aytish kerakki, energiya bilan ta’minlash jarayonida quvvatni yangi texnologiyalar asosida qayta ishlash an’anaviy energiya bilan ta’minlash uslublariga qaraganda ancha arzonga tushadi. Bugungi kunda fermerga irrigatsiya tadbirlarini mustaqil ravishda olib borish imkonini beruvchi muqobil energiya manbalari (artezian quduq suvlari bilan sug`orish) muhim ahamiyat kasb etadi. Suvni chuchuklashtirish, fermer xo`jaliklarini elektr energiyasi bilan ta’minlash ishlarida ham shunday hollar uchraydi. Texnik jihatdan olib qaraganda, avtomatlashtirilgan va kompьyuterlashtirilgan boshqaruv tizimlari sharoitida qishloq xo`jaliklarida muqobil ish jarayonlarini yaratish qiyinchilik tug`dirmaydi.
Quyosh va shamol energiyasida ishlovchi modulь tizimlarining ustunligi ularning ekologik jihatdan tozaligidir.Olim va mutaxassislarimiz bu borada keng qo`llaniladigan zamonaviy texnologiyalarni yaratish bo`yicha ko`plab loyihalarni taklif etmoqda. Ilmiy izlanishlar natijasida yaratilgan ilg`or texnologiyalarni amalga keng joriy etish, quyosh, biomassa, suv va shamol energiyalaridan foydalanishning yangi va samarali usullarini izlab topish maqsadida O`zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi huzurida “Eko-yenergiya” ilmiy-tadbiqiy markazi tashkil etilgan. Mazkur markaz tashabbusi bilan yurtimizning turli hududlarida quyosh energiyasi asosida ishlaydigan ko`plab fotoyelektr stansiyalari ishga tushirildi.Toshkent, Farg`ona, Andijon, Namangan va Xorazm viloyatlarida qishloq vrachlik punktlari va boshqa inshootlarga quyosh va shamol kollektorlarini o`rnatish bo`yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar tabiiy gazni tejash, muqobil energiyadan foydalanishni rivojlantirish hamda energetika ta’minotini yaxshilash imkonini berayotir.
Muqobil energiya turlari, chunonchi geotermal energiyaning, quyosh, suv, shamol va biomassa energiyasining (shu jumladan, maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilishdan olinadigan energiyaning) imkoniyatlari katta.
Hozirgi kunda neft, ko‘mir va gaz konlarining borgan sari tugab borayotganligi global energiya falokatiga etaklamoqda. Buning uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiyani tejash kelajakda ham yaxshi yashash uchun najot yo‘li bo‘lib, dunyo aholisining asosiy qismini omon qolishini ta’minlaydi. Tuganmas yoki qayta tiklanadigan tabiiy resurslardan energiya olish imkoniyatiga ega bo‘lgan qurilmalar an’anaviy xom ashyolarga qaramlikni bartaraf etadi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalariga butunlay o‘tish kelajakdagi energiya tanqisligi muammosini bartaraf etish imkonini beradi. Zamonaviy jahon iqtisodiyotining barcha yutuqlari neft, gaz, ko‘mir va harakatlar: metroda harakatlanishdan boshlab to oshxonada choy qaynatishgacha oxir-oqibat, ushbu tarixiy taraqqiyot mahsulini yoqib tugatishga qaratilgan. Asosiy muammo shundaki, osonlik bilan erishiladigan ushbu energiya resurslari qayta tiklanmaydi. Ertami-kechmi, insoniyat yerning qa’ridagi barcha ko‘mirni kovlab oladi, neftni qazib chiqaradi va gazni yoqib tugatadi. Shundan so‘ng bir choynak choyni nimada qaynatamiz degan muammoga duch keladi. Shu bilan birga yoqilg‘i yoqishning salbiy ekologik ta’sirini ham unutmaslik kerak. Atmosferada yig‘iladigan zaharli gazlar miqdorining ortib borishi issiqxona effektini keltirib chiqarishi, butun sayyora bo‘ylab haroratning ortishiga sabab bo‘lishini ham yoddan chiqarmaslik lozim. Yonuvchi mahsulotlardan ajralib chiqadigan tutun va zaharli gazlar havo musaffoligini buzadi. Ayniqsa, katta shaharlarda istiqomat qiladigan aholi ushbu salbiy ta’sirni o‘zlarida juda yaxshi his qilishadi. Biz kelajak haqida doimo o‘ylaymiz, hatto bu kelajak bizning davrimizda kirib kelmasada. Jahon hamjamiyati qazilma boyliklar miqdorining cheklanganligini va ulardan foydalaninishning atrof-muhitga salbiy ta’sirini azaldan tushunib etgan va tan olgan. Hozirda jahonning yetakchi mamlakatlari ekologik toza, qayta tiklanadigan energiya manbalariga bosqichma-bosqich o‘tish dasturlarini ishlab chiqqan va uni amalga oshirmoqda. Butun dunyodagi insoniyat, qazilma yoqilg‘ilarni boshqasiga almashtirishni asta-sekinlik bilan amalga oshirish ustida ishlayapti. Uzoq vaqtdan buyon butun dunyoda quyosh, shamol, oqim, geotermal va gidroelektrostansiyalardan foydalanilmoqda. Hozirda ushbu manbalardan insoniyatning barcha ehtiyojlarini qondirish uchun hech qanday to‘siq mavjud emas. Aslini olganda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishda juda ko‘p muammolar mavjud. Masalan, energiya resurslarining geografik taqsimlanish muammosi. Shamol elektr stansiyalarini faqat kuchli shamollar tez-tez esadigan joylarda, quyosh - quyoshli kunlar ko‘p bo‘lgan hududlarda, gidroelektrostansiyalar - yirik daryolar bo‘yida qurilishi kerak. Neft yetarli ammo, hamma joyda emas, lekin uni oson etkazib berish mumkin. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ikkinchi muammosi - beqarorlik. Shamol elektr stansiyalarida energiya ishlab chiqarish shamolga bog‘liq. Shamolning paydo bo‘lish vaqti, tezligi, yo‘nalishi, esish yoki esmasligi uning muammoli jihati hisoblanadi. Quyosh elektr stansiyalari bulutli ob-havo sharoitida yomon ishlaydi, kechqurungi qorong‘ulik uning salbiy tomoni hisoblanadi. Afsuski shamoldan ham, quyoshdan ham elektr energiyasi iste’molchilarining talab va ehtiyojlariga bog‘liq holda foydalanib bo‘lmaydi. Issiqlik yoki atom elektr stansiyasilarida elektr energiyasini ishlab chiqarish, tashqi faktorlarga bog‘liq emas va doimo o‘zgarmasdan qoladi. Ushbu elektrostansiyalarni osonlik bilan boshqarish mumkinligi ularning ustun tomonlaridan dalolatdir. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridagi mazkur muammoni faqatgina katta energiya akkumulyatorini qurish, elektr energiyasi oz miqdorda ishlab chiqarilgan paytda, zaxira manbadan qo‘shimcha ta’minlash orqali hal qilish mumkin. Ammo bu holda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga asoslangan butun tizimning juda qimmatlashuviga olib keladi.
Geotermal so‘zi grekchadan geo - yer va thermy - issiqlik so‘zlari bo’lib, geotermal energiya - yer issiqligi energiyasi deb ataladi. Yer qa’rida juda katta issiqlik miqdori mavjud. Undan juda arzon va ekologik zararsiz bitmas-tuganmas energiya olish mumkin , hisoblarga ko‘ra, yer bag‘rida to‘plangan issiqlikdan olinadigan energiya yer yuzidagi hamma organik yoqilg'i zahirasidan olnadigan energiyadan bir necha barobar ko‘p ekan. Ammo bu issiqlik energiyasi faqatgina yer ostidagi qaynoq suvlardan olinadi, xolos. Bu suvlar ikki turga bo’linadi . 1. Termal (issiq) suvlar - ularning temperaturasi 100°C gacha boiadi. 2. Paragidrotermal suvlar - ularning temperaturasi 100°C dan ortiq boiadi.O ita Osiyoda temperaturasi 40-200°C atrofida o‘zgaradigan umu- miy oqim sarfi 0,55 mln.m3/kun boigan geotermal suvlar zahirasi mavjuddir. Hozirgi vaqtda geotermal suvlardan faqatgina xalq xo‘jaligining kommunal xo‘jaligida (uylarni isitish va issiq suv bilan ta’minlash), parniklarda va davolash maqsadlarida ishlatiladi.




Hozirgi kunda iste’mol qilinayotgan energiyaning 80 foizi tabiiy yoqilg’ilar deb ataluvchi ko’mir, neft, gazlarni yoqish natijasida olinmoqda. Tabiiy yoqilg’ilar yana bir necha o’n yil asosiy energiya manbai bo’lib qoladi. Keyin esa energiya olishning boshqa yo’llarini topishga to’g’ri keladi.



Tabiiy yoqilg’ilardan tashqari energiya olishning yana bir manba – bu gidroelektrostansiyalardir. Ammo bunday gidrostansiyalar qurish uchun ko’plab gektar o’rmonlardan, yaylov va hosildor erlardan voz kechishga to’g’ri keladi. Gidrostansiyalarning sun’iy dengizlari bu yerlarni o’z suvi bilan bosib ketadi. Bu sun’iy dengizlar atrofidagi yerlar yer ostining sho’r suvlari ko’tarilishi natijasida yaroqsiz holga keladi.
Uchunchi energiya manbai, atom elektr stansiyalaridir. Ammo bu stansiyalarning naqadar xavfli ekanligini Chernobil Atom elektrostansiyalarida bo’lgan falokat yaqqol ko’rsatdi. Ammo hayot doim o’sishda. Xalq xo’jaligining energiyaga bo’lgan ehtiyoi tobora o’sib boraveradi va bisoniyat energiya hosil qilishning yangi – yangi yo’nalishlarini qidirib topishga majbur. Birinchidan, ko’plab tadqiqotchi olimlarning diqqat e’tibori hozir noan’anaviy va qayta tiklanadigan energiya manbalari deb ataluvchi – quyosh, shamol, geothermal, dengiz suvining ko’tarilishi kabi energiyalardan foydalanish muammolariga qaratilgan. Ma’lumki, issiqlik ajratish xususiyati 2,93. 104 kj/kg yoki 3 107 j/kg bo’lgan yoqilg’i shartli yoqilg’i deyiladi. Berilgan yoqilg’ini shartli yoqilg’iga aylantirib hisoblashda va aksincha shartli yoqilg’ini berilgan yoqilg’iga aylantirib hisoblashda kaloriya ekvivalenti deyiladigan kattalikdan foydalaniladi.
E = Qiq / 29300
Bu yerda Qiq - yoqilgining quyi issiqlik ajratish xususiyati.
Bu turdagi energiyalarning xalq xo’jaligiga qo’shayotgan hissasi kam bo’lsa –da, ammo hozirgi paytda shunday qiziqarli loyihalash ishlari bajarildiki, bu loyihalar amalda qo’llanilsa, energiya olish va foydalanishni tubdan o’zgartirib yuborilishiga imkoniyat yaratiladi.
Ikkinchidan, yangi yoqilg’i bazalarining shimoliy – sharq tomonga siljishi, geologik tadqiqot ishlarining murakkablashgani, iqlim sharoyiti og’irligi, yoqilg’i qazib chaqarilayotgan manbalardagi sharoyitning qiyinligi, moddiy texnika ta’minotining yetarli emasligi energetika yoqilg’i xomashyalarini qazib olishni noqulaylashtiradi. Natijada, yoqilg’i energetika xomashyasining tannarxi oshmoqda.
Uchunchi muammo: xalq xo’jaligida yoqilg’i miqdorining kam bo’lgan turi – neft va gazning kop miqdorda ishlatilayotganidir. Ularning yoqilg’i – energetika balansidagi miqdori 70 foizga yetdi.
To’rtinchi muammo: ko’mirning energetik ahamiyati va sifatining yomonlashuvi. Bu muammo kelajakda past navli yoqilg’i ko’proq ishlatilgani sari murakkablashib boraveradi.
Beshinchi muammo energiya iste’moli oshishi natijasida atrof – muhitning ifloslanish darajasining oshishi.
Mana shu kabi muammolarni an’anaviy energiya manbalarini keng rivojlantirishga undaydi. Potensial imkoniyatning yuqoriligi, manba bitmas – tuganmas ekanligi, ekologik sofligi, foydalanish masshtabi qanchalik keng bo’lmasin, sayyoraning yog’ilgi balansiga salbiy ta’sir etmasligi uni o’zlashtirishga qiziqishni oshirmoqda.
Hozirgi kunda qayta tiklanadigan va noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanish sohasida ko’plab texnologiyalar taklif etilganki, ularni bemalol amalga oshirish mumkin. Ammo, qayta tiklanadigan va noan’anaviy energiya manbalari (QT va NEM) ning rad qilib bo’lmaydigan ustunliklari bilan bir qatorda u yer yuzida tarqoq ekanligi natijasida olinadigan quvvat uchun sarf – xarajat ham ortib tushadi. Shu sababli, hozircha QT va NEM an’anaviy energiya manbalaridan foydalanish odatdagi energiya manbalaridan foydalanish bilan raqobatlasha olmaydi. Shunga qaramay, ba’zi ilmiy texnikaviy yechimlarni hozirdanoq amalda qo’llash orqali erishilgan yutuqlar ko’rsatadiki, ular yaqin yillardayoq iqtisodiy o’z – o’zini oqlaydi.
Ma’lumotlarga qaraganda, qayta tiklanadigan va noan’anaviy energiya manbalari (QT va NEM) dan foydalanish natijasida 2020 – yilga kelib 2,6 mlrd, tonna shartli yoqilg’ini tejash mumkin. Qayta tiklanadigan energiyalarni tadqiq etishni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari va dasturi quyidagilardan iborat.
a) bug’ trubinali quyosh elektrostansiyalarini ishlab chiqarish va ishga tushurish;
b) avtonom (iste’molchilar uchun fotoelektr) qurilmalarni loyihalash va ishlab chiqarish;
d) quyosh nuridan foydalanib ishlovchi issiq suv ta’minoti, isitish va havoni kondensatsiyalash sistemalarini loyihalash va qurish;
e) geo IES qurish va ishga tushirish;
f) geotermal issiqlik ta’minotini loyihalash va qurish.
g) shamol energiyasi agregatlari va shamol elektr stansiyalari (ShES) ni loyihalash hamda ishlab chiqarishga joriy etish (bu borada< ijobiy natijalarga erishilgani diqqatga sazovordir).
Quyosh energiyasi hisobiga issiq suv olish uchun quyosh suv isitish qurilmalaridan foydalanilmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda bir kunda o’n ikki kub metr suvni quyosh nuri bilan isitadigan qurilmalar ishlab turubdi. Quyosh energiyasidan qishloq xo’jaligida parnik va issiqxonalarni isitish, mevalarni quritish, ilmoq yetishtirish, uylarni va pillaxonalarni isitishda, beton va temir beton buyumlarni quritishda va bug’lantirib ishlov berishda, kombinatsiyalashtirilgan barabanli quritkichda paxta va donador (bug’doy, no’xat, mosh, va h.k.) qishloq xo’jalik mahsulotlarini quritishda foydalanilmoqda. Quyosh energiyasidan foydalanib qishda uylarni isitish va yoz oylari sovutish bo’yicha Respublikamiz olimlari professor R.R.Avezov rahbarligida yangi loyihalarni ishlab chiqdilar. Bunday geliouylarning xarakterli tomonlari shundan iboratki, uylar qish oylarida, havo bir necha sutka davomida bulutli bo’lib turganida ham, quyoshli kunlarda maxsus issiqlik akkumulyatorlarida topilgan energiya hisobida isitiladi, ayrim hollardagina isitish manbalaridan foydalaniladi.
Keyingi paytda tibbiyotda quyosh energiyasidan quyosh vannalari yordamida biologic
to’qimalarni davolashga alohida e’tibor berilmoqda. Dozalangan quyosh radiastansiyasidan davolashda (gelioterapiyada), shuningdek, organizimni chiniqtirish vositasi sifatida foydalanadilar.
Biologik sistemadan amaliy foydalanish uchun quyosh energiyasini qayta tiklash usullarini loyihalash va uskunalar ishlab chiqarish zarur.
QT va NEM ning asosiy yo’nalishlari quyidagilar.
1. Issiqlik energiyasi. Bu energiyaning asosiy manbalaridan biri quyoshning issiqlik nurlanishi, ikkinchisi esa yer osti issiqligi.
2. Kimiyoviy energiya fotosintez mahsulotlari.
3. Mexanik energiya. Shamol, dengiz to’qinlari, dengiz ko’tarilib – tushishi, dengiz oqimi va h.k.
4. Yorug’lik energiyasi. Quyoshning yorug’lik nuri.
Hozircha amalga oshirilgan tadqiqot ishlari shuni ko’rstadiki, barcha texnik jihatdan amalga oshirish bo’lgan QT va NEM texnologiyasini quyidagi alomatlariga qarab bo’laklash mumkin.
a) iqtisodiy jihatdan hozirdan amalga oshirish mumkin; b)iqtisodiy jihatdan yaqin (15 – 20) yillarda amalga oshirish imkoniyati bor;
c) iqtisodiy jihatdan 30 – 40 yillarda amalga oshirish mumkin; d)iqtisodiy jihatdan foydalana olish muammo yoki uzoq ( 40 –50) yillardan so’ng mumkin.
Keyingi yuz yil ichida insoniyat energetika boyliklari ehtiyojini misli ko’rilmagan darajada darajada ko’paytirdi, bu esa unga tabiatga jiddiy va oqibatlari uzoqqa jo’ziladigan ta’sir o’tkazish imkonini berdi. Fan-texnika taraqqiyoti davrida bu ko’rsatkichlar yana o’sib boradi. Rivojlanga mamlakatlarda tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmi endilikda har 15 yilda ikki barobarga oshmoqda. Shunga muvofiq ravishda atmosferani, suv havzalarini, tuproqni ekologiyasini buzuvchi xo’jalik faoliyati chiqindilari miqdori ham ikki barobar ko’paymoqda. Rivojlangan mamlakatlarda tabiatdan har yili jonboshiga 30 tonna modda chiqarib olinadi, shunday ayrim hollarda 1-1,5 foizga yetar-yetmasi iste’mol qilinadigan mhsulot shakliga kiradi, qolgani esa ko’pincha tabiat uchun juda xavfli bo’lgan chiqindiga aylanadi. asrab-avaylash, energiya manbalaridan oqilona foydalanishni talab qiladi. Hozirgi paytda qazib olinadigan yoqilg’ilar organic yoqilg’ilar asosan organik yoqil’gilar hisoblangan – ko’mir, meft’, tabiiy gaz va uran zahirasi dunyo energetikasi balansining asosi hisoblanadi. Energoresurslarning hozirgi darajada iste’mol qilishda dunyodagi neft’ zahirasi - 45–50 yilga, tabiiy gaz - 70–75 yilga, toshko’mir - 165–170 yilga etishi mumkin. Iqtisodiyotning kelajakdagi rivojlanishi, aholi sonining o’sishi va mavjud an’anaviy energiya ta’minoti hisobga olinsa, energiya ta’minoti mos ravishda ortib boradi. Undan tashqari, qazib olingan yoqilg’ilarning ishlatilishi atrof-mihitga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Respublikada energetika sektorining faoliyati tufayli tashlanadigan zaharli moddalard miqdori 80 foizdan ko’proqqa to’g’ri keladi. Bu tur energiya manbalaridan foydalanishning o’ziga xos qulay va noqulay tomonlari mavjud. Birinchidan - bu turdagi energiya manbalarining yerdagi zahiralari chegaralangan bo’lib, u vaqt o’tishi bilan kamayib boradi. Ikkinchidan – bu turdagi energiya manbalaridan foydalanish natijasida atrof-mihitga turli chiqindilar chiqarib tashlanadi. Bugungi kunda tabiiy yoqilg’I ishlatish miqdori dunyo bo’yicha 12 milliard tonna neft’ ekvivalentiga teng. Demak, dunyo miqyosida har bir kishiga taxminan 2 tonna yoqilg’i to’g’ri keladi. Ma’lumotlarga qaraganda, so’ngi 40 yil davomida butun insoniyat tarixi mobaynida qazib olingan organik yoqil’gidan ham ko’p yoqilg’i iste’mol uchun o’zlashtirilgan. Bu esa ularning zahirasini juda tez kamayib ketishiga sabab bo’lmoqda. 2050 yilga borib aholi soning 9-10 mlrd kishiga etishi energiyaga bo’lgan ehtiyojini 3 barobarga ortishiga olib keladi. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, har yili tabiiy yoqilg’ilarning ishlatilishi natijasida atmosferaga 200 mln. tonnaga yaqin qattiq zarrachalar, 200 mln. tonna oltingugurt gazi, 700 mln. tonna uglerod oksidlari, 150 mln. tonna azot oksidlari chiqarib tashlanmoqda. Buning natijasida tabiatda turli xildagi iqlim o’zgarishlari sodir bo’lishiga olib kelmoqda. Yer yuzida hozirgi vaqtda aholi foydalanib turilgan energetic manbalarni tahlili ko’rsatishicha, toshko’mir, 51,1 foizni, gaz 13,5 foizni, neft mahsulotlari 12,5 foizni, atom elektrostansiyalarda foydalaniladigan uran energiyasi 10,7 foizni, muqobil energiya manbalari (MEM) 13,2 foizni tashkil qilar ekan.
Energetika muammosi jahonda global muammo sifatida energiya manbalaridan foydalanish tizimini takomillashtirish hamda energetika tizimida muqobil, ekologik toza energiya manbalaridan foydalanish, energiya ta’minoti uzluksizligi va sifatini yuqori pog’onaga ko’tarishga xizmat qilishi lozim. Yer yuzida energiya tanqisligini oldini olish maqsadida hamda atrof-muhit musaffoligini saqlash maqsadida energiyaning boshqa manbalari: yer osti issiqlik energiyasi, shamol va quyosh energiasidan foydalanilmoqda. Ayni paytda dunyoning 80 ga yaqin mamlakatlarida muqobil energiya manbalaridan foydalanish dasturlari asosida ilmiy-tadqiqotlar va amaliy ishlar olib borilmoqda. Yuqorida keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki, oziq-ovqat, atrof-muhit muhofazasi va energetic muammolar uyg’unlashib borayotgan hozirgi vaqtda atrof-muhitni
O’zbekistonda qayta tiklanadigan muqobil energiya manbalaridan foydalanish katta istiqbolga ega va bu borada samarali ishlar amalga oshiriladigan hamda ilmiy tajribalar to’plangan. Ayniqsa quyosh energiyasidan foydalanish borasida boy tajriba mavjud. Quyosh energiyasining yillik salohiyati neft’ ekvivalentida 51 milliard tonnadan oshadi. Bu quyosh energiyasidan elektr ishlab chiqarish, issiq suv va isitish tizimi bilan ta’minlash, meva-poliz mahsulotlarni quritish va saqlash, sho’r va minerallashgan suvlarni chuchitish, yer ostidan suv chiqarish va boshqa ko’plab maqsadlarda keng foydalanish imkonini beradi. Umuman tabiatda foydalaniladigan energiya manbalarini ikki gurujga ajratish mumkin. Muqobil energiya manbalari qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan energiya manbalariga ajratiladi. Qayta tiklanadigan energiya manbalariga quyosh, shamol, oqar suv manbalaridan foydalanish, okean va dengiz suvlarining ko’tarilish va pasayish energiyasi, geotermal energiya, biogaz va maishiy chiqindilardan gaz olish kabilar kiritiladi (1.1-chizma). Mamlakatimizda bugungi kunda qayta tiklanadigan muqobil energiya manbalaridan foydalanish birmuncha tajribalar o’tkazilib, amaliy natijalarga erishilgan. Energiya manbalrining muqobili bo’lgan quyosh energiyasidan foydalanib, elektr energiyasini hosil qiluvchi qurilmalar – fotoeletr qurilmalar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Ammo, bu borada iqtisodiy qulay sharoit yaratish bilan sohani rivojlantirish uchun asos bo’ladigan huquqiy bazani takomillashtirish, uni tartibga soladigan yagona qonun loyihasining ishlab chiqishlishi va qabul qilinishi shubhasiz muhim ahamiyatga egadir. Respublikamiz hududidagi qayta tiklanadigan muqobil energiya manbalarining ulushi 50984,6 mln.t. n.e. deb olinadigan bo’lsa, suv energiyasi 9,2, quyosh energiyasi 50973, shamol energiyasi 2,2 mln.t. n.e.ga teng.

Download 1.08 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 1.08 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Geotermal elektr stansiyalar Kirish

Download 1.08 Mb.