• 5-rasm. Germaniya sanoatining taqsimlanishi 13
  • Mavzu: Germaniya iqtisodiyotining rivojlanish




    Download 1.88 Mb.
    bet12/21
    Sana15.05.2023
    Hajmi1.88 Mb.
    #60061
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
    Bog'liq
    Reja Kirish-fayllar.org
    БАЁН, Konchilik ishi va metallurgiya, MATEMATIKA 11-SINF 2023, formula 9 geometrya, Презентация1, brend, Sayfullayeva Sabina Ibragim qizi
    Sanoat sohasi. GFRning haddan tashqari «o’ta sanoatlashgan»iga
    qaramay keyingi yillarda YaIM tarkibida moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari va
    bandlar hissasining qisqarishi va xizmat ko’rsatish sohalari (bu tarmoq ulushi
    YaIMda 37% dan iborat) ulushining ko’payib borishi xosdir. Bu jarayon moddiy
    ishlab chiqarish tarmoqlarida ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini qo’llash (ishlab
    chiqarish xizmatlarining ortishi) orqali mehnat unumdorligining ortishi, aholi
    is’temoli tarkibining o’zgarishi va turmush darajasining yaxshilanishi, bo’sh
    vaqtning ortishi va boshqa iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos jarayonlar
    bilan bog’liqdir. Ayni vaqtda, yuqorida ta’kidlanganidek, Germaniya o’ziga xos
    xususiyatga ega bo’lib, bu davlatning sotsial yo’nalishlaridagi iqtisodiy siyosati,
    ta’lim, tabiatni qo’riqlash, sog’liqni saqlash, uy-joy qurilishi, sotsial ta’minot kabi
    sohalarda davlatning faolligi milliy iqtisodiyotda xizmatlarning ortishiga ijobiy
    ta’sir qilmoqda. Hozirgi vaqtda xilma-xil xizmatlar sohasida mehnatda bandlarning
    57% (bundan savdo va transportda 19%), davlat boshqaruvi sohalarida esa 15%
    band.

    5-rasm. Germaniya sanoatining taqsimlanishi13

    Transporti. Transport yo'llarining zichligi bo'yicha Germaniya jahonda oldingi o'rinlardan birini egallaydi. Yevropa kengashi bo'yicha sheriklari bilan bo'lgan iqtisodiy aloqalarning jadalligi va Yevropaning markazida joylashgani bilan bog'liq holda transportning barcha turlari rivojlangan. Transport tarmog`ning asosini temiryo'llar tashkil qiladi (44 ming km ga yaqin), shulardan 90 % i elektrlashtirilgan. Umumiy yuk aylanmasida asosiy o'rinni avtomobil transporti (60% atrofida) egallaydi, keyingi o‘rinlarda temiryo‘l transporti (20%), ichki suv (15%) va quvur transportlari turadi.
    Yo'lovchi tashishda avtomobil transportining hissasi yanada yuqori (90% ga yaqin). transportining hissasi yanada yuqori (90% ga yaqin). Oliy darajadagi avtomobil yo'llarining umumiy uzunligi 11 ming km dan ortiq. Konteyner tashuvchi kemalarning tonnaji bo'yicha Germaniya, AQSH, Panama, Tayvandan keyingi 4- o`rinni egallaydi. Mamlakatning dengiz portlari yuk aylanmasi bo'yicha Yevropa davlatlarining yirik portlaridan pastroq o'rinlarni egallaydi. Eng yirik dengiz portlari Gamburg, Vilgelmsxafen, Bremen, Emden, Rostok hisoblanadi. Mamlakat tashqi aloqalarda dengiz transporti qatorida havo transporti ham muhim ahamiyatga ega. Barcha yirik yarmarka markazlarida aeroportlar mavjud. Jami Germaniyada 16 ta xalqaro aeroportlar bor bo'lib, Frankfurt aeroporti Yevropada yuk tashish bo'yicha birinchi va yo'lovchi tashish bo'yicha uchinchi o'rinni egallaydi (Londonning "Xitrou” aeroportidan keyin).



    Download 1.88 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




    Download 1.88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Germaniya iqtisodiyotining rivojlanish

    Download 1.88 Mb.