• Yengil sanoat.
  • Oziq-ovqat sanoati.
  • Mavzu: Germaniya iqtisodiyotining rivojlanish




    Download 1.88 Mb.
    bet11/21
    Sana15.05.2023
    Hajmi1.88 Mb.
    #60061
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
    Bog'liq
    Reja Kirish-fayllar.org
    БАЁН, Konchilik ishi va metallurgiya, MATEMATIKA 11-SINF 2023, formula 9 geometrya, Презентация1, brend, Sayfullayeva Sabina Ibragim qizi
    Kimyo sanoati. Shimoliy Reyn-Vestfaliyayеri Germaniya kimyo sanoatining bosh rayoni hisoblanadi. (jami kimyo sanoati mahsulotining 40 foizi to'g'ri keladi). Mamlakatda kimyo sanoatining Leverkuzen (Vauyer konserni), Kyoln, Dormagen, Frankfurt-Mayn (Hoechst konserni), Lyudvigsxafen (BASF) kabi yirik markazlari shakllangan.Sharqiyyеrlarda esa (Germaniya birlashuvidan keyin) kimyo sanoati chuqur iqtisodiy krizis holatiga tushib qoldi. Asosan buyеrda kimyoviy o’g’itlar, dori-darmonlar, plastmassa buyumlari va sun’iy kauchuk ishlab chiqaradi.

    Yengil sanoat. Asosan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yengil sanoat Germaniyada oxirgi yillarda o‘sish surati pasaygan bo‘lsada yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqiroz tufayli ishlab turgan korxonalarga xom-ashyo yеtkazib berish pasaydi. Natijada bu korxonalarda, ya’ni qadimgi to‘qimachilik markazlari va Rur atrofidagi rayonlarda (“Bergeshis Land”, Krefeld, Myunsterland) va janubda (shimoliy sharqiy Bavariya, Augsburg) ishlab chiqarish ko‘rsatkichi pasaydi. Yengil sanoatning asosiy markazlari mamlakatning
    g‘arbida joylashgan shaharlar hisoblanadi.


    Oziq-ovqat sanoati. Turli ichimliklar ishlab chiqarish keng yo’lga qo’yilgan. Bundan tashqari sut va go’sht mahsulotlari ishlab chiqarish ham mavjud. Oziq-ovqat sanoati Germaniyada asosiy tarmoqlaridan biri hisblanadi. Oziq-ovqat sanoati, Germaniyaning yirik besh tarmoqlari avtomobilsozlik, elektrenergetika, mashinasozlik, kimyo sanoati qatoridan o‘rin olgan. 2012 yil oziq-ovqat sanoati aylanmasi 150 mlrd yеvroni tashkil etgan. Mamlakatda 5900 ta korxona va unda 544000 kishi ishlab turibdi. Oziq-ovqat sanoati korxonalari uchun kichik va o‘rta biznes korxonalari xarakterlidir. Bu korxonalarda ya’ni 75 foizida 100 kishidan iborat ishchilar faoliyat olib boradi. Oziq-ovqat sanoatida go‘shtni qayta ishlash, sutni qayta ishlash, qandolat va non va non mahsulotlari va alkogol ichimliklari ishlab chiqarish tarmoqlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari sabzovot mahsulotlarini qayta ishlash, mineral suv va salqin ichimliklar ishlab chiqarish tarmoqlari asosiy o‘rindadir. 2012 yil oziq ovqat sanoati aylanmasining o‘sish ko‘rsatkichi 1.2 foizni tashkil etdi. Mahsulotinng katta qismi 84 foizi
    umumyevropa bozorlariga, 16 foizi Yevropa ittifoqidan tashqariga, asosan Rossiya, AQSh, Shveysariyaga eksport qilinadi. Germaniya oziq-ovqat maxsulotlarining xorijda muvofiqiyatga erishgan besh jihatiga quyidagilar- yuqori sifati, mahsulotning xavsizligi, qulay narxdaligi, ishonchliligi va ta’m sifati. “Made in Germany” oziq-ovqat sifat ko‘rsatkichi bugungi kunda butun dunyoga mashhurdir. Oziq-ovqat , vino ishlab chiqarish, pivo ishlab chiqarish va boshqalar asoan mamlakat qishloq xo‘jaligida yеtkazib beriladigan xom ashyo hisobiga
    ishlaydi. Germaniyada to‘rt mingdan ziyod pivoning turli sortlari ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarilgan pivoning uchdan bir qismi eksport qilinadi. Vino ishlab chiqarish Reynda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Mozelya va reyn uzumlaridan tayyorlangan vinolar xorijiy mamlakatlarda mashxurdir. Mozelyani shu sababli
    “vino yo‘li” deb atashadi.



    Download 1.88 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




    Download 1.88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Germaniya iqtisodiyotining rivojlanish

    Download 1.88 Mb.