Banklararo ma'lumotlarning xalqaro tarmog’i




Download 349.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/20
Sana06.12.2022
Hajmi349.37 Kb.
#33404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Mavzu Global kompyuter tarmoqlari
18-ma\'ruza, 1-maruza, bmi nargiza, Презентация Microsoft PowerPoint, 2-sho\'ba. Razzoqov J, 811-20 Raximov M (2), Nomukammal bozorlarda firmalar faoliyati suxrob, Mavzu Global kompyuter tarmoqlari, Davriy sistemaning IVA, prepare manuscript publication scopus sciencedirect tools certificate (2), Kеrаmikа vа оlоvbаrdоsh mаtеriаlаr ishlаb chiqаrishdа hоzirgi zаmоn yutuqlаri 1 mavzu, ASSALOM, akt dan, АКТ
Banklararo ma'lumotlarning xalqaro tarmog’i 
Xalqaro 
banklar 
tarmog’i 
doimiy 
o’sib bormoqda. Ma’lumotlar va 
telekommunikatsiya xizmatiga nisbatan ortib borayotgan talabni qondirish uchun xalqaro 
tarmoq tashkil etilmoqda. U to’lovlarni o’tkazish, aktivlarni boshqarish va ma’lumotlar 
bilan ta'minlash bo’yicha kompleks xizmat ko’rsatadi. Ular ichida HEBS (Hexagon 
Electronic Banking System) kabi mashxur tarmoqlar mavjud. Lekin dunyoda eng yirik 
moliyaviy xabarlar tarmog’i SWIFT xisoblanadi. Bu tizimga qo’shilgan xar qanday bank 
o’zini jaxon moliya uyushmasining to’liq a'zosi deb xisoblashi mumkin. 
70-yillar boshida xarbiy mamlakatlardagi yirik moliyaviy muassasalar tezda o’sib 
ketgan xalqaro to’lov xabarlarini qayta ishlashni avtomatlashtira boshladi. Tijorat 
telekommunikatsiya tarmoqlari soni ko’paydi. Ularning xar biri o’z shaxsiy formatlari, 
aloqa vositalaridan, ma’lumotlarni qayta ishlash tartibidan, kirishdan ximoyalash 
usullaridan foydalandi. 
1973 yil yevropa va Amerikaning 250 ta yirik banklari Xalqaro Banklararo 
Moliyaviy Telekommunikatsiya - SWIFT (Society for Worldwide Interbank Financial 
Telecommunications)ga asos soldilar. Jamiyatning vazifasi - yagona bank xabarlari 
tizimini yo’lga solish va qo’llab-quvvatlash edi. U ishtirokchilarga sutka davomida 
dunyoning xar qanday nuqtasidagi moliyaviy ma'lumotlarga standart shaklda kirish 
imkonini beradi. SWIFT Xalqaro tarmog’i 1977 yildan boshlab faoliyat ko’rsata boshladi. 
Ma’lumotlar tarmoq bo’yicha standartga muvofiq strukturalashtirilgan ma'lumotlar 
ko’rinishida uzatiladi. 
Bank xabarlari standartlarini yaratish va qayta ishlashda SWIFT tizimi firma - 
mutaxassislarigina emas, shuningdek, Standartlar bo’yicha Xalqaro Qo’mita, Xalqaro 
Savdo palatasi (ICC) xam ishtirok etadi. Natijada banklarning moliyaviy va tijorat 
operatsiyalari xaqidagi namunaviy xabarlar standartlari ishlab chiqildi. Ularning ayrimlari 


xalqaro miqyosda tan olindi. Misol sifatida banklarning identifikatsiya kodlari - BIC 
kodlarni keltirish mumkin. 
SWIFT tarmog’i standartlarida uzatiladigan ma'lumotlarning kategoriyasi, gurux va 
tillari aniq belgilangan. Xabarlarni uzatishdan tashqari tizim IFT (Interbank File Transfer) 
xizmati darajasida banklararo fayllar bilan almashishni qo’llab-quvvatlaydi. Standartlarni 
jaxon banklari amaliyotiga kiritish SWIFTning eng asosiy yutuqlaridan biri. Bu narsa 
moliyaviy muassasalarga xujjatlar bilan almashish va nizo xamda xatolardan qochish 
imkonini beradi. Xozirda tarmoq asosini uchta kommunikatsiya stansiyalari tashkil etadi. 
Ular Amsterdamda (Gollandiya), Bryusselda (Belgiya), Kalpepereda (AQSh) joylashgan. 
Bundan tashqari, o’z mamlakatlaridagi mijozlarga xizmat ko’rsatuvchi regional 
stansiyalar mavjud. Zamonaviy texnologiya va talabalar SWIFT tarmog’ini 
zamonaviylashni muvofiqlashtiradi. Natijada arxitekturasi to’rtta darajadan iborat yangi - 
SWIFT-II yaratildi: 

Abonentning kirish nuqtasi xisoblanmish foydalanuvchining terminallari 
(SWIFT Based Terminal - SBT); 

mintaqaviy protsessor (Regional Processor - RP). Uning vazifasi xabarlarni 
uzatish, protokollarni boshqarish, keluvchi xabarlar to’g’riligini tekshirish, 
abonentlarga ularning ma’lumotlarini qabul qilganlik xaqidagi tasdiqni 
uzatishdan iborat. RРàáîíåíòlari ularga berilgan kodlar bo’yicha taniydi; 

marshrutlovchi (guruxli) protsessor (Slice Processor - SP) xabarlarni 
marshrutlashni boshqaradi, barcha ma’lumotlar va xabarlarni uzatish xaqidagi 
xotirani saqlaydi, tizimli xabarlarni ishlab chiqadi, tizimga asoslangan arxivni 
olib boradi va ular elektron nusxasining maxsus ma'lumotlar bazasida 
saqlanishini boshqaradi; 

tizimni boshqarish protsessori, faqat barcha tizimni boshqarish va nazorat qilish 
vazifasini bajaradi. Tizimda asosiy kompleksda barcha operatsiyalarni takrorlash 
uchun zaxira protsessori mo’ljallangan. 
SWIFT ma'lumotlarni yuqori darajada ximoyalashni ta'minlaydi. SWIFTning asosiy 
talabi terminallarni ulash tartibidir. Tizim xar bir foydalanuvchi uchun individual yashirin 
kod bilan qayd etish orqali tizimli xabarlar nazoratini tashkil etish asosida xar bir ulangan 
terminalni aniqlashi (tanishi) kerak. Bu xabar maxsus qurilma yordamida shifrlanadi. 
Qurilmada modul bo’lib, u tasodifiy sonlar generatoridan foydalangan xolda shifrlovchi 
kalitni xosil qiladi. 
Foydalanuvchiga keyingi qayd qilish uchun yangi kod beriladi. Bu - kalitlar 
almashish tartibi deb yuritiladi. Terminal aniqlanganligi tasdiqlangandan so’ng u 
tarmoqda qayd etiladi. Barcha kodlar va kalitlar SWIFT terminaliga mikroprotsessorlar 
karta (MK) yordamida kiritiladi. MKni xavfsizlik tizimi (User Security Enhancement - 
USE) ishlab chiqadi. Terminalni tarmoqqa ulash tartiblaridan birortasi buzilgan taqdirda, 
(shovqin, liniya uzilishi aniqlansa, uzatishda xato aniqlansa yoki xabar formati tizimiga 
kiritish tartibi notug’ri bo’lsa va xokazo) terminal avtomatik ravishda uchadi, maxsus 
faylda bu xol qayd etiladi. Shu orqali past sifatli liniya aniqlanadi. 


Foydalanuvchining imtiyozini farqlash vositasi axborot xavfsizligini ta'minlash 
buyicha qo’shimcha chora xisoblanadi. Bundan tashqari, tizimda tez-tez to’xtab qolishdan 
ximoyalash uchun axborotlarni zaxira nusxalab qo’yish xisobga olingan. SWIFT 
tizimining barcha imkoniyatlaridan foydalanish uchun maxsus dasturiy-apparatli interfeys 
mavjud. Bugungi kunda SWIFT tarmog’i uchun terminal komplekslarni taklif etuvchi 100 
dan ortiq firma mavjud. SWIFT terminal komplekslari uchun platforma ishlab 
chiqaruvchilari o’rtasida Digital Equipment (VAX va Alpha tizimi), IBM (PS/2, S370, 
RS/6000), Hewlett Pacard (Apollo 9000), Sun Microsystems (SPARC oilasiga mansub 
protsessorli kompyuterlar) kabi kompaniyalar mavjud. Bugungi kunda SWIFT terminal 
komplekslar bozorida Digital va IBM nisbatan mashxur sanaladi. 
SWIFTda ishlatiladigan ba’zi terminal komplekslar ta'rifi 1-jadvalda ko’rsatilgan. 
Bugungi kunda SWIFT tizimi bank operatsiyalari, valyuta va pul bozori
qimmatbaxo kog’ozlar savdosi, savdo operatsiyalariga xizmat ko’rsatish, xalqaro 
to’lovlarni amalga oshirish kabi muxim moliyaviy faoliyat soxalarida ma’lumotlar bilan 
tezkor almashuvni ta'minlaydi. Vosita va xizmat xaqi yuqori bo’lishiga qaramasdan 
SWIFT tarmog’i abonentlari soni ko’payib bormoqda. Bu xol SWIFT jamiyatiga 
kelgusida moliya faoliyatining boshqa soxalarini qamrab olgan xolda tarmoqni yanada 
kengaytirish imkonini beradi. 

Download 349.37 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 349.37 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Banklararo ma'lumotlarning xalqaro tarmog’i

Download 349.37 Kb.
Pdf ko'rish