|
Mavzu: Hayot faoliyat xavfsizligini ta`minlash asoslari. Hayot faoliyat xavfsizligi
|
bet | 2/6 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 1,06 Mb. | | #107711 |
Bog'liq 1-Ma\'ruzaTabiiy muhitning asosiy oqimlari. - quyosh nurlanishi,
yulduz va planetalar nurlanishi; - kosmik nurlar, chang, asteroidlar; - erning elektr va magnit maydoni; - ekosistemalarda,
biosferada moddalar aylanishi; - atmosfera,
gidrosfera va litosfera holatlari shu jumladan favqulodda holatlar; - boshqalar. Texnosferadagi asosiy oqimlar. - xomashyolar, energiyalar oqimi; - iqtisod sohasi mahsulotlarining oqimi; - iqtisod sohasi chiqindilari; - maishiy chiqindilar; - informatsiya oqimlari; - transport oqimlari; - yorug’lik oqimi (sun`iy yoritish); - moddalar va texnogen avariyalardagi energiya oqimlari;
«Inson-atrof muhit» sistemasini har xil komponentlari energiya va informatsiyalarini xarakterli massalar oqimini quyida keltiramiz:
Texnosfera - o`tmishda biosferaga taalluqli bulgan keyinchalik insonlarning o`zining moddiy va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini yanada yaxshilash maqsadida to`g’ridan to`g’ri yoki sirtdan texnik vositalar bilan ta`sir etgan hududdir.
Inson evolyutsiyasi jarayonida o`zining oziq-ovqat, moddiy boylik, iqlim va ob-havo ta`siridan himoyalanish, o`ziga qulaylikni oshirish buyicha ehtiyojlarini samaraliroq qanoatlantirishga intilib tabiiy muhitga birinchi o`rinda biosferaga to`xtovsiz o`z ta`sirini o`tkazdi. Bu maqsadga etish uchun u biosferani bir qismini texnosfera band etgan joyga aylantirdi.
Texnosfera insonlar tomonidan texnik vositalar yordamida yaratilgan shaharlar, qo`rg’onlar, qishloq aholi punktlari, sanoat va korxonalar zonasi band etgan hududlar hisoblanadi.
Inson hayot faoliyati jarayonida nafaqat tabiiy muhit bilan balki, ijtimoiy muhit deb ataluvchi odamlar bilan ham uzluksiz aloqada buladi. Insonni ijtimoiy muhit bilan aloqasi tug’ilishni davom ettirish, bilim, tajribalarni almashtirish, o`zining ma`naviy ehtiyojlarini qanoatlantirish, intellektual qobiliyatlarni oshirishda foydalaniladi va shakllanadi.
Inson shuning uchun ham o`zini o`rab turgan atrof-muhit hisobiga
oziq-ovqat,
|
| |