|
Mavzu: Hujjatlarda shakl va blok-sxemalar yaratish mavzusini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish Bajardi
|
bet | 5/16 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 3,46 Mb. | | #147177 |
Bog'liq Hujjatlarda shakl va blok-sxemalar yaratish mavzusini o\'qitishda innovartsion texnologiyalardan foydalanishKeys-study rejasi
Keys topshiriqlari bilan tanishish.
Asosiy muammoni aniqlash.
Muqobil yechimlarni ko'rib chiqish.
Guruhda vazifalarni taqsimlash.
Jamoada muhokama qilish va qaror qabul qilish.
Yechimlari amalga oshirish.
Hisobot berish.
Keys-studydagi asosiy muammo. Shaharda avtomabil sotuvchi ikkita raqobatdosh firma faoliyat yuritadi. Firmada quyidagi xodimlar ishlaydi: direktor, hisobchi, savdo ishlari menejeri, bank vakili. Xaridor quyidagi xarakteristikaga ega bo’lgan mashinani sotib olishni istaydi: kuzov turi - sedan, motor turi - benzinli, boshqarish qutisi - mexanik, dvigatel hajmi - 1,6 litr. Xaridorning 20 million so’mi bor. Xaridor shahardagi u yoki bu avtomobil sotuvchi firmalardan birini tanlashi kerak.
Masalaning qo’yilishi
Xaridorning talabiga mos avtomobilni tanlash
Mashina sotib olish uchun buyurtma berish arizasini to’ldirish.
Xaridorga kredit taklif qilish va kredit bo'yicha oylik to'lov mablag'larini, shuningdek kredit uchun boshlang’ich to'lovni hisoblab chiqish.
Firma hisobchisi tomonidan firmada ishlaydigan xodimlarning oylik maoshlarini hisoblab chiqish.
Masalani aniqlashtirish
Xaridorning talabini qanoatlantiruvchi avtomobil modellarini inobatga olish.
Xaridorga mashina sotib olish uchun qulay bo’lgan kredit shartnomasini taklif qilish.
Keys-studyni jamoaviy tarzda yechish uchun topshiriqlar Firma direktori uchun topshiriqlar
Jamoa a’zolari bilan birgalikda avtosalon tashkil qilish (firma xodimlari va ularning vazifalarini ajratish) va unga nom berish.
Baholash varaqasiga ko'ra, xodimlarning ish faoliyatini baholash.
Mahalliy tarmoq orqali olingan ma’lumotlarga asoslanib xodimlarning ish faoliyatiga doir hisobotni chop etish.
Savdo ishlari menejeri uchun topshiriqlar
MS Excel dasturi yordamida avtomobil sotib olish uchun buyurtma blankasini rasmiylashtirish.
Mahalliy tarmoq orqali olingan ma'lumotlarni direktorga hisobot ko’rinishida taqdim etish.
Bank vakili uchun topshiriqlar
Ma’lumki, xaridor mashina krediti uchun 20 million so’m miqdordagi boshlang’ich to'lovni kirita oladi. Mashina sotib olishga etmagan to’lov summasi uchun xaridor bankdan qancha kredit olishi zarur?
MS Excel dasturida hisoblab chiqish:
Xaridor har oyda bankka qancha pul to'lashi kerak?
Xaridor ortiqcha qancha pul to’laydi?
Kredit berish sharti. Kredit muddati - 12 oy. Yillik foiz stavkasi - 24 %, 22 % va 18 % (eng afzalini tanlash zarur).
Jadval ko’rinishida bajarilgan ish hisobotini taqdim etish.
Hisobchi uchun topshiriqlar
MS Excel dasturida firma xodimlari oylik maoshini hisoblash.
Jadval ko’rinishida bajarilgan ish hisobotini taqdim etish.
Keys-study natijalarini rasmiylashtirishga qo’yilgan talab (keys analizi)
Qo’yilgan masalani hal qilish uchun optimal yo'lni tanlash.
To’g’ri va aniq hisobot tuzish.
Hisoblashda hatolikka yo’l qo’ymaslik.
Bajarilgan topshiriqni xatosiz, to’g’ri taqdim etish.
Auditoriyada bajarilgan ish uchun baholash mezonlari va ko’rsatkichlari quyidagicha bo’ladi: 8-10 ball - “a’lo”, 6- 8 ball - “yaxshi”, 4- 6 ball - “qoniqarli”, 0 - 4 ball - “qoniqarsiz”.
Guruhlar ro’yxati
|
Guruh
faolligi
|
Ma’lumotlarning
ko’rgazmali taqdim etilishi
|
Javoblarning to’liq
va aniq berilishi
|
Jami:
|
1 ball
|
4 ball
|
5 ball
|
10 ball
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Hujjatlarda shakl va blok-sxemalar yaratish mavzusini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish Bajardi
|