• 4.Informatika fanlarini o‘qitishda multimediali texnologiyalar
  • Mavzu: Hujjatlarda shakl va blok-sxemalar yaratish mavzusini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish Bajardi




    Download 3,46 Mb.
    bet9/16
    Sana27.01.2024
    Hajmi3,46 Mb.
    #147177
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
    Bog'liq
    Hujjatlarda shakl va blok-sxemalar yaratish mavzusini o\'qitishda innovartsion texnologiyalardan foydalanish

    O‘quvchilarga esa qo‘yiladigan talablar quyidagicha bo‘ladi:

    • darsda diqqatni o‘qituvchiga qaratish, faol bo‘lishga harakat qilish;

    • ilgari o‘rganilganlarni tortinmay bayon qilish;

    • guruhdoshlar bilan hamkorlikda, o‘qituvchidan tushunmaganlari va bilmaganlarini tortinmay so‘rab olishga erishish;

    • berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida, erinmay bajarish, mustaqil fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, tengdoshlari fikrini tahlil etish, muzokara, muhokamalarda faol ishtirok etib borish va h.k.


    4.Informatika fanlarini o‘qitishda multimediali texnologiyalar
    Multimediali texnologiya (multi – ko‘p, media – muhit) bir vaqtning o‘zida ma’lumot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanishga imkon beradi. Ular: matn, grafika, animatsiya, videotasvir va ovoz kabilardir [39].
    Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaollik bo‘lib, axborot muhitida ishlayotgan foydalanuvchiga, o‘quvchiga yuqori darajada ta’sir o‘tkaza olish imkoniyatining mavjudligidir.
    Multimedia–bu bir necha ma’lumotlarni taqdim etish vositalarining bir tizimga birlashishi. Odatda multimedia deganda matn, ovoz, grafika, multiplikatsiya, videotasvir va fazoviy modellashtirish kabi ma’lumot taqdim etish vositalarining kompyuter tizimidagi birlashishi tushuniladi. Bunday vositalarning birlashishi ma’lumot qabul qilishning yangi sifatli darajasini ta’minlaydi: inson passiv ravishda mahliyo bo‘libgina o‘tirmasdan, balki faol ishtirok etadi ham [39].
    Multimediali ilovalar bilan ishlovchi dasturlar ko‘pmodallidir, ya’ni ular bir necha sezgi organlariga bir vaqtda ta’sir qilgani uchun auditoriyaning qiziqishi va e’tiborini tortadi
    Multimedia ilova mazmuni muallif tomonidan ssenariy tayyorlash paytida atroflicha o‘ylanadi va texnologik ssenariyni ishlab chiqishda aniqlashtiriladi.
    Ta’limiy ma’lumot taqdim etishning an’anaviy shakli –matn va statik grafika ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lsa, multimediadan foydalanish tajribasi yillar bilan o‘lchanadi.
    Multimedia ilovalari quyidagi turlarga bo‘linadi:
    • prezentatsiyalar;
    • animatsion roliklar;
    • o‘yinlar;
    • videoilovalar;
    • multimediali galeriyalar;
    • audioilovalar;
    • web uchun ilovalar va h.k.lar.
    Quyidagi jadvalda multimedia ilovalari haqida asosiy tushunchalar va ularning ko‘rinishlari to‘g‘risida ma’lumot berilgan (8.1-жадвал).



    Download 3,46 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




    Download 3,46 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Hujjatlarda shakl va blok-sxemalar yaratish mavzusini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish Bajardi

    Download 3,46 Mb.