Jamiyatni kompyuterlashtirish
Ijobiy tomonlari
|
Salbiy tomonlari
|
1
2
....
|
1.
2.
...
|
Xulosa
|
Tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyalari asosidagi dars an’anaviy darsdan farq qiladi. Darsda o‘quvchilar passiv bo‘lmaydilar, balki, asosiy faoliyat yurituvchilar bo‘lib, o‘qiydilar, o‘ylaydilar, izlanadilar, kerak bo‘lganda yozadilar, o‘qiganlarini bir-birlari bilan muhokama, tahlil, munozara, himoya qiladilar. Bunda o‘qituvchining roli boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchilikdan iborat bo‘ladi.
Informatikani o‘qitishda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish o‘quvchilarda quyidagi natijalarni beradi:
-
axborotlarni qabul qilish va idrok etish(to‘g‘ri, noto‘g‘ri, yaxshi, yomon va h.k.)ni takomillashtiradi;
-
o‘rganilayotgan o‘quv materiali va o‘quv jarayoniga qiziqishni oshiradi;
-
tanqidiy fikrlash jarayonini rivojlantiradi;
-
tengdoshlari bilan hamkorlikda ishlash qobiliyatini shakllantiradi;
-
o‘quvchilarni sifatli ta’lim olishlarini ta’minlaydi.
-
darsda ochiqlik, oshkoralik va mas’uliyatli hamkorlik muhitini yaratishga erishiladi;
-
o‘quv jarayonida tanqidiy fikrlash, mustaqillikka hissa qo‘shadgan metodlardan foydalanish qobiliyatinishakllantiradi
-
boshqa pedagoglar uchun qimmatli manbani yaratishga hissa qo‘shadi.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi metodlarga “Insert”, “Klaster”, “Baliq skleti”, “Bilar edim / Bilib oldim / Bilishni xohlayman/”, “T texnologiya”, “Plyus va minus” va boshqalar kiradi.
Informatikani o‘qitishda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish o‘qituvchiga quyidagi talablarni qo‘yadi:
-
fanni o‘qitish maqsadini qo‘yishda o‘quvchilarda o‘zini-o‘zi o‘zgartira oladigan qobiliyatlarni shakllantirishga e’tibor qaratish;
-
mavzularni o‘rgatish mazmunida o‘quvchilarning izlanishi va amaliy ko‘nikmalarini mazmunli bo‘lishini ta’minlaydigan ilmiy tushunchalar tizimini ajratib olish va o‘quvchilarga yetkazish;
-
darsda guruh o‘quvchilarini turli kichik guruhlarga ajratish, mos topshiriqlarni berish, topshiriqlarni bajarish jarayonida interfaol dialogni amalga oshirish
-
darsda o‘qituvchining shiori “O‘yla, top va bajar” bo‘lishiga erishish;
-
darsda o‘quv jarayonining boshqaruvchisi, maslahatchi, o‘quv jarayonini hamkorlikda tashkil etuvchisiga aylanib borish;
-
darsda o‘quvchilarning motivatsiyasini vujudga keltirish, ularni faollikka undash, interfaollikni shakllantirish va h.k.
|