Mavzu: Hujjatlarda shakl va blok-sxemalar yaratish mavzusini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish Bajardi




Download 3,46 Mb.
bet4/16
Sana27.01.2024
Hajmi3,46 Mb.
#147177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Hujjatlarda shakl va blok-sxemalar yaratish mavzusini o\'qitishda innovartsion texnologiyalardan foydalanish

Informatika fanini innovatsion ta’limda o’qitish

Bugungi kunda ta’lim mazmunini modernizatsiyalash, ta’lim sifatini oshirish, ta’limda innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishga yo’naltirilgan ko’plab innovatsiyalar yaratilmoqda va amaliyotga joriy etilmoqda. Mazkur innovatsiyalarning samaradorligi ko’p jihatdan ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan innovatsion faoliyatning to’g’ri tashkil etilganligiga bog’liqdir. Ta’lim jarayonini zamonaviylashtirish, jahon talablariga mos mutaxassislarni tayyorlash, ta’lim berish jarayonida ta’lim oluvchini o’z ortidan ergashtira olish uchun o’qituvchida ham pedagogik ham innovatorlik mahorati yuqori darajada bo’lishi lozim.
Pedagogika sohasidagi eng dolzarb vazifalardan biri har tomonlama kuchli, bilimli, mustaqil fikrlaydigan shaxsni tarbiyalashdir. Bunda darsda va amaliy mashg’ulotlarda mustaqil ishlarning tashkil etilishi muhim ahamiyatga ega. Axborot oqimi va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg’ulotlarida o’quvchilarga yetkazish qiyin, albatta. Shuning uchun ham o’qituvchilar o’quvchilarning mustaqil ishlarini to’g’ri tashkil etishga alohida ahamiyat qaratishi lozim.
Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, kasb-hunar kolleji o’qituvchilari tomonidan mustaqil ishlarni innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish bo’yicha tajribalar hali yetarli emas. Kasb-hunar kollejlari o’qituvchilari mustaqil ishlarga yetarli darajada e’tibor bermasdan an’anaviy usullar (referat yozish, misol yechish va h.k.) bilan cheklanadilar, xolos. Bu turdagi usullar esa o’quvchini mustaqil fikrlashga o’rgatmaydi, kasbiy ko’nikmasini rivojlantirmaydi, mashg’ulotga bo’lgan qiziqishini oshirmaydi.
Haqiqiy innovatsion pedagogik texnologiyalarda o’quv maqsadlari bo’lajak kasbiy faoliyatga qaratilgan bo’ladi. Bunday texnologiyalardan biri “keys-study”dir.
Case-study (inglizcha case - vaziyat, holat, study -o’rganish). Keys-study metodida bayon qilingan va ta’lim oluvchilarni muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi yyechimi variantlarini izlashga yo’naltiradigan aniq real yoki sun’iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga asoslanadigan o’qitish usulidir.
Keys-study metodi - o’qitish, axborotlar, kommunikatsiya va boshqaruvning qo’yilgan ta’lim maqsadini amalga oshirish va Keys metodida bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida prognoz qilinadigan o’quv natijalariga kafolatli yetishishni vositali tarzda ta’minlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal usullari va vositalari majmuidan iborat bo’lgan o’qitish texnologiyasidir.
Keys-study metodi vaziyatlarni tahlil qilish metodi hisoblanib, uning mohiyati quyidagidan iborat: o’quvchilarga bir tomondan amaliy muammoni aks ettiruvchi, ikkinchi tomondan bu muammoni hal etish jarayonida avvaldan belgilangan aniq bilimlarni egallashga zarurat tug’diradigan qandaydir hayotiy vaziyatning mazmun - mohiyatini tushunish va tegishli xulosalarni chiqarish uchun taqdim etiladi.
Quyida informatika fanini innovatsion ta’lim muxitida, ya’ni Keys metodi asosida o’qitishga doir namuna keltiramiz.
Keys-study: “Elektron jadval yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash”
Keys-study maqsadi: talabalarga hayotda duch kelishi mumkin bo’lgan muammolarni (amaliy masalalarni) elektron jadval yordamida hal qilishni o'rgatish. Masalaning yechimini mustaqil ravishda aniqlash (zarur hollarda o’qituvchi bilan maslahatlashish).
Keys-study bajariladigan joy: Keys “Elektron jadval imkoniyatlari” mavzusidagi amaliy mashg’ulotda qo’llanilib, unda berilgan amaliy topshiriqlar ijodiy guruhda bajariladi.
Keys bilan ishlashda o’quvchilar “Elektron jadval imkoniyatlari” mavzuda ega bo’lgan nazariy materiallarga tayanadi. Keys metodidan ko’zlangan maqsad, o’quvchilarda “Elektron jadval imkoniyatlari” mavzusida shakllantirilgan bilimlarni amaliyotga tadbiq qilish malaka va ko’nikmalarini shakllantirish hisoblanadi.
Keysda belgilangan muammolarni hal qilishda jamoa bo’lib ishlashda o’quvchilar kichik guruhlarga bo’linadi va keys bilan birgalikda ishlashadi. Guruh a’zolarining vaziyat, asosiy muammo va uni hal etish yo’llari haqidagi turli tasavvurlarni muvofiqlashtirishadi. Yyechimning taklif etilgan variantlarini muhokama qiladilar va baholaydilar, qo’yilgan muammo nuqtai nazaridan ushbu vaziyat uchun eng maqbul variantni tanlashadi. Muammoli vaziyat yyechimiga olib keladigan tanlangan harakatlar yo’lini amalga oshirishning aniq qadamba-qadam loyihasini (dasturini) batafsil ishlab chiqadilar. Taqdimotga tayyorlanadi va namoyish etiladigan materialni rasmiylashtirishadi.
Ushbu keys topshiriqlarini bajarishda dars ishbilarmonlik o’yinidan foydalangan holda tashkil etilishi maqsadga muvofiq.

Download 3,46 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 3,46 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Hujjatlarda shakl va blok-sxemalar yaratish mavzusini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish Bajardi

Download 3,46 Mb.