|
Mavzu: Hujjatlarda shakl va blok-sxemalar yaratish mavzusini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish Bajardi
|
bet | 3/16 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 3,46 Mb. | | #147177 |
Bog'liq Hujjatlarda shakl va blok-sxemalar yaratish mavzusini o\'qitishda innovartsion texnologiyalardan foydalanishKurs ishining maqsadi: ta’lim jarayonini tashkillashda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning ilmiy uslubiy asoslarini ishlab chiqish.
Kurs ishining vazifasi: Quyidagilardan iborat
Kirish
1. Hujjatlarda shakl va blok-sxemalar yaratish mavzusi uchun bir soatlik dars ishlanma tuzish
2.Informatika fanini innovatsion ta’limda o’qitish
3.Informatika fanlarini o‘qitishda rivojlantiruvchi texnologiyalar
4.Informatika fanlarini o‘qitishda multimediali texnologiyalar
5.Informatika ta’limi jarayonida innovatsion pedagogik faoliyatni amalga oshirish metodikasi
Foydalanilgan adabiyotlar va xulosa.
1. Hujjatlarda shakl va blok-sxemalar yaratish mavzusini uchun bir soatlik dars ishlanma tuzish
Fan: Informatika
Sinf: 6
Mavzu: Hujjatlarda shakl va blok-sxemalar yaratish
I.Darsning maqsadi:
a)Ta’limiy:O’quvchilarga- fanning maqsad va vazifalarini, nimalarni o’rganishi haqida uning yo’nalishlari haqida ma’lumot berish.
b)Tarbiyaviy:O’quvchilarga mustaqil fikr yurtishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog’lay olishni ,ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish ,estetik did axloqiy sifatlarini kasb –hunarga bo’lgan qiziqishlarini tashkil toptirish.
V)Rivojlantiruvchi:Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga ,xotirani mustahkamlashga ,tez fikrlashga o’rgatish ,fanga qiziqishini o’stirish.
II.Darsning turi: no’ananaviy
III.Darsning usuli:Aqliy hujum metodi,BBB metodi.
IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar,mayatnik.
V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar.
VI.Texnik jihoz:Kompyuter,video proekter
VII.Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa
DARSNING TEXNIK CHIZMASI:
Darsning bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism
|
5
|
Takrorlash
|
5
|
Yangi mavzuni bayoni
|
20
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10
|
Baholash
|
2
|
Uyga topshiriq
|
3
|
VIII.Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism:salomlashish,tozalikni aniqlash,davomatni aniqlash,darsga tayyorgarlik ko’rish.
2.Uyga vazifani so’rash:tarqatma materiallar orqali.
IX.O’tilgan mavzuni takrorlash:
1. Hujjatga kolontitul joylashtirish qanday muammolarni bartaraf etadi?
2. Menyular tasmasidagi “Работа c колонтитулами” → “Конструктор” menyusidagi “Сведения о документе” buyrug‘idan qaysi hollarda foydalaniladi? 3. Sizningcha, hujjatda havolalar joylashtirish nima uchun kerak?
4. “Вставить сноску” hamda “Вставить концевую сноску” buyruqlarining o‘zaro farqlarini tushuntiring.
5. Sahifa ko‘rinishini sozlash buyruqlari haqida ma’lumot bering.
X.Yangi mavzu bayoni:
H ujjat yaratish, asosan, matnlar yordamida amalga oshiriladi. Bunda matn ko‘rgazmali, tushunarli hamda eslab qolishga oson bo‘lishi uchun turli grafik obyektlardan foydalanish mumkin. MS Word matn protsessorining “Вставкa” menyusida joylashgan “Иллюстрации” bo‘limi axborotning vizual ko‘rinishini tez va oson yaratish uchun “SmartArt”, “Фигуры”, “Значки”, “Трехмерные модели”, “Снимок” kabi buyruqlardan foydalanish imkoniyatini beradi.
SmartArt so‘z birikmasi inglizcha “smart” – aqlli hamda “art” – san’at so‘zlaridan tashkil topgan.
SmartArt obyektini hujjatga joylashtirish hamda tanlangan shablonga matn qo‘shish:
1) “Вставка” (1) menyusining “Иллюстрации” (2) bandidan “SmartArt” (3) buyrug‘i tanlanadi;
2) ekranda paydo bo‘lgan “Выбор рисунка SmartArt” dialoglar oynasidan kerakli turdagi maket tanlanadi;
3) tanlangan SmartArt maketiga quyidagi matn kiritish usullaridan biri orqali matn kiritish mumkin:
a) “Текст” yozuvli qism tanlanadi va kerakli ma’lumot klaviatura yordamida kiritiladi;
b) avvaldan tayyorlangan matn joylashgan fayl ochiladi, kerakli matn qismi belgilanib, nusxa ko‘chiriladi (CTRL+C) va nusxalangan matn “Текст” yozuvli qismga joylanadi (CTRL+V).
SmartArt obyektiga figura qo‘shish va o‘chirish tartibi
1. SmartArt obyekti hujjatga joylanganda avtomatik ravishda MS Word dasturining menyular qatorida “Работа с рисунками SmartArt” bandi hosil bo‘ladi. “Работа с рисунками SmartArt” — “Конструктор” (1) menyusidagi “Добавить фигуру” (2) buyrug‘i tanlanadi.
2. Agar “Работа с рисунками SmartArt” yoki “Конструктор” menyulari tasmada paydo bo‘lmasa, u hujjatda joylashgan SmartArt obyektini tanlash, ya’ni obyektga sichqoncha chap tugmachasini ikki marta bosish orqali hosil qilinadi.
3. Quyida keltirilgan amallardan biri tanlanadi (3):
a) “Добавить фигуру после” buyrug‘i yordamida tanlangan figuradan keyin yangi figura qo‘shiladi;
b) “Добавить фигуру перед” buyrug‘i yordamida tanlangan figuradan oldin yangi figura qo‘shiladi.
SmartArt obyekti rangini o‘zgartirish:
1) SmartArt grafik obyekti tanlab olinadi;
2) “Работа с рисунками SmartArt”ning “Конструктор” menyusidan “Изменить цвета” buyrug‘i tanlanadi (4). Bunda bir necha ranglar to‘plami hosil bo‘ladi, ulardan istalgani tanlab olinadi.
SmartArt stili – ikki va uch o‘lchamli turli effektlar kombinatsiyasi bo‘lib, tanlangan obyektga professional, o‘ziga xos bezak berish uchun foydalaniladigan ko‘rinish.
SmartArt grafik obyektining stilini o‘zgartirish tartibi:
1) SmartArt elementi tanlanadi;
2) “Работа с рисунками SmartArt” — “Конструктор” menyusidan stilni o‘zgartirish uchun kerakli ko‘rinish namunasi tanlanadi.
Maslahat. Hujjatga joylashtirilgan SmartArt obyekti o‘lchamini o‘zgartirishda, uning chegarasidagi marker kerakli o‘lchamni hosil qilishi uchun ixtiyoriy burchakka o‘zgartiriladi.
Hujjatlarda shakllar yaratish Matnli hujjatga “Вставка” (1) → “Фигуры” (2) buyrug‘i yordamida turli vektorli shakllar joylashtiriladi (3). Shakllarni yonma-yon yoki ustma-ust joylashtirish (4), ular rangi va o‘lchamini o‘zgartirish imkoniyatlari mavjud. Bu amallar shakllar hujjatga joylashtirilgandan keyin hosil bo‘ladigan “Средства рисования” → “Формат” menyusidagi buyruqlar orqali bajariladi (5)
Hujjatga 3D modellarni qo‘shish
“ Вставка” → “Трёхмерные модели” buyrug‘i yordamida matnli hujjatga turli 3D modellar tasviri joylashtiriladi. 3D modellarni ixtiyoriy burchak ostida aylantirib ko‘rish hamda turli burchakda hujjatga joylash imkoniyati mavjud.
XI. Mustahkamlash
1. Hujjatlarga matndan tashqari qanday belgilarni qo‘shish mumkin?
2. Hujjatlarga SmartArt obyektlarini qo‘shish qanday muammolarni hal etadi? Bunda qanday imkoniyatlar yaratiladi?
3. SmartArt obyektlarining qanday parametrlarini o‘zgartirish mumkin?
4. 3D modellar nima? Nega obyekt 3D deb nomlanadi?
XII. Uyga vazifa
1. Shakllar hamda SmartArt elementlaridan foydalangan holda “Kompyuterning turlari” mavzusida ikki xil usulda “Idrok xaritasi”ni yarating.
2. SmartArt obyektlaridan foydalangan holda oilangiz shajarasini yarating. Bunda oila a’zolaringiz rasmlarini kiritishni unutmang.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Hujjatlarda shakl va blok-sxemalar yaratish mavzusini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish Bajardi
|