|
Mavzu: Hujjatlarda shakl va blok-sxemalar yaratish mavzusini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish Bajardi
|
bet | 7/16 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 3,46 Mb. | | #147177 |
Bog'liq Hujjatlarda shakl va blok-sxemalar yaratish mavzusini o\'qitishda innovartsion texnologiyalardan foydalanishTizim xususiyati
|
An’anaviy ta’lim
|
Rivojlantiruvchi ta’lim
|
Ta’limning maqsadi
|
Bilim, ko‘nikma va malakalarni berish
|
Qobiliyatlarni rivojlantirish. Mavjud sharoitda mavzuni o‘rganish orqali o‘zini-o‘zi o‘zgartira oladigan qobiliyatlarni shakllantirish.
|
Ta’limni mazmuni
|
O‘qituvchi rejalashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalar
|
O‘quvchilarni izlanishi va amaliy ko‘nikmalarini mazmunli bo‘lishini ta’minlaydigan ilmiy tushunchalar tizimi
|
O‘qitish metodlari
|
Tushuntirish-namoyish etish metodi. Katta hajmdagi o‘quv axborotlarini aytib berish
|
O‘quv materiallarini o‘rganish uchun guruhlarga taqsimlash, topshiriqlar berish, topshiriqni bajarish jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi dialog
|
Integrallashgan nom
|
Xotira maktabi
|
Fikrlash maktabi, ochiq pedagogika
|
Pedagog shiori
|
Men kabi bajar
|
Qanday bajarishni o‘yla va bajar!
|
O‘qituvchi aqidasi
|
Men sizdan yuqoridamen
|
Men siz bilan birgamen
|
O‘qituvchi roli
|
Axborot tashuvchi, bilimlarni, urf-odatlar targ‘ibotchisi
|
O‘quv jarayonining boshqaruvchisi, maslahatchi, o‘quv jarayonini hamkorlikda tashkil etuvchisi
|
Pedagog vazifasi
|
Bilimlarni yetkazish
|
Shaxsni “o‘stirish”, rivojlantirish
|
O‘qitish usuli
|
Avtoritar
|
Demokratik
|
O‘qituvchi va o‘quvchining hamkorlik usuli
|
O‘qituvchi tomonidan monolog
|
Dialog-ikki tomonlama
|
O‘qitish metodini ustunligi
|
Axborotli
|
Muammoli-qidiruv
|
O‘quvchilar faoliyatini ustunligi
|
Eshitish, suhbatga qatnashish, yodlash, algoritm bo‘yicha ishlash
|
Mustaqil izlanuvchi, , ma’lumot beruvchi, turli ko‘rinishdagi ijodiy faoliyat
|
O‘quvchi vaziyati
|
Qiziqishi kam nisbatan passiv
|
Faol, tashabbuskor, qiziqishi yuqori
|
O‘qishga nisbatan motiv
|
Vaqti-vaqti bilan vujudga keltiriladi
|
Maqsadli, doimo vujudga keltiriladi
|
Darsning psixologik
faollik holati
|
Ba’zida, “o‘z-o‘zidan” faollik
|
Maqsadli, doimo faollik shakllantiriladi
|
Shunday qilib rivojlantiruvchi ta’lim o‘quvchilarni umumiy va maxsus rivojlanishga olib keladigan shunday ta’limki, unda maxsus pedagogik vositalar yordamida o‘quvchilarning fikrlash qobiliyati va bilish ehtiyojini shakllantirishga yo‘naltirilib boriladi.
Pedagogikada tanqidiy tafakkur ni rivojlantirish texnologiyasi XX asrning 90-yillarida amerikalik psixologlar D.Stil, K.Meredit va CH Templlar tomonidan taklif etilib, “tanqidiy tafakkur” atamasi axborotlar bilan samarali ishlashga imkon beradigan shaxsning aqliy xususiyati va kommunikativ fazilatlar tizimi tushuniladi [48].
Tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyalarining maqsadi o‘quvchilarda o‘quv jarayonida va kundalik turmushda ham zarur aqliy qobiliyatlarni rivojlantirishdir. Shuningdek shaxsiy qarorlarni qabul qilish uchun axborotlarni yig‘ish, ular ustida ishlash, axborot va hodisalarni turli tomondan (yaxshi-yomon, foydali-zarari, ijobiy-salbiy, to‘g‘ri-noto‘g‘ri va h.k.) tahlil qilishdir. Tanqidiy tafakkurning rivojlanishi natijasida o‘quvchilar kundalik turmushda ro‘y beradigan voqea-hodisalarni ham har tomonlama ijobiy va salbiy, foydali va zararli tomondan tahlil qila oladilar.
Amerikalik olim J.Dyuining fikricha: «O‘quvchilar muayyan muammoni yechish bilan shug‘ullana boshlasalargina, ularda tanqidiy fikrlash paydo bo‘ladi. Shu sababli, o‘quv jarayonining boshlang‘ich nuqtasida mavzuga mos qandaydir muammoni vujudga keltirish, muammoli topshiriq yoki savollar berish kerak bo‘lib, o‘quvchining faqatgina muayyan muammo bilan kurashib, murakkab vaziyatdan chiqish uchun o‘zining shaxsiy yo‘lini izlagandagina, o‘quvchi haqiqatan ham fikrlaydi». Masalan, o‘qituvchi chiziqli dasturga doir bitta masala dasturini tuzish yo‘liga ko‘rsatma bersa, o‘quvchi shu dasturni tuzib shunga o‘xshash masalalarni o‘zi izlab topishi, uning dasturini tuzib, yechimni olishi va yechimni masaladagi o‘zgaruvchi o‘rniga qo‘yib to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida o‘z qarorlarini chiqarishini misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin.
Misol. Jamiyatni kompyuterlashtirishning ijobiy va salbiy tomonlarini quyidagi jadvalga to‘ldiring!
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Hujjatlarda shakl va blok-sxemalar yaratish mavzusini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish Bajardi
|