• 2. To’rt va ikki taktli porshenli dvigatellarning umumiy tuzilishi
  • Ichki yonuv dvigatelning asosiy tariflari va ko’rsatkichlari




    Download 1.52 Mb.
    bet3/6
    Sana08.06.2023
    Hajmi1.52 Mb.
    #70996
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    ichki yonuv dvigatellari Nurjon

    Ichki yonuv dvigatelning asosiy tariflari va ko’rsatkichlari.

    Porshen ustuni tirsakli val o’qidan eng uzoqlashgan silindr ichidagi yuqorida turish holati (nuqta) ni yuqorigi chekka nuqta (Yu.CH.N) deb ataladi. Porshen ustining tirsakli val o’qiga eng yaqinlashgan silindr ichidagi pastda turish holati (nuqta)ni pastki chekka nuqta (P.CH.N) deb aytaladi. Porshen bir chekka nuqtadan ikkinchi chekka nuqtagacha harakatlanganda bosib o’tilgan masofani porshen (S) yo’li deb ataladi.
    Tirsakli valning tayanch bo’yni va shatun o’qlari orasidagi masofa (r) ni krivoship radiusi deb ataladi.
    Porshen yo’li krivoship radiusining ikki barobariga S=2R teng bo’ladi. Porshen yuqorigi chekka nuqtadan pastki chekka nuqtagacha harakatlanganda hosil bo’lgan hajm (Vщ) tsilindrning ishchi hajmi deb ataladi. U qo’yidagi ifoda bilan aniqlanadi.
    Vщ=πD2S/4, m3
    bu yerda: D - tsilindr diametri, m S - porshen yo’li, m
    Porshen yuqorigi chekka nuqtada turganda, uning yuqorisida xosil bo’lgan hajm (Vs) siqish yoki yonish bo’linmasining hajmi deb ataladi.
    Porshen pastki chekka nuqktada turganda uning ustida hosil bo’lgan tsilindr bo’shlig’i (Va) ni tsilindrning to’la hajmi deb ataladi.
    Silindrning ishchi hajmi va yonish bo’linmasining hajmi qo’shilib, silindrning to’la (Va) hajmini ifodalaydi.
    Va=Vc+Vщ
    Silindr to’la hajmining yonish bo’linmasining hajmiga nisbatini siqish darajasi deb ataladi. U qo’yidagi ifoda bilan aniqlanadi.
    Va Vh Vc Vh
       1
    Vc Vc Vc
    Siqish darajasini qiymati:
    Karbyuratorli dvigatellar 6,5-10 gacha; Dizel dvigatellarida 14-21 ga teng.
    Siqish darajasi porshen P.CH.N. dan Yu.CH.N. ga borganda silindr ichidagi ishchi aralashmasining hajmi siqish tufayli necha marta kamayishini ko’rsatadi. Ko’p silindrli dvigatellarda silindrlarning ishchi hajmlarining yig’indisini dvigatelning litraji (Vl) deb ataladi:
    Vl=Vщ·i 1000, l
    bu yerda: i-silindrlar soni; 1000-m3 ni litrga aylantiruvchi koeffitsient.
    1-jadval
    Avtomobil dvigatelining texnik ko’rsatkichlari

    Ko’rsatkichlar




    Avtomobil nusxalari







    GAZ53A

    Zil-
    130

    KamAZ-
    5320

    VAZ-
    2106

    O’zOtayo’l M-50

    Tiko

    Damas

    Neksiya

    Dvigatel

    SM3-53 V-simon

    Zil-130 V-simon

    Kamaz
    740 V-
    simon

    VAZ-
    2106

    IVECO
    8040.25

    F8C

    F8CB

    SONC

    Silindr diametri, mm

    92

    100

    120

    79

    104

    68,5

    68,5


    Silindrlar soni

    8

    8

    8

    4

    4

    3

    3

    4

    Porshen yuli,
    mm

    80

    95

    120

    80

    115

    72

    72


    Silindrni
    ishchi hajmi,
    litr

    4,25

    6,0

    10,85

    1,57

    3,90

    0,89

    0,89

    1,49

    Sikish darajasi

    6,7

    6,5

    17

    8,5

    17

    9,3

    9,3

    8,6

    Silindrlarni ishlash tartibi

    15426378

    15426378

    15426378

    1342

    1342

    132

    132

    1342

    Maksimal quvvati, kVt

    84,6

    110,6

    154,4

    58,8

    85

    30,14

    27,9

    66,1

    Aylanishlar soni, ayl/min

    3200

    3200

    2600

    5400

    2700

    5500

    5000

    5400

    Maksimal burovchi moment, kVt

    284,4

    402

    637,4

    121,6

    353

    60

    64

    123

    Aylanishlar soni, ayl/min

    2000-
    2200

    1800-
    2000

    1400-
    1700

    3000

    1400

    2500

    3000

    3400

    Porshenning chekka nuqtalarda to’xtamay harakatlanishini disk shaklidagi maxovik (16) ta’mirlab turadi.
    Kiritish, siqish, kengayish va chiqarish jarayonlarining yig’indisini ish sikli deb ataladi.
    Ish tsiklining bir qismini takt deb ataladi.
    Dvigatelning ish tsikli porshenning to’rt yurishida sodir bulsa, bunday dvigatelni to’rt taktli dvigatel, porshenning ikki yurishida sodir bo’lsa, dvigatelni ikki taktli dvigatel deb ataladi.
    2. To’rt va ikki taktli porshenli dvigatellarning umumiy tuzilishi.
    To’rt taktli karbyuratorli dvigatelning ish tsikli. Dvigatelning ish sikli to’rtta taktdan iborat (2-rasm).
    Birinchi takt - kiritish. Bu takt tsilindrni yonuvchi aralashma bilan to’ldirish uchun zarur. Porshen YuCHN dan PCHN gacha harakatlanganda tsilindrda 0,070,08 MPa gacha siyraklanish (havosizlanish) vujudga kelib uning ta’sirida ochilgan kiritish klapani orqali tsilindrga yonuvchi aralashma kiradi. Yonuvchi aralashma tsilindrda avvalga ish tsiklidan kolgan ishlatilgan gaz bilan aralashib ishchi yonuvchi aralashma hosil bo’ladi. Porshen YuCHN dan PCHN ga yetganda tsilindr yonilg’i aralashmasi bilan to’ladi, kiritish klapani yopiladi. Takt oxirida bosim 0,70,9 kg/sm2 va xarorati 70-1100 S bo’lgan ishchi aralashmasi xosil bo’ladi.

    2-rasm. Bir silindrli karbyuratorli dvigatelning ish sikli.
    1-kiritish klapani, 2-yondirish shami (svecha), 3-chiqarish klapani,
    4-porshen, 5-shatun, 6-tirsakli val
    Ikkinchi takt -siqish. Bu taktli ishchi aralashmasining hajmini kamaytirish natijasida uning ichki energiyasini ko’paytirib, uni yonishiga tayyorlanadi. Porshen PCHN dan YuCHN ga tomon siljigan paytda ishchi aralashma siqiladi. Bu paytda kiritish xamda chiqarish klapanlari yopik bo’ladi. Siqish takti oxirida ishchi aralashmaning bosimi 12-17 kg/sm2 xarorati 300-4000S bo’ladi.
    Siqish taktining oxirida svecha elektrodlari orasida yuqori kuchlanishga ega bulgan elektr uchkuni paydo bo’ladi, uning ta’sirida tsilindrda siqilgan ishchi aralashma alangalanadi.
    Uchinchi takt - ish yo’li. Yoki yonish va kengayish takti. Bu taktda ishchi aralashmaning yonishidan xosil bulgan issiqlik energiyasi foydali mexaniq energiyaga aylantiriladi. Bunda kiritish va chiqarish klapanlari yopiq holatda bo’ladi. Takt boshlanishda aralashma yonib ko’p miqdorda issiqlik chiqaradi. SHu vaqtda yongan gazlarning bosimi 35-50 kg/sm2 xarorati esa 2000-24000S gacha ko’tariladi. Bu bosim ta’sirida porshen YuCHN dan PCHN ga harakatlanib, bunda ish yo’li takti bajariladi.
    To’rtinchi takt - chiqarish. Bu taktda tsilindrni ishlatilgan gazlardan tozalanadi. CHiqarish klapani ochilganda porshen PCHN dan YuCHN ga harakatlanib yongan gazlarni tsilindr ichidan surib tashqi muhitga chiqarib yuboradi. Bu taktning oxirida tsilindr ichida qolgan gazlarning bosimi 1,1-1,2 kg/sm2 xarorati 500-8300 sm atrofida bo’ladi.
    To’rt taktli dizel dvigatelning ishchi tsikli. Dizel dvigatelda tsilindr ichiga tozalangan sof xavo kiritiladi va siqilgan xavoga forsunka yordamida yonilg’i purkaladi. (2.3-rasm)

    3- rasm. To’rt taktli dizel dvigatelining ish tsikli
    1-kiritish klapani, 2-forsunka, 3-chiqarish klapani, 4-porshen,
    5-yuqori bosimli yonilg’i nasosi (YuBYoN)
    Birinchi takt–kiritish. Porshen YuCHN dan PCHN ga tomon harakatlanganda tsilindrga kiritish klapani chang to’zonlardan tozalangan sof havo so’riladi, takt oxirida tsilindrdagi xavoning bosimi 0,8-0,9 kg/sm2 xarorati esa 50700S bo’ladi.
    Ikkinchi takt-siqish. Ikkala klapan yopiq holatda bo’ladi. Porshen PCHN dan YuCHN ga harakatlanganda tsilindrdagi havo siqiladi. Siqish takti oxirida havo bosimi 30-40 kg/sm2 gacha xarorati esa 500-7300S gacha ko’tariladi. SHu payt tsilindrga forsunka orqali yuqori bosimli yonilg’i nasos yordamida 200 kg/sekund bosim ostida yonilg’i purkaladi. Purkalgan yonilg’i o’ta qizdirilgan havo bilan aralashtirib o’z o’zidan alangalanadi.
    Uchinchi takt-kengayish. Ikkala klapan yopiq holatda bo’ladi. Siqish taktning oxirida alangalangan yonilg’ining yonishi biroz davom etadi. Bu paytda tsilindrdagi bosim 50-80 kg/sm2, xarorat 1630-19300S atrofida bo’ladi. Yuqori bosim ta’sirida porshen YuCHN dan PCHN ga harakatlanib, shatun orqali tirsakli val krivoshipni 1800S burchakda buradi. Porshen PCHN ga yaqinlashganda gazlarning kengayishi natijasida ularning tsilindrdagi bosimi 30-40 kg/sm2 ga, xarorati esa 630-9300S ga pasayadi.
    To’rtinchi takt - chiqarish. Bu taktda chiqarish klapani ochiq holatda bo’ladi. Porshen PCHN dan YuCHN ga harakatlanib, ishlatilgan gazlarni chiqarish klapani orqali tashqi muhitga chiqarib yuboradi.
    Bu takt oxirida tsilindrda qolgan gazlarning bosimi 1,1-1,2 kg/sm2 xarorati esa 430-6300S ga teng bo’ladi.
    Ikki taktli dvigatelning ish tsikli porshenning ikki yurishda yoki tirsakli valning bir marta aylanishi natijasida sodir bo’ladi. (4-rasm). Bunday dvigatellarda xam ishchi aralashmasi tsilindr tashqarisida yoki ichida tayyorlanadi. SHunga asosan dvigatellar karbyuratorli yoki dizel bo’lishi mumkin. Bu dvigatellarda ishlatilgan gazlarni tashqariga xaydash va tsilindrni tozalash uchun yonilg’i aralashmasi yoki havo oqimidan foydalaniladi.

    4-rasm. Ikki taktli dvigatelning ish tsikli.
    1-silindr kallagi: 2-silindr:
    3-silindrning kiritish tuynigi: 4siqilgan yonuvchi aralashma yoki
    xavo yuborish nasosi: 5- karter: 6tirsakli val: 7-chiqarish tuynugi (darchasi):
    8-shatun: 9-porshen: 10-tsilindr kallagida yondirish yoki forsunka bo’ladi.
    Silindr ichida porshen harakatlanganda o’zining devorlari yordamida kiritish yoki chiqarish darchalarini ochib yoki yopib turadi.
    Birinchi taktda porshen PCHN dan YuCHN ga harakatlanganda kiritish va chiqarish darchalari ochiq bo’ladi. Nasos yordamida kiritish darchasi orqali tsilindrga yonilg’i aralashmasi yoki havo kiritiladi, ular tsilindr ichida qolgan gazlarni tashqariga chiqarib yuboradi va porshen tepasidagi bo’shliqni to’ldiradi: yuqoriga harakatlanayotgan porshen darchalarni berkitadi. SHu vaqtdan boshlab yonuvchi aralashma yoki havo siqila boshlaydi. Porshen YuCHN ga yetay deganda siqish bo’linmasiga «yonuvchi» aralashma (karbyuratorli) dvigatelga yoki havo (dizelda) elektr uchquni yoki forsunka yordamida yonilg’i beriladi, natijada aralashma alangalanadi. Porshen PCHN dan YuCHN ga harakatlanganda tsilindr qolgan gazlardan tozalanadi va yangi zaryad bilan to’ldiriladi hamda darchalar yopilib siqish jarayoni boshlanadi.
    Ikkinchi taktda porshen YuCHN dan PCHN ga tomon harakat qiladi. Siqish jarayoni oxirida yonuvchi aralashmaning yonishi natijasida katta bosim va katta xarorat hosil bo’ladi. Gazlar bosimi ta’sirida porshen PCHN ga qarab harakatlanadi. SHunda kengayish jarayoni sodir bo’lib issiqlik energiyasi mexanik energiyaga aylanadi. SHu daqiqada porshen o’z devorlari bilan chiqarish darchasini ochishi bilanoq katta bosimga ega ishlatilgan gazlar tashqariga chiqa boshlaydi. So’ngra kiritish darchalari ochilib, tsilindrga nasos yordamida yonuvchi aralashma yoki havo yuboriladi. Ular ishlatilgan gazlar bilan aralashib ularni chiqarish darchalari orqali tashqariga siqib chiqaradi. Bu turdagi dvigatellar asosan mototsikllarga o’rnatiladn.

    Download 1.52 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 1.52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ichki yonuv dvigatelning asosiy tariflari va ko’rsatkichlari

    Download 1.52 Mb.